Toponimika va geografik terminshunoslik


O'zbek (turkiy) geografik terminshunosligiga oid ilk manbalar



Yüklə 445,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/46
tarix19.10.2023
ölçüsü445,71 Kb.
#157137
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46
O'zbek (turkiy) geografik terminshunosligiga oid ilk manbalar
O'zbek (turkiy) geografik terminshunosligining eng yaxlit va qadimiy 
yozma manbai - Mahmud Koshg'ariyning “Devonu lug'atit - turk” (“Turkiy 
so'zlar devoni”) asari bo'lib, ushbu asar 1074 - 1075 yillarda yozib 
tugatilgan. Muallifning tarjimai holi haqida juda kam ma'lumotlar saqlanib 
qolgan. Uning to'liq ismi Mahmud ibn Muhammad Koshg'ariy ekanligi, u XI 
asr boshlarida Qashqar shahrida dunyoga kelganligi, uning otasi asli 
Issiqko'l bo'yidagi Barsg’on shahridan ekanligi, yoshligidan puxta bilim 


37
olish uchun atoqli olimlar qo'lida bo'lganligi, ko'p o'lkalarga sayohat 
qilganligi ma'lum.
1
Koshg'ariy o'zi hadiqa “...men turklarning xush faxmlaridan, eski 
qabilalaridan, jang ishlarida usta nayzadorlaridan edim” deb yozadi.
2
U umrining ko'p qismini Bag'dod shahrida o'z zamonasining atoqli 
olimlari bilan bir qatorda o'tkazgan bo'lib, arab, fors va turkiy tillarni 
atroflicha bilgan.
Bag'dodda yashab uzoq vaqt tayyorgarlik ko'rganidan so'ng 
“...Mahmud o'z oldiga qo'ygan maqsadi - umumiy turkiy lug'at va turkiy 
shevalarning qiyosiy grammatikasini tuzish vazifasini bajarishga kirishdi. 
Shu maqsadda u o'z zamonasi sharoitida nihoyatda og'ir bo'lgan uzoq 
muddatli safarga otlandi...”
1
Sayohat haqida Koshg'ariy quyidagicha yozadi: “Men turklar, 
turkmanlar, ug'uzlar, chig’illar, yag’molar, qirg'izlarning shaharlarini, 
qishloq va yaylovlarini ko'p yillar kezib chiqdim, turli xil so'z xususiyatlarini 
o'rganib, aniqlab chiqdim. Men bu ishlarni til bilmaganim uchun emas, balki 
bu tillardagi har bir kichik farqlarni ham aniqlash uchun qildim... Ularga 
shuncha diqqat qildim - ki, turklar, turkmanlar, o’g'uzlar, chig’illar, 
yag’molar va qirg'iz qabilalarining tillari butunlay tilimga jo bo'ldi. Ularni 
har tomonlama puxta bir asosda tartibga soldim”.
Sayohat davomida Koshg'ariy mahalliy aholi bilan ko'p suhbatlar 
uyushtiradi: “Men bu narsani Konigutda yag’molardan eshitdim”, 
“Farg'onada kishilardan buqoq kasalligining sirini so’raganimda, shunday 
javob bergan edilar...”, “bu so'zlarni ishonchli bir buxorolik olimdan va 
nisoburlik (nishopurlik) boshqa bir olimdan shunday eshitgan edim” kabi 
iboralar shulardan dalolat berib turibdi.
Chamasi o'n yillar davom etgan sayohat davomida to'plangan 
filologik, etnografik ma'lumotlar ulkan “Devon” tuzishga asos bo'ldi.
“Kitob hijriy 464 yilda yozila boshlandi va to'rt marta qayta 
ko'chirilgandan so'ng, hijriy 466 yilda yozib tugatildi.”
2
. Demak, kitob 1072
- 1074 yillarda yozib bo'lingan va 1075 yilda Bag'dodga - xalifalikka taqdim 
etilgan.
Asarda bir necha shaharlar tilga olingan va aholi so'zlashuvi, tillar 
haqida ma'lumotlar berilgan: “...Qashg’arda kanjakcha so'zlashadigan 
qishloqlar bor. Shahar o'rtasida turuvchilar haqqoniy turkchasida 
so'zlaydilar. Rumdan Mochingacha bo'lgan turk shaharlarining hammasining 
1
Bu haqda qarang: Hasanov H. Mahmud Koshg’ariy (hayoti va geografik merosi). Toshkent “Fan” 1963.
2
Mahmud Koshg'ariy “Devonu lug'atit-turk” T. I. Toshkent, 1960 y.
1
Жузье П.К. “Диван лу\ат-ат-турк”. Изв. Востафа АзГУ Баку 1928 т.2. с.27-58.
2
“Devon” III tom 853 bet.


38
bo'yi besh mingdan sakkiz ming farsaxgacha yetadi. Bu shaharlarning o'rnini 
aniqlash maqsadida ularning hammasini yer shaklidagi doirada ko'rsatdim”
1

Bu doirada Koshg'ariyning “Devon” ga ishlangan dunyo xaritasidir.
Shu o'rinda aytib o'tish joizki, bu yerda Mahmud Koshg'ariyning 
tilshunos, etnograf bo'lishi bilan birga, haqiqiy geograf ekanligi namoyon 
bo'lgan, chunki har qanday geografik ilmiy tadqiqotning poyoni geografik 
xaritadir.
“Devon”ning tadqiq etilishi ham o'z tarixiga ega. Asar va uning 
muallifi XX asr boshlarigacha sharqshunoslarga uncha ma'lum emas edi. U 
to'g'risida faqat ayrim asarlarda qisqacha to'xtab o'tilardi, xolos. Masalan, 
Badriddin Ayniy (XV asr) Mahmud Koshg'ariyning “Devoni”ni o'qiganligini 
yozadi. 
“...Misrlik Sahobiddin Ahmadning “Tarix - ul - badr fi avsof ahli al 
asar” kitobidagi etnografik ma'lumotlar..., Qashg’arlik olim ibn Muhammad 
(XIV asrning ikkinchi yarmi) yozgan. “Toj - ulq - saodat va unvon - ul -
saodat” kitobidagi, hatto andalusiyalik Abu Hayyomning “Kitob - ul - idroy” 
asaridagi ba'zi jumlalar aynan “Devon”dan ko'chirilgan. Ayniqsa, XVII asr 
mashhur sharqshunosi Xoji Xalfa Kotib Chalabiyning “Kashf - az - Zunun” 
nomli asarida... shunday izoh berilgan: Muhammad inb Xusayn ibn 
Mahmudning “Devonu - lug'atit - turk” bir jilddir ...Asarni arabcha izoh 
etgan. Turk tilining 18 harfi izohlangan. Asarni muqtadi bir Amrullox o'g'li 
Xalifa Abulqosim Abdulloxga hadya etgan”... Shu “Kashf - az - Zunnunga”
asoslanib, bunday lug'at borligi Yevropa matbuotida ham tilga olindi. 1904 
yilda Vengriya akademiyasining til bo'limi bir to'plam nashr etdi, unda XI -
XV asrlar orasida turkiy tillarda yozilgan asarlardan biri “Devonu lug'atit -
turk” nomli bir asar ekanligi zikr etilgan. Ammo qo'lyozmaning o'zi ma'lum 
emas edi...
1
Qo'lyozma 1914 yili ktobsevar Ali Amiriy tomonidan Turkiyada 
topilgan. “...Qo'lyozmani olib kelgach, Ali Amiriy bir necha kun, ertayu 
kech, uni varaqlab, undan ko'zini uzolmas edi. “Kitod oldim, uyga keldim
yemak - ichmakni unutdim. Bu kitobga haqiqiy qiymat berilmak lozim bo'lsa
- jahonning xazinalari kifoya qilmas” (deb baho bergan edi Ali Amiriy). 
Axir, bu tamomila yangi bir asar Mahmud Koshg'ariyning “Devonu lug'atit -
turk” degan ajoyib durdonasi bo'lib chiqdi...”
2
Bu asar yozilgandan 200 yilcha keyin, 1266 yilda qayta ko'chirilgan 
nusxasi edi. U ikki tilda: so'z va iboralar turk tilida, izohlar arab tilida 
bitilgan.
1
“Devon” I tom 65-66 bet.
1
Hasanov H.H. Mahmud Koshg'ariy (hayoti va geografik merosi) Toshkent “Fan”, 1963 y. 11 bet.
2
Hasanov H.H. O'sha asar 3-bet.


39
“Devonu lug'atit - turk” 1915 1917 yillarda arab tilida (3 tomlik) 
bosilib chiqqanidan so'ng, turli olimlar asarni tadqiq eta boshladilar. So'ngra 
boshqa tillarga ham tarjima qilindi. Asar va uning muallifi to'g'risida turli 
tillarda (nemis, turk, rus va boshqa) asarlar, maqolalar e'lon qilindi.
Sobiq Ittifoqda ham “Devon”ga qiziquvchilar ko'p bo'lgan.
V.V.Bartold, 
I.Samoylovich, 
P.K.Juzye, 
S.YE.Malov, 
S.P.Tolstov, 
A.N.Kononov, A.K.Borovkov, V.I.Belyayev va boshqalar asar haqida 
maqolalar yozgan, o'z fikr - mulohazalarini bildirishgan.
Sobiq Ittifoqning birinchi koshg'ariyshunosi akademik V.V.Bartold 
hisoblanadi. U asarga yuqori baho beradi va muallif haqida shunday yozadi: 
“Mahmud Koshg'ariy shunday yagona bir adibki, u, O'rta Osiyo haqida arab 
tilida yozgan mualliflardan farq qiladi; Mahmud turli kitoblardan ko'chirib 
emas, balki o'z ko'zi bilan ko’rib bilib yozgan”.
3
Atoqli arxeolog va etnograf S.P.Tolstov: “Mahmud Koshg'ariy -
turkiy qabilalar turmushini eng yaxshi bilgan muallifdir... U XI asrga doir til 
ma'lumotlarini nihoyatda mukammal va sinchiklab to'plangan” deb yozgan 
edi.
O'zbek olimlari orasida Mahmud Koshg'ariyning “Devon”ini astoydil 
ilmiy asosda o'rganish 1937 yildan boshlangan. Bu og'ir, murakkab ilmiy 
tekshirishlarning tashabbuskori keksa filolog olim va pedagog Solix 
Mutallibov bo'ldi.
1
Solix Mutallibov “Devonu lug'atit - turk” haqida bir necha maqolalar, 
monografiyalar yozgan, asarni to'la ravishda o'zbek tiliga tarjima qilib, nashr 
etgan. Solix Mutallibovning “Devon” ga bag'ishlangan ilmiy ishlari 
quyidagilardir: “Mahmud Koshg'ariy lug'ati va turkiy tillarni o'rganishda 
uning ahamiyati” (1947), “XI asr filologi Mahmud Koshg'ariyning 
tilshunoslikdagi 
faoliyati” 
(1957), 
“Mahmud 
Koshg'ariyning 
tilshunoslikdagi faoliyati” (1957), “Mahmud Koshg'ariy va uning “Devonu 
lug'atit - turk” asari (1958)”, “Morfologiya va leksika tarixidan qisqacha 
ocherk” (1959), “Turkiy so'zlar devoni” (Devonu lug'atit - turk) I tom 
(1960), II tom(1961), III tom (1963), “Mahmud Koshg'ariy” (1967), 
“Mahmud Koshg'ariyning “Devonu lug'atit - turk” asari” (1967) (nomzodlik 
dissertasiyasi avtoreferati). “Devon”ning S.Mutallibov tomonidan o'zbek 
tiliga tarjima qilib, nashr ettirgan nusxasiga bir qancha ijobiy taqrizlar 
bosilgan. “Mahmud Koshg'ariyning kamtarlik bilan lug'at deb atagan bu 
asari yolg'iz bu kungi ma'nodagi lug'atgina emas, balki shu bilan birga... 
bebaho bir qomusdir” deb yozgan edi S. Mutallibov.
3
Бартольд В.В. Сочинения. Т II. Стр. 491.
1
Hasanov H.H. Mahmud Koshg'ariy (hayoti va geografik merosi). Toshkent, “Fan”, 1963, 20 bet


40
“Devonu lug'atit turk”ning geografik jihatlarini birinchi bo'lib 
o'rganib, atroflicha yoritib bergan, ilmiy tadqiq etgan olim Hamidulla 
Hasanovich 
Hasanov 
hisoblanadi. 
H.Hasanov 
o'zining 
“Mahmud 
Koshg'ariy” (Toshkent, 1963, 82 bet) monografiyasida asar muallifining 
qisqacha 
hayoti, 
asarning 
tekshirilish 
tarixi, 
asardagi 
geografik 
ma'lumotlarni tahlil etib bergan. U Mahmud Koshg'ariyning geografik 
merosini quyidagilarga bo'ladi:.
1. “Devon” ga ilova qilingan dunyo xaritasi;
2. “Devon”da uchraydigan joy nomlari va ularning izohi;
3. O'rta Osiyodagi (Turkistondagi) ayrim qabilalarning joylanishi 
haqidagi “aholi geografiyasi” ga oid ma'lumotlar;
4. “Devon” da berilgan tabiiy geografik terminlar, ularning izohi;
5. “Devon”da izoh qilingan astronomik ma'lumotlar, kalendar 
sistemasi - muchalar va ularning tarixi.
1
Geografiya atamalari haqida shunday yozadi: “Devonu lug'atit - turk” 
sahifalarini varaqlar ekansiz, unda tabiat va tabiiy hodisalarga doir - yer va 
suv, tog’ va cho'l, iqlim va osmon, hayvon va o'simlik singarilarga bog'liq 
yuzlab xalq so'z - terminlari, maqol va iboralarni topasiz. Shunday so'zlarki, 
xilma - xil, sodda va sermazmun. Bularni yig'ish uchun Mahmud ko'p yillar 
sayohat qilgani, har bir hodisaga, har bir qabilaning so'zlariga diqqat bilan 
e'tibor bergani ko'rinib turibdi.
2
Geografik atamalarni H.Hasanov yer va tuproqqa doir terminlar, 
meteorologik terminlar va boshqalarga ajratib, ularni izohlab beradi, hamda 
o'z fikr - mulohazalarini bildiradi. Shu bilan birga “Devon”ga ilova qilingan 
dunyo xaritasini va undagi joy nomlarini izohlaydi. “Devon”dagi geografik 
ma'lumotlar xususida ayrim manbalardan fikr - mulohazalar bildirilgan.
Mahmud Koshg'ariyning “Devonu lug'atit turk” asari O'rta Osiyo 
(Turkiston) geografiyasini terminologiyasi nuqtai nazaridan ham juda 
muhim ilmiy manbadir.
3
“Devon”da ko'pgina geografik terminlar berilganki, bu terminlar 
hozirgi vaqtda ham keng qo'llaniladi. Ariq, art (ort), botiq, bulut, yel, jar, 
kechik, kun, ko’k (osmon), muz (buz), suv, sayram suv, talgoq, tog', tun, 
tuman, ungur, qayir, qor, quduq, qum, qish va boshqalar shular 
jumlasidandir.
“Devonu lug'atit - turk” da ishlatilgan terminlarning ayrimlari hozirgi 
paytda o'zgargan holda, ayrimlari o'z holicha ishlatiladi:
1
Hasanov H.H. Mahmud Koshg'ariy (hayoti va geografik merosi). Toshkent, “Fan”, 1963, 22 bet.
2
Hasanov H. O'sha asar. 26-bet.
3
Rahimbekov R.U., Donsova Z.N. O'rta Osiyo tabiatini geografik o'rganish tarixi. Toshkent, “O’qituvchi”, 1982


41

Yüklə 445,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin