bodun oyi (asad, 23 iyul - 22 avgust, 31 kun),
kuvor oyi (sunbula,
23 avgust - 21 sentabr, 30 kun) va
kotik oyi (mezon, 22 sentabr - 20 oktabr,
29 kun) dan iborat.
Zimiston (qish) fasli
axchan oyi (aqrab, 21 - oktabr - 18 noyabr, 29
kun),
pus oyi (qavs, 19 noyabr - 18 dekabr, 30 kun),
mox oyi (jadiy, 19
dekar - 18 yanva, 31 kun) va
pogun oyi (dalv, 19 yanvar - 18 fevral, 31 kun)
dan iborat.
3. Gidrologiyaga oid xalq terminlari. Ariq, soy, daryo bilan bog'liq
iboralar ko'p ishlatilgan. Shu bilan bir qatorda
rud (tojikcha - “rud” - ariq,
suv, kanal, daryo) ham keng qo'llanilgan. Qo'l - daryo, daryo voidysi, irmoq
ma'nosida qo’llanilganligini quyidagi jumladan bilish oson: “...qo’lning ichi
kishi mamarridi yiroq xilat yo'l, ko'l yuqori - uq yurib, suvni o'ng qo'lga
quyub, yana bir quruq qo'lga kirduk...”.
Qo'l - tog' yo'li, tog'dan daryo vodiysiga tushgan yo'l ma'nosida
kelgan.
Guzarning ikki ma'nosi bor, birinchidan,
guzar - kechik, kechuv,
daryoni kechib o'tish mumkin bo'lgan sayoz joy. Asarda bir necha guzar
nomlari tilga olingan: Kilif guzari, Uoj (Uyoj) guzari, Uyoch (Uyoj) guzari,
Nilob guzari va boshqalar. Ikkinchidan,
guzar - gavjum joy ma'nosida ham
kelgan. Masalan, “...Kura ko’talida erta yozlar qushlarning guzaridir... yoki
...Boron suyida balig'ning guzari bo'lur”. Shahar yoki qishloqning chorraha
joyi yoki turli do'konlari, choyxanalari bo'lgan gavjum, serqatnov joylari
ham
guzar deyilgan.
Shoxjo'y - ariq (kanal), bosh arig'dan chiqarilgan tarmoq, daryo
yoqasi - qirg'oq, daryo qirg'og'i,
ulug' yo'l - katta yo'l ma'nosida kelgan.
Bobur daryolardagi suv kamayishi, pasayishi holatini yoki hozirgi geografik
ilmiy adabiyotda qo'llaniladigan “mejen” ni