58
1990 - yillardan keyingi davr
Bu davr mustaqillik davri hisoblanadi. 90 - yillarning
boshidan
boshlab bir necha tarjima va izohli lug'atlar bosib chiqila boshlandi.
1992
-
yilda taniqli olim Mirortiq Mirabdulla o'g'li (Ortiq Mo'minov)
ning “Jo'g'rofiy atamalar lug'ati” nashr qilindi. Muallif tili bilan aytilganda
“. . .mazkur lug'atdan 1929
-
yilga qadar chop etilgan arab alifbosi (o'zbek
tili)dagi jo'g'rofiy nashrlar, 1939
-
yilgacha nashr etilgan lotin alifbosidagi
jo'g'rofiy darslik va qo'llanmalar, 1940
-
yildan keyin bosmadan chiqqan
jo'g'rofiy lug'atlarni
varaqlab, tahlil qilib, o'zbek tilining o'ziga xos
xususiyatlariga asoslangan jo'g'rofiy atamalarni qayta ishlash va ayrim
yangi atamalarni yaratishga oid olib borilgan dastlabki tadqiqot natijalari
o'z ifodasini topdi. . .”.
Lug'atda o'zbek geografik terminshunosligining asrimiz boshlaridagi
qisqacha tarixi ham bayon etildi. “.. .1937
-
yildan boshlab jo'g'rofiy
lug'atimizda, jo'g'rofiy atamalarda anchagina salbiy o'zgarishlar ro'y berdi,
ta'bir joiz bo'lsa tilimizning sharqona, an'anaviy, milliy tarovati yo'qolib
ovrupolashdi, yasama so'zlar paydo bo'ldi ...”
1
. Haqiqatdan ham, ko'pgina
arab, fors - tojik, turkiy terminlar o'rniga rus tili orqali kirib kelgan xorijiy
terminlar qabul qilindi.
Bundan
tashqari, muallifning ayrim terminlar xususida o'z fikr -
mulohazalari bayon etilgan. Bularning hammasiga qo'shilib bo'lmaydi,
albatta.
Geografiya
o'rniga
jo'g'rofiya, ekvator
o'rniga
xattiistvo, tropik
o'rniga
mador, okean
o'rniga
ummon
,
parallel
o'rniga
muvoziy, materik
o'rniga
qarrat
kabi eskirib, muomaladan
chiqib ketgan terminlar ham
taklif etilgan. Fan rivojlanib borgan sari ayrim termin va tushunchalar
ham eskirib muomaladan chiqib boradi, yangi terminlar paydo bo'ladi.
Shunday ekan ayrim, eskirib muomaladan chiqib ketgan terminlarni yana
zo'rma - zo'raki tilga kirtish ham to'g'ri emas. Lug'atda
karta
o'rniga
xarita,
zapovednik
o'rniga
qo'riqxona, kanal
o'rniga
ariq
kabi taklif etilgan
terminlar o'rinlidir.
“Jo'g'rofiy atamalar lug'ati”dan so'ng, 1993
-
yilda
geograf
-
terminshunos P.N.G'ulomovning “Geografiyadan qisqacha ruscha -
o'zbekcha atamalar va tushunchalar lug'ati” bosilib chiqdi. Ushbu lug'atda,
o'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishi munosabati bilan ilgari qabul
qilingan
ayrim
terminlar
qayta
ko'rib
chiqilib,
iloji
boricha
o'zbekchalashtirishga harakat qilingan. Lug'at so'z boshisida ruscha termin
1
Mirortiq Mirabdulla o'g'li. Jo'g'rofiy atamalar lug'ati. T., “Fan”, 1992, 10-bet.
59
va tushunchalarning o'zbekcha muqobilini topish va tanlashdagi manbalar
ko'rsatilgan. Shuningdek, geografiya terminini jo'g'rofiyaga
almashtirish
noto'g'ri ekanligi aytib o’tilgan va unga bir qancha dalillar keltirilgan.
Taklif etilayotgan ayrim terminlarni eskirib, muomaladan chiqib
ketganligi to'g'ri qayd etilgan.
A.Rasulov, F.Hikmatov va A.Akbarovlar tomonidan chiqarilgan
“Gidrologiya atamalari va tushunchalarining ruscha - o'zbekcha lug'ati”
(T.,“Universitet”,1993)dan ham ko'pgina
ruscha gidrologik terminlar
o'rniga o'zbek tilidagi mahalliy terminlardan foydalanishga harakat
qilingan, ayrim terminlarning qisqacha izohi ham berilgan. Bunda ilmiy -
baynalmilallik tamoyili ham saqlanib qolingan bo'lib, gidrologik ilmiy -
tadqiqot olib borayotgan tadqiqotchilar uchun katta ahamiyatga ega bo'ldi.
1994
-
yilda P.N.G'ulomovning “Jo'g'rofiya atamalari va tushunchalari
izohli lug'ati” kitobi nashr etildi. Bu lug'atda maktab geografiya darsliklari
va dasturlari, xaritalar hamda turli sayohatlar davomida to'plangan xalq
(mahalliy) geografik terminlarining izohi berildi. Garchi lug'at
maktab
geografiya terminlari va tushunchalari izohli lug'ati bo'lsada, unga maktab
dasrliklari va dasturlarida ko'zda tutilmagan xalq (mahalliy) geografik
atamalari ham kiritilgan. Izohli lug'atning so'zboshisida, muallif terminlar
tanlashdagi prinsiplar (mezonlar) ni sanab o'tgan. Lug'atda ayrim
sabablarga ko'ra, geografiya termini o'rniga (garchi muallif “geografiya”
tarafdori bo'lsada) jo'g'rofiya deb ishlatilgan, shunga bog'liq
ravishda
Dostları ilə paylaş: