Toponimika va geografik terminshunoslik


aholining kasb - hunari bilan bog'liq holda paydo bo'lgan joy



Yüklə 445,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/46
tarix19.10.2023
ölçüsü445,71 Kb.
#157137
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46
aholining kasb - hunari bilan bog'liq holda paydo bo'lgan joy
nomlari 
ko'p. Bunday nomlarga Degrez, Taqachi, O'qchi, Pichoqchilik, 
Zargarlik, Xizmatchi, Shifokorlar shaharchasi, To'qimachilik, Aviasozlar 
shaharchasi, Talabalar shaharchasi va boshqalarni misol qilib keltirsa 
bo'ladi. Xususiy hunarmandchilik man etilgan va hunarmandlar ta'qib 
qilingan sovet davrida kasb - korlik, hunarmandchilik bilan bog'liq bo'lgan 
joy nomlarining ko'pi o'zgartirib yuborildi. Bunday nomlarni iloji bo'lgan 
joylarda tiklansa, yomon bo'lmaydi va tarixdan dalolat berib turadi.
4. 
Kishilarning ism - shariflari, taxalluslari bilan bog'liq nomlar. 
Toshkentda bunday nomlar juda ko'p va ular xilma - xil. O'rta Osiyoni 
Rossiya bosib olgandan keyin va sovet davrida ko'p mahalliy nomlar 


30
o'zgartirlib, O'zbekistonga, Toshkentga hech qanday aloqasi bo'lmagan 
kishilar nomlari qo'yildi. Lekin joylarga kishilar nomini qo'yishga juda 
berilib ketmaslik kerak. Memorial nomlar bundan mustasno, albatta. O'zbek 
xalqining jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan, taniqli 
olim, yozuvchi, shoirlar, sarkardalar, ma'rifiy namoyondalar, xalq ustalari 
nomlarini Toshkentda hurmat va g'urur bilan e'tirof qilishadi. Ularning 
nomlari ko'chalar, maydonlar, bog'lar, hiyobonlarga, o'quv yurtlari, ayrim 
muassasa, korxona, tashkilotlarga qo'yilgan. Lekin kishilar nomlari berilgan 
joylarga o'sha shaxs haqida ma'lumotnoma yozib qo'yilsa yaxshi bo'lardi. 
Amir Temur, Bobur, Ulug'bek, Beruniy, Navoiy, Mashrab, Xorazmiy, 
Ahmad Farg'oniy, Muqimiy, Furqat, Abdulla Qodiriy, Fitrat, Abdulla 
Avloniy, G'ofur G'ulomlarning kimligini ko'pchilik yaxshi biladi. Lekin chet 
ellik sayyohlar hammasi ham bilmasligi mumkin. Huddi shunday 
Yunusobod mavzeyi kimning nomiga qo'yilganligini ko'pchilik bilmasa 
kerak. Bu joyni nisbatan yaqinda, 1919 yilda taxtapullik Yunus ismli kosib 
bu yerga kelib, o'zlashtira boshlagan. Yer ochib, dehqonchilik qilgan. 
Keyinchalik taxtapullik ko'p oilalar kelib unga qo'shilishgan. Bu yer shu 
tariqa obod bo'lgan. Mavze nomi birinchi bo'lib qo'riq ochib, obod qilishni 
boshlagan Yunus aka nomi bilan Yunusobod deb ataladigan bo'lgan.
5. Toshkentda ma'nosini tushunish qiyin bo'lgan 

Yüklə 445,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin