Toponimika va geografik terminshunoslik



Yüklə 445,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/46
tarix19.10.2023
ölçüsü445,71 Kb.
#157137
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   46
(XI asr)
“Devonu -
lug’atit - turk” 
(XI asr)
Abu Xayyon 
asarlari
(XIII - XIV
asrlar)
J.Turkiy 
asarlari
(XIV - XV 
asrlar)
Hozirgi 
Shakli
Qaya
Qaya
Qaya
Qoya
Ko’l (dengiz, 
hovuz)
Коl
Кo’l
Кo’l
Art
Art
Оrt, art
Botar 
G’arb
Buz
Buz
Buz
Buz
Muz
Yaz (yoz)
Yaz (bahor)
Yaz (yoz)
Yaz (yoz)
Yoz
Jar
Jar
Jar
Jar
Тubi
Tupi
Tipi
Bo’ron
Quz
Quz
Quz
Quz
Кungay
Qiragu
Qirgu (arkim)
Qiravu
Qiravu
Qirov
O’bri
O’bri (obri)
O’r
O’r (or)
Chuqurlik 


45
Chiq 
Chiq 
Shudring 
O’kuz
O’kuz 
Ukuz
Say 
Daryo 
O’zan (ozan)
O’zan
O’zan
Tabiz
Tibiz
Tibiz
Sho’rhok
Тubrak
Tubrak 
Тoproq
Тoprak
Tuproq
XI asrda bitilgan, yuqorida zikr etilgan asarlarda shuni ko'rish
mumkinki, qadimdan ishlatilib kelgan turkiy terminlar qatoriga arab tili
orqali (VII arsdan boshlangan arablar istilosidan so'ng) ham turli terminlar
kirib kelgan. Demak, milodning I asrdan VII asrlarigacha Turkiston xalqlari 
keng qo'llangan turkiy terminlar, arablarning zo'rma - zo'raki olib kirgan arab 
terminlari bilan boyidi.
XIII - XIV asrlarda esa mo'g'ullar istilosi sababli kirib kelgan 
mo'g'ulcha terminlar ham turkiy terminlar qatoridan o'rin olgan.
Xulosa qilib aytish mumkinki, O’rta Osiyo - Turkiston zaminidagi 
ulkan tarixiy o'zgarishlar, bosqinchilik yurishlari - avval arablar, so'nrga 
mo'g'ullar istilosi natijasida o'sha xalqlar terminlari ham kirib keldi va 
o'rnashib qoldi.
Qadimiy qo'lyozmalar bilan bir qatorda, tarixiy geografik memuar 
asarlar ham terminshunoslikning muhim manbalaridan hisoblanadi. Tarixiy
- geografik memuar asarlarda muayyan davrdagi tarixiy voqea - hodisalar, 
biror tarixiy shaxsning hayot yo'li aks ettirildi. Ana shunday asarlardan biri 
Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asaridir.
O'zining ajoyib qobiliyatlari bilan Bobur Sharq tarixida faqatgina 
shox va harbiy sarkarda, Hindistonda Boburiylar sulolasining asochisi 
bo'libgina emas, balki buyuk olim, o'zbek mumtoz adabiyotining yirik 
namoyondasi, etnograf, tarixchi, mashshoq, binokor, sayyoh va tabiatshunos 
sifatida o'chmas iz qoldirgan. Uning sarguzashtlarga boy hayoti 
avtobiografik xarakterdagi “Boburnoma” da keltirilgan.
Andijonda boshlanib, Hindistonda yozib tugatilgan ushbu asar XV 
asr oxiri, XVI asr boshlaridagi O’rta Osiyo, Afg'oniston va Hindiston 
xalqlari tarixi, tabiati, har bir tasvirlanayotgan hududning geografik o'rni, 
iqlimi, o'simliklari, qazilma boyliklari, hayvonot dunyosi va umuman 
muallifning Farg'ona vodiysida o'tgan yoshlik yillaridan to Hindistonda 
podsholik qilgan yillarigacha bo'lgan voqea - hodisalarni o'z ichiga olgan 
tarixiy asardir.
“Boburnoma”dagi ma'lumotlar bevosita Boburning kuzatishlari 
asosida yozilgan original asar bo'lib, muallif asarni yozishda birorta hattot 
ham yollamagan.


46
Asardagi keng qamrovli ma'lumotlar shu darajada qimmatliki, mana 
besh asrdan buyon tarixchilar, geograflar, tilshunoslar, sharqshunoslar, 
etnograflar, arxeologlar, adabiyotshunoslar va botaniklarni o'ziga jalb qilib 
kelmoqda.
Asar uch qismdan iborat bo'lib, birinchi qismida Movarounnahr 
voqealari, ikkinchi qismida Kobul davlati hududidagi voqealar, uchinchi 
qismida esa Hindiston aks ettirilgan.
“Boburnoma”dagi geografik nomlar, tarixiy sanalar va voqealarni 
ko'pligiga qaramay, u oson va qiziqib o'qiladi. Bobur asarda Movarounnahr, 
Afg'oniston, Xuroson, Eron, Hindistonning ko'plab shahalarini tilga olgan. 
Andijon, Samarqand, Buxoro, Kobul, G’azna, Balx, Badaxshon, Dehli, 
Delavpur, Lohur shaharlarining geografik joylanishi, o'sha davr xo'jaligida 
tutgan o'rni haqida ma'lumotlar qoldirgan.
Muallif Farg'ona vodiysidan Hindistongacha bo'lgan ulkan hududni 
ustalik bilan ma'lum tartibda tavsiflaydi. Bunda uning yirik geograf ekanligi 
namoyon bo'ladi: avvalo joyning geografik o'rni (qaysi iqlimga mansubligi), 
uning chegarasi, qishloq xo'jaligi, suvlari, o'simliklari, foydali qazilmalari, 
hayvonot olami, aholisi va boshqa ma'lumotlar beriladi. Bunday tartib ayrim 
hollarda buzilsada, har bir joyning tavsifi shu yo'sinda keltiriladi.
Bulardan tashqari Bobur taqqoslash metodidan foydalanib, O’rta 
Osiyo va Hindiston tabiatini taqqoslab, ularni bir - biriga o'xshamasligini 
aytadi.
“Boburnoma”ning birinchi qismida Zarafshon daryosi haqida ancha 
ishonarli ma'lumotlar keltirilgan. Bu ma'lumotlarning haqqoniyligini 
Samarqand tarixini bayon etuvchi “Samariya” asari ham tasdiqlaydi.
“Boburnoma”dan Kobul (Afg'oniston) viloyatining geomorfologik, 
iqlimiy va geobotanik rayonlashtirishga oid misollarni uchratish mumkin. 
H.H.Hasanov buni Bobur geografiyasining eng yuqori cho'qqilaridan biri 
deb hisoblaydi.
Asarning uchinchi qismida Hindiston tabiati, undagi tarixiy voqealar 
aks etgan. Hindiston tabiatini ta'riflab uning tog'lari va daryolari, iqlimi, 
o'simliklari, hayvonot dunyosi haqida batafsil ma'lumotlar yozgan.
“Boburnoma” geografik terminshunoslik uchun ham muhim manba 
hisoblanadi. Unda turli tabiiy hodisalar, tabiatning turli komponentlariga oid 
xalq terminlaridan keng foydalanilgan. Hatto ba'zi terminlar o'z o'rnida 
izohlab berilgan. Bobur ishlatgan xalq geografik terminlarini quyidagicha 
guhulashtiramiz va ayrimlarini izohlaymiz:

Yüklə 445,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin