O'zbek geografik terminshunosligining rivojlanishida tarjima
(ruscha - o'zbekcha) adabiyotining ahamiyati
Geografik terminshunoslikning rivojlanishida tarjima adabiyoti
muhim o'rin tutadi. Tarjima jarayonida tarjima terminlari paydo bo'ladi.
Bunday terminlar o'z tilimiz zahirasidan olinadi. Hayot to'xtab qolmagani
kabi geografik terminlar va tushunchalar ham to'xtovsiz boyib boradi. O'z
tilimizda yo'q bo'lgan termin va tushunchalar boshqa xalqlar tillaridan
bizning tilimizga kirib keladi. Lekin boshqa xalqlar tilidan kirib kelgan
terminlar ko'pincha qabul qiluvchi xalqlarning talaffuziga, til qoidalariga
(xususiyatlariga) moslab, biroz o'zgartirilib olinishi mumkin.
O'zbek geografik terminshunosligida tarjima terminlari (ruschadan)
o’tgan asrning 30 - yillaridan paydo bo'la boshlagan edi. O'sha davrda
mamlakatimizda
geografiya
ta'limining
rivojlanishi,
geografik
bilimlarning ommalashuvida, rus tilidagi geografiya darsliklari va
qo'llanmalar tarjimoni A.Obizovning hizmatlari katta bo'ldi. A.Obizov rus
tilidagi bir qator o'rta va oliy maktab darsliklari tarjimonidir. Olimning
1933 - 1939 yillar davomida rus tilidan tarjima qilgan “O'lkani o'rganish
darsligi. Tabiat” (T., O'zdavnashr 1933), A.S.Barkov va Polovinkinlarning
“Tabiiy geografiya” (T., O'zdavnashr, 1936) va “Fizik geografiya”
(Toshkent, Samarqand, 1939) darsliklaridagi ayrim terminlar haqida
to'xtalib o'tish lozim. Dastlabki ikki darslik tarjimalaridagi terminlar
o'rtasida deyarli farqlar yo'q. 1933 yilgi tarjimada
jo'g'rofiya, xarita, yer
usti shakllari, do'ng
(tepalik),
ma'dan chashmalari, mag'ora
(g'or),
egrilik, daryo tindirmalari
(cho'kmalari),
darajalik to'r, bo'ylik
(uzunlik),
tabaqalik tog'
(palaxsali tog'),
taqim orollari, muztog'
kabi oldindan
qo'llanib kelingan terminlar ishlatilgan. 1936 yilgi tarjimada bo'lsa,
jo'g'rofiya, xarita, plan olish, masshtab, taxminlash, vizir chiziq, do'ng,
gorizont, qumtosh, granit, ma'dan chashmalari, artezian, karstlik
hodisalar, magora, stalaktit va stalakmit, manba, suvayirg'ich, asl
qirg'oq, egriliklar
(meandra),
temperatura, lab, buxta, gorizont, darajalik
to'r, ekvator, meridian, parallel, kenglik va bo’ylik, orbita, litosfera,
gidrosfera, atmosfera, episentr tabaqali tog', troposfera, stratosfera,
izoterma, barometr, flyuger, briz, musson, tropik poyas, muztog'
va
boshqa terminlar qo'llanilgan. Ushbu tarjimada ilmiy geografik adabiyotga
rus tili orqali kirib kelayotgan yangi atamalar bilan birga,
taxminlash,
do'ng, ma'dan chashmalari, mag'ora, asl qirg'oq, egrilik, poyas
kabi
ko'pgina terminlar avvalgi shakllarida ishlatilgan.
64
1939 yilgi tarjimada esa rus tili orqali kirib kelgan yangi terminlar
ko'proq qo'llanilgan:
geografiya, karta, kompas, fizik geografiya, terrasa,
sutka, gradus (to'ri), arxipelag, poyas
va boshqalar.
Ruscha
землетрясение–
zilzila,
пещера -
g'or,
умeренный пояс -
o'rtacha poyas,
oползень
- o'pirilish deb tarjima qilindi, xolbuki ungacha
bu terminlarining o'zbek tilidagi tarjimalari, yani
yer qimirlashi, ungur,
mo'tadil mintaqa, surilma
kabi terminlar bo'lgan.
Aynan mana shu yillari geografik terminlarda o'zgarishlar sodir
bo'ldi. Buni quydagi jadvaldan ko'rish mumkin:
1 - jadval
Dostları ilə paylaş: |