33
Joy nomlarini o'rganishni har bir nom uchun kartoteka tuzishdan
boshlash zarur. Har bir nomni o'rganganda va ma'lumot to'plaganda muayyan
tartibdagi savollar tuzilishi va nomlarni dastlabki o'rganish
ana shu
savollarga javob tayyorlashdan iborat bo'lishi kerak.
Bu savollar quyidagilar:
1. Mazkur nom nimaning nomi: qishloqmi, shaharmi, tog'mi,
daryomi, ko'lmi, ko'chami, ovulmi, mahallami, guzarmi, buloqmi, jarmi va
h.k.
2. Bu obyektning
boshqa nomi ham bormi, bo'lsa ilgarigi nomi
qanday, qachon, nega o'zgartirilgan?
3. Bu nom qachondan beri mavjud?
4. Yaqin atrofda yana shu nomda boshqa obyektlar (daryo, ko'l, jar,
qishloq va boshqalar) bormi?
5. Mahalliy aholi joy nomi ma'nosini qanday tushuntiradi?
6. Mahalliy aholining joy nomi
haqidagi fikri siz yiqqan
ma'lumotlarga to'g'ri keladimi?
7. Joy nomida mahalliy tabiiy xususiyatlar qanchalik aks etgan.
Har bir nom uchun tayyorlanadigan kartochka o'lchami 7,5 x 12,5 sm
bo'lib, yupqa kardon qog'ozdan tayyorlansa yaxshi bo'ladi. Kartochkaning bir
tomoniga eng yuqori qismiga yirikroq harflar bilan joy nomi yozib qo'yiladi.
So'ngra bu nomning nimadan iboratligi,
qayerda joylashganligi, boshqa
nomlar bo'lsa, ular ham yoziladi. Kartochkaning
orqasiga mazkur nomning
etimologiyasi, hozirgi vaqtda qanday talaffuz qilinishi, to'g'ri yozilishi yozib
qo'yiladi.