8. Aholining kasb - hunaridan olingan nomlar
. Kasb - hunar bilan
bog'liq holda paydo bo'lgan geografik nomlar o'rta va ayniqsa kichik (mikro)
toponimlar orasida ko'p uchraydi. Moskva yaqinidagi Ximki shaharchasi,
Sirdaryo viloyatidagi Paxtakor tumani, Qashqadaryodagi Chiroqchi,
Dehqonobod shaharlari, Buxoro viloyatidagi Qorovulbozor shahri shular
jumlasidandir. Toshkentda Egarchi, O'qchi, Pichoqchilik, Zargarchilik,
Choponbozor, Qalandarxona, Shifokorlar shaharchasi va boshqalar bor.
O'rda, Xonaqo, Mahkama, Qoziko'cha kabi toponimlar ma'muriyatga tegishli
tashkilotlar nomidan paydo bo'lgan.
9. Shaxslarning ism
-
shariflari, tahalluslariga qo'yilgan
geografik nomlar (antroponimlar).
Dunyo xaritasida bunday nomlar tilga
kirganda sayyoh va geograflar, yangi yer ochuvchi, noma'lum o'lkalarga
borib, jonini garovga qo'ygan tadqiqotchi olimlar, ularning qilgan ishlari,
yozilgan asarlari, qahramonliklari haqida ko'p bilib olardik. Afsuski,
xaritalar gapirmaydi. Lekin bunday toponimlarda ana shunday kishilarning
nomlari mangu saqlanadi. Ana shuning uchun ham joy nomlarini
o'zgartirganda
shu
nomlar
egalarining
kimligini
bilmasak,
ko'p
shoshmasligimiz zarur. Dunyo xaritasidagi Kuk, Bering, Magellan, Kolumb,
Gudzon, Livingiston, Mikluxo - Maklay, Barens, Laptevlar, Bass, Flinders,
Shokolskiy nomlari ana shunday nomlardandir. Jahon fani, madaniyati,
ma'naviyati taraqqiyotiga buyuk hissa qo'shgan allomalarning, vatan
ozodligi,
mustaqilligi
uchun
kurashgan,
jonini
fido
qilgan
vatanparvarlarning nomlari ham joy nomlarida mangu saqlanadi. Bunday
nomlarga Beruniy, Navoiy, Ulug'bek, Al - Xorazmiy, Ibn Sino, Al -
Farg'oniy, Forobiy, Pushkin, Vashington, Jaloliddin Manguberdi kabi
nomlarni kiritish mumkin.
Ba'zan davlat boshliqlari, podshohlar, sayyoh va tadqiqotchilarning
sevikli kishilari, hatto qaroqchilar nomlari ham xaritada abadiylashib qoladi.
Masalan, Angliya qirolichasi Viktoriya, mashhur dengiz qaroqchisi Dreyk
nomlari ham xaritada abadiylashib qolgan.
Kishilarning ism - sharifi, tahallusi bilan bog'liq nomlarni memorial
va oddiyroq nomlarga ajratish mumkin. Memorial nomlarga haqiqatan
haqiqiy buyuk kishilar, ya'ni zamon, jamiyat qanday bo'lishidan qat'iy nazar
hurmat bilan tilga olinadigan, butun insoniyatga xizmat qilgan shaxslar
nomlarini kiritish mumkin. Bunday nomlar har qanday jamiyatda saqlanib
20
qoladi.
Qanday
nomlar
memorial
ekanligini
vaqt
belgilaydi.
Mikrotoponimlar orasida shaxslarning ism - shariflari, tahalluslari bilan
bog'liq nomlar juda ko'p. Lekin ularning ko'pchiligi zamon o'zgarishi bilan
o'zgarib ketadi, yangi nomlar bilan almashinadi. Bunday nomlar memorial
nomga kiritilmaydi. General Chernyayev nomi bilan atalagan Chernyayevka,
general Kaufman sharafiga qo'yilgan Kaufmanskaya stansiyasi, Skobelev,
sho'ro qo'mondonlaridan Frunze, Kuybishev (shaharlari) nomlari shunday
nomlar bo'lib, ular nomlari almashtirildi.
Dostları ilə paylaş: |