Toponimika va geografik terminshunoslik


Geografiya darslarida toponimik ma'lumotlardan foydalanish



Yüklə 445,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/46
tarix19.10.2023
ölçüsü445,71 Kb.
#157137
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46
Geografiya darslarida toponimik ma'lumotlardan foydalanish
Geografik nomlar geografiyaning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Ulardan geografiyada beriladigan ma'lumotlarni hududiy bog'lashda 
foydalaniladi. Geografiyada biror hodisa yoki voqeani tushuntirmoqchi 
bo'linsa, albatta joy nomi bilan bog'lanadi. Geografik qonuniyatlarni 
geografik obyekt nomisiz tushuntirib bo'lmaydi.
Umuman, 
geografiyada 
joy 
yoki 
geografik 
obyekt
nomi 
bog'lanmasdan bilim berish mumkin emas. Ikki joy tabiatini qiyoslash uchun 
ham joylar nomini bilish kerak. Umuman o'quvchilarning xaritani bilishi, 
joy nomlarini qanchalik darajada bilishi bilan belgilanadi.
Biroq geografik nomlar, ayniqsa chet el geografik nomlari bolalarga 
tushunarsiz, ularni eslab qolish u yoqda tursin hatto talaffuz qilish ham juda 
qiyin. Bunday nomlarni o'quvchilar eslab qolishlari uchun ularning 
ma'nosini tushuntirib berish juda muhimdir. Chunki tushunarsiz so'zlarni 
eslab qolishdan ko'ra tushunarli so'zni, hatto so'z birikmasini eslab qolish 
osonroqdir.
Geografik nomlarni chuqur tushunishga mahalliy geografik 
terminlarni (atamalarni) o'rganish yordam beradi. Mahalliy geografik 
terminlarni tushunish o'quvchilarga atrof muhitni ongli bilib olishga yordam 
beradi. Bu esa o'z o'lkasiga, vatanga muhabbatni tarbiyalaydi.
Geografik nomlarni maktabda o'rganishda o'quvchilarning nomlarni 
to'g'ri yozishni va to'g'ri talaffuz qilishni bilib olishlariga erishish zarur. Bu 
talabning ahamiyati shundaki, geografik nomlarni to'g'ri yozish o'quvchilar 
savodxonligini muhim qismi hisoblanadi, nomlarni to'g'ri talaffuz qilish esa 
nutq madaniyatini o'stiradi.
Geografik nomlarning tarbiyaviy, ilmiy ahamiyati ham juda katta. 
Mamlakat siyosiy hayotida ro'y berayotgan o'zgarishlar uning xaritasida aks 
etib turadi. Mamlakatimiz O'zbekiston istiqlolga erishgandan keyin uning 
xaritasida ham o'zgarishlar bo'ldi. Mustamlakalik davrida o'sha vaqtning 


32
siyosatini ifodalovchi geografik nomlar o'zgardi. Istiqlolni, milliy qadriyatni 
ulug'lovchi geografik nomlar vujudga keldi. Mamlakatimiz tabiati, xalqimiz 
kasb - hunari, milliy an'analar, qadriyatlarimiz bilan bog'liq nomlar tiklandi. 
Istiqlol, Mustaqillik maydoni, Amir Temur hiyoboni, Mirzo Ulug'bek 
tumani, Bobur bog'i, Alisher Navoiy bog'i, Mirobod, Muzrabot tumanlari 
shular jumlasidandir. Dunyoda ro'y beradigan siyosiy o'zgarishlar xaritada, 
binobarin, geografik nomlarda ham o'z aksini topadi.
Geografik nomlarda Yerni geografik o'rganish tarixi ham aks etadi. 
Yangi yerlarni ochgan, o'rgangan ko'pchilik sayyohlar, dengizchilar
tadqiqotchilar nomlari geografik xaritalardan mustahkam o'rin olgan. 
Ko'pchilik geografik nomlar tabiiy sharoitni (yer yuzasi relyefini, 
o'simliklar va hayvonot dunyosini, tabiiy hodisa va voqealarni), aholining 
urf - odatlari, xo'jaligini aks ettiradi. Geografik nomlar asrlar davomida 
saqlanishini nazarda tutsak, ularni o'tgan zamon tabiati, ro'y bergan hodisa,
voqealar, kishilarning tarixiy kasb - korligi, urf - odatlari, aholining 
migratsiyasi haqida qimmatli ma'lumotlar olish mumkin.
Geografik nomlarni o'rganish, o'qitishda predmetlararo aloqalarda 
ham qo'l keladi. Geografiya o'qitishda ona tili, chet el toponimlarini 
o'rganishda chet tillari bilan bog'lanish yaxshi natija beradi. Ayrim geografik 
nomlarning joylashishi va ma'nosi tarixiy voqealar bilan bog'langan. Bu esa 
geografiyaning tarix fani bilan aloqasini mustahkamlashga imkon beradi. 
Geografik nomlarning ma'nosini yaxshi bilish chet tillarini o'rganishga ham 
yordam beradi.

Yüklə 445,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin