43
tunab o'tiladigan joy;
Chechaklik
- gulzor, maysazor, o't - o'lan, ko'p bo'lgan
joy;
Ol
- buloq, qaynar, chashma. M.Koshg'ariy olni buloq ko'zi deb atagan
(III, 158);
Yar
- jar, tik qoya;
O’bri
- chuqurlik, dara.
Yuvilish natijasida
hosil bo'lgan tor va chuqur soy, vodiy, dara deyiladi. “Qutadg'u bilig”dan
keyingi manbalarda bundan tashqari soy, soylik, tangi ko'rinishida ham
uchraydi;
O’ngdun
- sharqdan
esadigan mayin shabada;
Kuz
- tog'ning
quyosh nuri tushmaydigan yonbag'ri, terskay, M.Koshg'ariyda ham “Kuz tog'
- qyosh nuri tushmaydigan tog', tog'ning quyosh nuri tushmaydigan joyi,
shimoliy yonbag'ir (III, 136). Xullas, “Qutadg'u bilig”da ko'pgina geografik
ma'lumotlar bor. Asarni ilmiy jihatdan o'rganishga V.V.Radlov, A.Vamberi,
P.M.Melioranskiy, A.A.Samoylovich, R.R.Arat va boshqa ko'pgina
turkshunos olimlar katta hissa qo'shganlar. “Qutadg'u bilig”
jahonning
ko'pgina tillariga tarjima qilingan bo'lib, uning ustida ilmiy tadqiqotlar olib
borilmoqda. O'zbekistonda asarni to'liq holda birinchi bo'lib, tilshunos olim
K.Karimov 1971
-
yilda nashr ettirdi. Unda asar matni transkripsiyada berilib,
o'zbekcha matn ilova qilinib berilgan. Keyinchalik 1990 yilda filologiya
fanlari nomzodi B.To'xliyev o’zbek tilidagi bayoni va so'z boshisi bilan
nashrga tayyorladi. Ilova qismida izoh va lug'atlar berilgan.
Quyida “Qutadg'u bilig”da ishlartilgan
xalq geografik terminlari
ro'yxati keltirildi:
Dostları ilə paylaş: