Homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqalarni tekshirish.
Homiladorlik
va tug’ish bo’yicha nafaqani tayinlash va to’lash uchun belgilangan tartibda
berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos bo’ladi. Homiladorlik va tug’ish
bo’yicha berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi yo’qolgan hollarda
nafaqa uning o’rniga takroriy berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi
(dublikat) asosida beriladi.
Tekshiruvchi vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug’ish
bo’yicha nafaqalarni tekshirishda xodimning haqiqiy ish haqini to’g’ri hisoblab
chiqarilganligini aniqlaydi.
Nafaqalarni hisoblashda asos qilib olinadigan haqiqiy ish haqiga ish joyidan,
sug’urta badallari undirilib to’lanadigan jami ish haqi to’lovlari kiradi. Sug’urta
badali hisoblanmaydigan ish haqi turlari Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11
maydagi 249-sonli qarori bilan tasdiqlangan Sug’urta badallari qo’shilmaydigan va
pensiyani hisoblab chiqishda hisobga olinmaydigan ish haqi va boshqa to’lov
turlari ro’yxati asosida aniqlanadi.
Nafaqalarni hisoblab chiqarishda hisobga olinadigan ish haqining barcha
turlari, shu jumladan mazkur oyda ish haqi bilan birgalikda to’lanadigan oylik
mukofotlar ularning haqiqatda olingan vaqti bo’yicha emas, balki ular hisoblab
yozilgan vaqt bo’yicha ish haqiga qo’shiladi. Vaqtinchalik mehnatga
qobiliyatsizligi sababli to’la ishlamagan, homiladorlik va tug’ish, bola uch yoshga
to’lgunga qadar bolaga qarash ta’tilida bo’lgan, harbiy o’quv yoki sinov
yig’inlarida yoki boshqa korxonada ishlash uchun yuborilgan oylar mukofot
summasi bo’linadigan oylardan chiqarib tashlanadi. Agar hisoblash uchun uch
oydan kam bo’lgan davr olinsa, har bir oyda chorak mukofotining uchdan biridan
ko’p bo’lmagan qismi hisobga olinadi.
Bola tug’ilganida beriladigan nafaqalarni tekshirish.
Bola tug’ilganda
beriladigan bir martalik nafaqa O’zbekiston Respublikasi hududida belgilangan
eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida beriladi.
Tekshirish jarayonida qo’llanilayotgan koeffitsentlar va asos bo’lgan hujjatlar
nazoratdan o’tkaziladi. Ish haqiga koeffitsient qo’llaniladigan tumanlarda nafaqa
ushbu koeffitsientlarni hisobga olgan holda belgilanadi. Ishlayotgan ayollarga,
hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim
muassasalarida, magistratura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan
ayollarga bola tug’ilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki
o’qish joyidan to’lanadi.
Agar ayol homiladorlik bo’yicha ta’til davrida ishdan bo’shab, shu davr
mobaynida homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqa olgan bo’lsa, bir martalik
nafaqa umumiy asoslarda beriladi. Bola o’lik tug’ilgan hollarda nafaqa
to’lanmaydi.
|