Toponimika va geografik terminshunoslik



Yüklə 445,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/46
tarix19.10.2023
ölçüsü445,71 Kb.
#157137
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Ruscha
1936 y.
Tabiiy jo’g’rofiya
(А.Оbizov tarj.)
1939 y.
Fizik geografiya
(А. Оbizov tarj.)
География 
Jo’g’rofiya
Geografiya
Карта
Xarita
Кartа
Компас
Kompas
Kompas
Сутка
Kun - tun
Sutka
Рельеф
Yer usti shakllari
Yer usti formalari
Устье
(dryoning) quyilish joyi
Mansab
Холм
Do’ng
Do’ng
Оползень
Surilma
O’pirilish
Землетрясение
Yer qimirlashi
Zilzila
Атмосферное 
давление
Atmosfera bosimi
Atmosfera bosimi
Планшет
Planshet
Planshet
Перистые облака
Parra bulutlar
Patli bulutlar
Овраг
Jar 
Chuqur
Пояс
Poyas
Poyas
Умеренный пояс
Mo’tadil poyas
O’rtacha poyas
Пещера
Mog’ora
G’or
Долгота и широта
Bo’ylik va kenglik
Uzunlik va kenglik
Меандр
Egrilik
Meandr
Градусная сеть
Darajalik to’r
Gradus to’ri
Глыбовые горы
Tabaqali tog’
Palaxsali tog’
Архипелаг
Taqim orollari
Arxipelag
Айсберг
Muztog’
Aysberg


65
Физическая 
география 
Tabiiy jo’g’rofiya
Fizik georafiya
40 - yillarning boshlarida nashr etilgan darslik, qo'llanma va 
lug'atlarda 
ayrim 
terminlar 
rus 
tilidagi 
xolicha 
qo'llangan. 
M.X.Bektemirov va S.M.Saidrasulovlarning ruscha - o'zbekcha lug'atida 
уступ, утyoс, стремнина, скала, продукт, пурга, пойма оболочка,
нанос, корабл
kabi ruscha so'zlar o'zbek tilida aynan berilgan. Vaholanki 
ularni o'zbekcha muqobillari mavjud: 
jarlik, qoyatosh (tik qoya), ostona 
(daryoning tezoqar joyi), qoya, mahsulot, qor bo'roni, qayir, chuqur joy 
(o'zanda), qobiq, oqiziq (jinslar), kema 
kabi. Keyingi nashr etilgan 
geografik adabiyotlarda atamalar biroz barqarorlashgandek bo'ldi.
O'zbek 
geografik 
terminshunosligi, 
lug'atchiligi 
tarixida, 
terminlarning 
barqarorlashuvi 
va 
qat'iylashuvida 
atoqli 
olim 
H.Hasanovning “Ruscha - o'zbekcha va o'zbekcha - ruscha geografiya 
terminlari lug'ati” (T, 1964) kitobi katta ahamiyatga ega bo'ldi. Kitob 
so'zboshisida muallifning ayrim terminlar xususidagi mulohazalari 
berilgan. Ruscha “
oсадок
” so'zining bir necha ma'nosi bor. Ximiyada 
cho'kma, quyqa 
deb olingan, geografiyada атмосферные осадки
-
yog'inlar 
deb ishlatiladi. Geologiyada 
осадочные породы - cho'kindi 
jinslar 
deyiladi. 
Ammo geografiyada yerning va dengiz ostining chuqurchasini 
ifodalaydigan 
впадина
so'zini 
cho'kma 
deyish - yuqoridagilarga zid bo'lib 
qolmoqda. Demak, 
впадина
so'zi uchun boshqa termin topishimiz kerak. 
Lug'atda 
botiq 
va 
chuqurcha 
so'zlarini ishlatdik.
1
Поверхность - yuza, sirt, ust, оболочка - qobiq, кора - po'st, 
пласт - qavat, слой - qatlam, покров - qoplam, высокие облака - baland 
bulutlar, верхние облака - yuqori bulutlar (yoki baland bulutlar) 
deb 
qatiy tarzda tarjima qilinadi. Shuningdek, terminologiyada ayrim 
sinonimlar qatoridan dominantlar ajratib ko'rsatilgan: ruscha 
водопад
so'zining sinonimlari 
(sharqirama, sharshara, shovva, uchrasuv) 
orasidan 
sharshara 
dominant qilib olinadi. 
Наводнение, разлив, поводок, полная
вода, поводье
so'zlarining har biriga muqobil so'z topiladi: 
Наводнение

umuman 
toshqin

поводок
- ma'lum mavsumda (bahor yoki kuzda) muz 
yoki qor erishi, yog'in yog'ishi bilan suvning qisqa muddatga birdan 
ko'payishi yoki toshishi, 
полная вода
- suvning eng ko’tarilgan holati, 
to'lin suv, 
половодье
daryoda, umuman suvning ko'payishi hodisasidir. 
1
Hasanov H. Geografiya terminlari lug'ati. T., “Fan”, 1964, 6-7 betlar.


66
H.Hasanov ruscha 
степь
so'zining 
cho'l 
emas, balki 
dasht 
deb tarjima 
qilinishi lozimligini 1952 yildayoq aytib o'tgan edi. Ushbu fikr yuqoridagi 
kitobda ham ma'qullanib, bir necha dalillar keltirilgan. Lug'atda esa 
степь
- dasht, cтепь
deb berilgan. Keyinchalik dasht bo'lib ketdi va lug'atlardan 
chuqur o'rin oldi. Ushbu ruscha - o'zbekcha lug'at ko'p yillar davomida 
geograf - tarjimonlar uchun dasturilamal bo'lib keldi.
Ruscha - o'zbekcha geografiya lug'atchiligida geograf olimlardan 
YU.Sultonov, M.Qoriyev, N.Dolimov, M.Mirboboyev keyinchalik 
P.G'ulomov, S.Qorayev va R.Rahimbekovlarning hizmatlari kattadir.
Ushbu olimlar tomonidan bir qancha oliy va o'rta maktablar uchun 
darsliklar, qo'llanmalar o'zbek tiliga o'girildi.
Xullas, 90 - yillarning boshlariga qadar rus tilidan qilingan 
tarjimalar natijasida geografik adabiyotlarda 

Yüklə 445,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin