tarjima terminlari
paydo
bo'ldi. Ayrim terminlar kalka yo'li bilan tarjima qilindi:
водораздел -
suvayirg'ich, водохранилище–suv ombori, плоскогорье–yassi tog'lik,
полнолунье
-
to'lin
oy,
ледокол–muzyorar,
лeдорез–muzkesar,
дождемер–yog'uno'lchagich
kabi.
Mustaqillik davridan boshlab darsliklar, o'quv qo'llanmalari
mahalliy, o'lkashunoslik prinsiplariga amal qilgan holda o'zbek tilida
yozilib, nashr etila boshlandi.
Xalq terminlari (atamalari)
Xalq terminlari umuman terminlarning muhim turlaridan biri
bo'lib, ilmiy terminlarning milliy - mahalliy xususiyatlarini aks ettiradi.
Qomusiy geograf olim L.S.Berg ta'rifi bilan aytiladigan bo'lsa, xalq tilida
bitmas - tuganmas boylik bor, bu - ilmiy terminlarni kengaytiruvchi
manbadir.
Ayrim geografik ilmiy tadqiqotlarda xalq terminlarini mahalliy
terminlar deb atashadi. Qozog'istonlik G.Konkoshbayev ko'proq xalq
geografik terminlari iborasini, ozarbayjonlik M.Geldixonov esa mahalliy
geografik terminlar iborasini ko'proq ishlatadi. Mahalliy geografik
terminlar iborasi ko'proq lokal xarakterga ega bo'lib, muayyan bir hududga
oid bo'ladi. Xalq geografik terminlari iborasi esa kengroq ma'no kasb
etadi.
Xalq terminlarining asosiy manbalari quyidagilardir:
1. Xalq og'zaki ijodi - folklori.
2. Qadimgi qo'lyozma manbalar.
67
3. Turli lug'atlar, ensiklopediyalar.
4. Yirik masshtabli topografik xaritalar.
5. Sharqshunoslarning asarlari.
Xalq terminlarini to'plash, saralash va tasniflash muhim
vazifalardan biri bo'lib, ularni to'plash uchun ilmiy terminologik
ekspeditsiyalar uyushtirish zarur bo'ladi. Bunday ilmiy ekspeditsiyalar
uzoq qishloqlarga, tog' vodiylari va daryo bo'ylaridagi aholi punktlariga
uyushtirilishi lozim. Sababi, bunday aholi punktlarida xalq terminlari
o'zgartirilmasdan, uzoq yillardan buyon ishlatilib kelinadi. Bundan
tashqari, ayrim xalq an'analari, va urf odatlari qadim zamonlardan
saqlanib kelinmoqda va bu hodisa xalq terminlarida o'z aksini topgan.
Masalan, Janubiy O'zbekistonda - buloqlarning atrofini tozalash, ko'zini
ochish maqsadida uyushtiriladigan hashar teganak (taganak) deb yuritiladi
va bu marosim ajdodlardan meros bo'lib, hozir ham amalga oshirib
kelinmoqda. Bu va shunga o'xshash ko'plab xalq terminlarini mahalliy
aholi, asosan qariyalar bilan suhbatlar chog'ida to'plash mumkin.
Xalq geografik terminlarining muhim manbalaridan biri qadimgi
qo'lyozma manbalardir. Yuqorida qayd etilganidek Yusuf Xos Hojibning
“Qutadg'u bilig”, Mahmud Koshg'ariyning “Devonu lug'atit turk” asarlari
eng qadimiy yaxlit manbalardir.
Turli davrlarda yozilgan lug'atlar, ensiklopediyalar ham xalq
geografik terminlarini to'plashning muhim manbalaridan hisoblanadi.
Ilmiy baynalmilal terminlar qatoridan o'rin olgan xalq geografik
terminlarini ko'proq yirik sharqshunos olimlarning asarlaridan to'planadi.
O'rta Osiyo, xususan O'zbekiston hududiga oid ko'plab ilmiy asarlar
yozgan yirik sharqshunos olim V.V.Bartold turkiy (o'zbek) xalq geografik
terminlaridan ko'p foydalangan.
Tabiiy geografiyaga oid o'zbek (turkiy) xalq geografik terminlarini
(XGT) quyidagicha guruhlashtirish mumkin:
1. Geografik o'rinni bildiruvchi XGT;
2. Relyefni bildiruvchi XGT;
3. Iqlimga oid XGT;
4. Gidrologiyaga oid XGT;
5. Tuproqshunoslikka oid XGT;
6. Biogeografiyaga oid XGT;
7. Landshaftshunoslikka oid XGT;
8. Tog' jinslariga oid XGT.
68
Ayrim xalq geografik terminlari E.M.Murzayev ta'biri bilan
aytganda, anatomik terminlar - inson tanasi a'zolari nomlari bilan bog'liq.
Quyida ulardan ayrim namunalar keltiriladi.
Dostları ilə paylaş: |