TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI Hozirgi kunda noverbal vositalarning muloqotdagi ahamiyati haqida T.M.Nikolayeva va
G.E.Kreydlinning turlicha qarashlari bor, lekin G.V.Kolshanskiyning fikricha noverbal vositalar
til tizimi uchun yordamchi omil hisoblanadi. Muloqotning manbai sifatida noverbal vositalarning
3 ko’rinishi: vizual, akustik va taktil bor. Vizual vositalarga ko’z orqali ko’rib idrok etish
mumkin bo’lgan omillar kiradi. Jumladan, mimika, imo-ishora. Akustikada bevosita intonatsiya,
tovushning baland, pastligi o’rganiladi. Ovoz tembri ham suhbat jarayonida muhim omil
hisoblanadi. Ushlab ko’rish orqali taktil vositalarni xis qilish mumkin (ishoralar: ritm,
emotsional, ko’rsatish, tasvirlash, simbollar).
O’z navbatida Ye.E.Shevtsova muloqotning paralingvistik vositalarining 3 ko’rinishini
keltirib o’tadi:
Fonatsion – muloqotning tempi, ovoz tembri, balandligi, tildagi dialekt, tovushlar
artikulyatsiyasi
Kinetik – so’zlovchining jesti, holati, mimikasi
Grafik – yozma nutqning o’ziga xosliklari, harflarning grafik ko’rinishi va qisqartmalar
Paralingvistik vositalar jestlardan farqli ravishda nutq bilan birgalikda kelib, muloqotning
emotsionalligini oshirish uchun xizmat qiladi.
Muloqot faqat insonlarga xos bo’lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir birlari
bilan muloqotda bo’lishga ehtiyoj tug’iladi. O’zaro muloqot esa, tabiiyki, kishilik jamiyati
vujudga kelishining asosiy unsuri hisoblanadi. Psixologiya lug’atida muloqot tushunchasiga ikki
xil ta’rif beriladi:
1. Muloqot – hamkorlikdagi faoliyat ehtiyoji bilan taqozolangan aloqa o’rnatish va uni
rivojlantirish jarayoni;
2. Muloqot – belgilar tizimi orqali subyektlarning o’zaro ta’sirlashuvi.
Muloqot – odamlar o’rtasida birlikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan
bog’lanishlar rivojlanishining ko’p qirrali jarayonidir.