49
quriladi. Bunday usulda baliq tutishni Bobur hech yerda uchratmaganligini
aytadi.
4. Tuproq, o'simlik va hayvonot olami bilan bog'liq xalq
terminlari.
Sho'r yer
-
qurg'oqchil
o'lkalardagi pastqam yerlarda
minerallashgan yer osti suvlarining yer betiga chiqishi, “Boburnoma” da
“...Kobul va G’azni purshar va sho'r yerlar edi...” deyiladi. Haqiqatdan ham
arid zonada joylashgan Kobul va G’azni atrofida sho'r yerlar ko'plab
uchraydi.
O’lang
(ruschasi “polyana”) - o'tloq yer, keng maydon.
Yayloq -
yaylov, “...Farg'ona viloyatining girdo - gidri tog'larida
yaxshi yayloqlari
bor...”. julg’a - ko'klamzor, hindlar julg’ani “dun deydilar”.
To'qay
termini
“Boburnoma”da faqat bir joyda tilga olinadi. Bu terminni V.Radlov
“o'rmon” deb tarjima qilgan. Mo'g'ulcha va ko'pgina turkiy tillarda bu termin
“daryo bo'yidagi o'rmon, chakalakzor” deb izohlanadi”.
“Boburnoma”da quyidagi o'simliklar tilga olingan:
Tobulg’u
Panyola
Anbula (hindi hurmo)
Koju (qarag’ay)
Omila
Amradpal (limon navi)
Chilg’o’za (kedr)
Xurma
Amalbu (limon navi)
Bolut (dub)
Norgil
Аmalbel (limon navi)
Xanjak
Limu (limon)
Joman
Kila (banan)
Sangtora (apelsin navi)
Kamrak
Maxva (gulchikan)
chanbariy (limon navi)
Badxal (non daraxti)
Kirni
Mehrigiyo (“ayiq o’ti”)
Karunda
Kadxil
Nayshakar (shakarqa mish)
Gula
Biyr
Chirunchi
Tor (hurma navi)
Turunj (sitron)
Galgl limu
Sadofal (limon navi)
Bobur, uning ziddiyatli, sarguzashtlarga boy bo'lgan hayoti va ilmiy
merosi sharqshunoslar tomonidan chuqur o'rganilmoqda. Uning ilmiy
merosi - Sharq madaniyati va umuman jahon madaniyatiga qo'shilgan
bebaho xazinalardan ekanligini butun dunyoda tan olingan. Mashhur
sharqshunos olim S.P.Tolstov unga yuksak baho berib “...Farg'onalik
Zahiriddin Bobur - Sharqdagi Uyg'onish davrining eng atoqli siyosiy va
madaniy arboblaridan biridir” degan edi.
Hindistonning davlat arboblari va olimlari
Bobur haqida ijobiy
fikrdalar, chunki Bobur Hindistonni talab ketmay, odilona podsholik qildi,
insonparvar, xalqparvar ekanligini isbotladi. Javoharlal Neru shunday
50
yozadi: “Bobur dilbar shaxs, uyg'onish davrining tipik hukmdori,
mard va
tadbirkor shaxs bo'lgan. U san'atni, adabiyotni sevgan, hayot nafosatidan
lazzatlana bilgan... Boburning Hindistonga kelishi tufayli Hindistonda
buyuk o'zgarishlar sodir bo'ldi, san'atda, hayotda, me'morchilikda va
madaniyatning boshqa sohalarida yangicha taraqqiyot yuz berdi”.
“Boburnoma” dunyoning turli tillariga tarjima qilingan bo'lib, turli
davrlarda asar ustida tadqiqot ishlari olib borilgan va ilmiy ishlar olib
borilmoqda.
Asarni tadqiq etishda yirik mamlakatlar (AQSH, Rossiya,
Germaniya,
Buyuk Britaniya, Fransiya, Turkiya, Pokiston, Afg'oniston,
Italiya, Hinditson va boshqalar) olimlarining ishlari diqqatga sazovordir.
Gollandiyada Vitsen (1705), Angliyada U.Erskin va J.Leyden (1826),
R.Koldekot (1844), A.Beverij (1905), Talbot (1909) lar, Germaniyada
YU.Klaprat (1810), A.Keyzer (1828), Frnasiyada Pave de Kurteyl (1871),
B.Gramoye (1980, 1985), Rossiyada N.Ilminskiy (1857), Afg'onistonda
Abdulaxay Xabibiy, Pokistonda Rashid Axtor Nodviy, Hindistonda Mirza
Nasriddin Haydar (1924), Turkiyada R.Arat va N.Bayur (1943 - 1946) va
boshqa olimlar “Boburnoma”ni ilmiy tadqiq etishga ulkan hissa qo'shdilar.
1980 - 1985 yillarda dunyoning eng nufuzli
tashkilotlaridan biri -
YUNESKO tashabbusi bilan “Boburnoma” fransuz tilida bosib chiqarildi.
“Boburnoma”ni ilmiy tadqiq etishda o'zbekistonlik olimlarning ham
xizmatlari kattadir. N.Ilminskiy (Qozon, 1857) va A.Beverij (London, 1905)
lar tomonidan nashr etilgan asar nusxalariga asoslanib, 1948 - 1949 yillarda
“Boburnoma”ning ikki qismdan iborat to'liq matni o'zbek tilida bosilib
chiqdi.
P.Shamsiyev va S.Mirzayevlar nashrga tayyorlagan ushbu asar
nusxasi kiril asosidagi o'zbek alifbosida geografik nomlar va kishi ismlari
ko'rsatkichi, lug'at va ba'zi bir qisqa izoh hamda tarjimalar bilan nashr etildi.
Bu asar nusxasi 1960
-
yilga kelib, V.Zohidovning so'z boshisi bilan qayta
nashr qilindi. Toshkentda “Boburnoma” ning birinchi ruscha nashri 1958
-
yilda amalga oshirildi.
M.Salye tarjimasiga asoslanib 1982
-
yili S.Azimjonova so'z boshisi va
M.Xayrullayev tahriri ostida “Boburnoma” rus tilida qayta nashr etildi.
Tilshunos olim P.Shamsiyev o'zbek tilida
nashr etilgan yuqoridagi
asar nusxalariga asoslanib, ularda yo'l qo'yilgan ba'zi kamchiliklar, tarjima
izohlarga qo'shimcha qilib, asarni 1989
-
yili qayta nashr etdi. Umuman,
tilshunos olim P.Shamsiyevning “Boburnoma” ustida olib borgan ishlari
taxsinga loyiqdir.
Boburshunos, tarixchi olima S.Azimjonovaning xizmatlarini ham
alohida ta'kidlash lozim. Sharqshunoslardan A.Nosirov
Bobur asarlarining
51
to'la ro'yxati va Bobur haqida turli tillarda e'lon qilingan materiallarni
to'plagan.
Tilshunos olim X.Nazarova Bobur asarlarida uchraydigan va
tushunilishi qiyin bo'lgan so'zlarning izohli lug'atini tuzdi.
Boburshunoslar orasida xassos olim, atoqli geograf Hamidulla
Hasanovni alohida ta'kidlab o'tish joizdir. H.Hasanov Boburnining hayoti va
uning me'rosini chuqurroq o'rganish maqsadida Bobur izidan - Andijondan
Hindistonga safar uyushtirdi. Boburning poyi
qadami tekkan bir necha
shaharlarda bo'ldi, bobokalonimiz tomonidan qurdirilgan ziyoratgohlarni
hamda Boburning Kobuldagi qabrini borib ziyorat qildilar. Safardan ajoyib
ma'lumotlar bilan qaytgan olim, keyinchalik Bobur va uning geografik
merosi haqida risola yozdilar. Risoladagi Bobur merosining geografik
jihatlari talqin qilingan va “Boburnoma”da tilga olingan yirik joylar xaritasi
ishlangan. Ayrim joy nomlari va atamalarni izohlab bergan. Xullas, muallif
“Boburnoma”ning geografik jihatlarini to'la ochib bergan.
Quyida “Boburnoma” da keltirilgan xalq geografik terminlardan
namunalar keltirildi:
Ariq
Arg’adol
Ark
Asad
Band (ko’tal)
Bandar
Bahor
Botqoqlik
Buloq
(chashma)
Bulut
Vodiy
Viloyat
Garmser
Guzar
Dalv
Daryo
(daryocha)
Dasht
Dobon
(dovon)
Domana
Dun
(ko'klamzor)
Duob
Yel
Yomg'ir
Jangal
Jar
Jilg'a
Zilzila
Iqlim
Qamar
Kent
(kentgina)
Koriz
Kechit
(kechuv)
Kuz
Ko’h
Ko’hiy
Ko'histon
Kuhpoya
Langar
Mashriq
Ma'mura (obod
joy)
Navroz
Nov
Ovloq
Orol
Pushta
Ravoch
Raxguzar
Rud
Sabo
Savr
Samum
Saraton
Sarhad
Sahro
Sel
Soy
Suv ulg'ayishi
Suv yoqasi
Tangi
Tarnov
Tepa
Tuz yer
(tekis yer)
Tuman
(rayon)
Ushoq tog'
Chorbog'
Chashma
(buloq)
Shoxjuy
(ariq
tarmog'i)
Shaxr
Yayloq
O’lang
O'rdu
Qasaba
Qasabacha
Qishloq
Qorasuv
Qor va yax
Qum
Qushloq
Qo'l