Toponimika va geografik terminshunoslik


ILOVA Toponimikani qanchalik bilasiz?



Yüklə 445,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/46
tarix19.10.2023
ölçüsü445,71 Kb.
#157137
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
ILOVA
Toponimikani qanchalik bilasiz?
O'ZINGIZNI BIR SINAB KO'RING
1. Toponimika fani nimalarni o'rganadi?
2. Toponimiya deganda nimani tushunasiz?
3. Toponimika qaysi fanlar bilan yaqin bog'langan va ularning 
qanday tadqiqot metodlaridan foydalaniladi?
4. Geografik termin va geografik nom nima?
5. Antonim geografik nomlar qanday nomlar?
6. Metafora geografik nomlar qanday nomlar?
7. Memorial nomlar qanday nomlar?
8. Etnonimlar nima?
9. “Devonu lug'atit turk” asari muallifi kim? Bu inson haqida 
nimalarni bilasiz?
10. Toponimika sohasida ko'p ishlar qilgan bobokolon olimlardan 
kimlarni bilasiz?
11. H.H.Hasanovning toponimikaga oid qanday asarlari bor?
12. Oddiy turdosh otlardan hosil bo'lgan qanday geografik nomlarni 
bilasiz?
13. Aniqlovchi (sifat) qo'shish yo'li bilan hosil bo'lgan qanday 
nomlarni bilasiz?
14. Aniqlovchi (son) qo'shish yo'li bilan hosil bo'lgan qanday 
nomlarni bilasiz?
15. Aniqlovchi (ot) qo'shish yo'li hosil bo'lgan qanday nomlarni 
bilasiz?
16. Geografik 
nomlardan 
hosil 
bo'lgan 
qanday 
geografik
terminlarni bilasiz?
17. Detoponimizatsiya nima?
18. Nomlarning ko'chishidan hosil bo'lgan qanday toponimlarni 
bilasiz?
19. Umumlashtirishdan hosil bo'lgan qanday geografik nomlarni 
bilasiz?
20. Tarjima qilingan nomlardan nechta misol keltira olasiz?
21. Qanday nomlar aniq ma'noli nomlar deyiladi?
22. Joyning geografik o'rniga bog'liq bo'lgan nomlarga 10 ta misol 
keltiring.


72
23. Joyning tabiiy xususiyatiga bog'liq geografik nomlarga 10 ta 
misol keltiring.
24. Joyning relyefiga bog'liq nomlarga 5 ta misol keltiring.
25. Suv bilan bog'liq nomlarga O'zbekistondan 10 ta misol 
keltiring.
26. O'simliklar bilan bog'liq nomlarga 10 ta misol keltiring.
27. Hayvonlar bilan bog'liq nomlarga 10 ta misol ayting.
28. Foydali qazilmalarga bog'liq toponimlarga 10 ta misol ayting.
29. Aholining kasb - hunari nomi bilan bog'liq nomlarga 10 ta 
misol toping.
30. O'zbekistondagi etnonimlarga 10 ta misol keltiring.
31. Shaxslarning ism - familiyasi, tahallusi bilan bog'liq bo'lgan 
nomlarga 10 ta misol ayting.
32. Diniy geografik nomlarni qanday aniqlaysiz?
33. Toshkentdagi tabiiy nomlarga 10 ta misol ayting.
34. Toshkentdagi Hadra, Chorsu, Beshyog'och, Eskijo'va, O'rda, 
Anhor, Arpapoya, Achchi, Sebzor, Degrezlik nomlarning ma'nosi nima?
35. Qanday nomlar to'liq tarjima qilinadi?
36. Qanday nomlar chala tarjima qilinadi?
37. G'aroyib nomlar deb qanday nomlarga aytiladi?
38. Jinko'cha, 
Xotinko'prik, 
Cho'ntakqishloq, 
Bo'g'ozterak, 
Alvastiko'prik qanday toponimlar turiga kiradi?
39. Dunyodagi qaysi dengizlar ranglar nomi bilan ataladi?
40. Antarktida bilan Antarktika izohida qanday farq bor?
41. Janubiy Amerikaning iqlimi eng sovuq oroli nega Olovli Yer 
deb ataladi?
42. Shimoliy va Janubiy Amerika oralig'ida joylashgan orollar nega 
Vest - Indiya orollari deb ataladi?
43. Toshbaqa orollari, Ayiq ko'li, Kenguru oroli, Buqa tog’i, Qirg'iy 
orollari, It orollari, Echki orollari, Ilon kechigi qayerda? 
44. Qaysi dengizlar mamlakat nomi bilan ataladi?
45. Yangi Gvineya, Yangi Zelandiya, Yangi Kaledoniya orollari 
borligini bilasiz. “Eski” Gvineya, Zelandiya, Kaledoniya orollari qayerda?
46. Qaysi mamlakatlar ko'l nomi bilan ataladi?
47. Qaysi mamlakatlar daryo nomi bilan ataladi?
48. Qaysi mamlakatlar vulqon nomi bilan ataladi?
49. Qaysi mamlakatlar tog' nomi bilan ataladi?
50. Pokiston mamlakati nomi ma'nosini bilasizmi?


73
51. Gazlama nomini eslatuvchi joy nomlaridan qaysilarini bilasiz?
52. O'lik dengiz, Ajal vodiysi, Borsakelmas, Dashti Lut, Dashti 
Margoh qayerda va ular nima uchun shunday ataladi?
53. Quyidagi geografik nomlardan qaysilari to'g'ri, qaysilari 
noto'g'ri yozilgan: Yangiobod, Katta Qo'rg'on, Qora daryo, Eski Toshkent, 
Yangi Yo'l, Eskijo'va, Koson - soy, Ola - Buqa, Qora Qamish, O'rta 
Chirchiq.
54. Eng xato geografik nom qaysi va uning hato ekanini isbotlab 
bering.
55. Toldiqo'rg'on, Qarag'anda, Olmaliq, Konibodom, Florida 
toponimlarning qaysi turiga mansub?
56. Nil, Amur, Don, Rio, Rivera, Ganga, Shott daryolari nomi 
ma'nosini ayting.
57. Quyidagi mamlakatlar nomlaridan qaysilari xalq nomidan 
olingan? O'zbekiston, Pokiston, Turkiya, Boliviya, Kolumbiya, Braziliya
Iordaniya, Shvetsiya, Nigeriya, Keniya.
58. Appalachi tog'lari, Eri ko'li, Karib dengizi, Qizil shahri, Bo'ka 
tumani, Barbara dashti, Ayova shtati, Qurama tog'lari toponimlarning 
qaysi turiga kiradi?
59. O'z 
joyining 
(mahallangiz, 
qishlog'ingiz, 
tumaningiz, 
shaharingiz, viloyatingiz) nomining ma'nosi nima?
60. Tyanshan, Ohangaron, Qo'qon, Urganch, Nukus, Buxoro, 
Namangan, Jizzax, Termiz, Zarafshon nomlarining ma'nosini bilasizmi?


74

Yüklə 445,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin