Shuningdek, schetlar rejasining 4 bob “Moliyaviy natijalarni hisobga
oluvchi schetlar” ining 1-bo’lim “Realizatsiya va harajatlar” hamda 2-bo’lim
“Joriy yilga moliyaviy natijalar” bo’limlaridagi sintetik schetlar hisoblanadi.
Ya’ni, budjet tashkilotlarining joriy yilga moliyaviy natijalari quyidagi
schyotlarda aks ettiriladi:
23 “Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar”;
24 “To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha joriy yilga
moliyaviy natijalar”;
25 “Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha
joriy yilga moliyaviy natijalar”;
26 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha joriy
yilga moliyaviy natijalar”;
27 “Boshqa daromadlar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar”.
Yakuniy moliyaviy natijani tekshirish uchun 28 “Yakuniy moliyaviy
natijalar” schetining aylanmalari asosiy ma’nba sifatida olinadi.
Budjet tashkilotlarining daromadlari bu aktivning sof qiymatini (moliyaviy
natijani) oshishiga sabab bo’luvchi tashkilot aktivlarini oshishi yoki uning
majburiyatlarini kamayishidir. Buni quyidagi holatlar bo’yicha asoslash mumkin,
jumladan budjet tashkilotlariga homiylik mablag’larini kelib tushishi natijasida
uning aktivlari (moliyaviy aktivlari) oshadi.
Mazkur turdagi muomalalarni tekshirrish uchun 112-“Budjet tashkilotlarini
rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari” schyotining debeti va 262-“Budjet
tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha daromadlar”
schyotininng krediti bo’yicha amalga oshirilgan yozuvlarni asoslanganligi
nazoratga olinadi.
Tashkilotning majburiyatlarini kamayishi ko’rinishidagi
daromadlariga
budjetdan tashqari mablag’lari hisobiga yuzaga kelgan deponent qilingan qarzining
talab qilish muddati tugashi munosabati bilan tashkilot daromadlariga
hisoblanishini aytish mumkin. Jumladan, amaldagi qonunchilikka muvofiq budjet
tashkilotlarida talab qilish muddati tugagan budjetdan tashqari mablag’lar hisobiga
yuzaga kelgan deponent qilingan ish xaqi yoki boshqa to’lovlar bo’yicha qarzlar
budjet tashkilotining budjetdan tashqari daromadlari sifatida aks ettirilishi lozim.
Mazkur operatsiyalarni tashkirish uchun budjetdan tashqari mablag’lar
hisobiga yuzaga kelgan deponent qilingan qarzlarni hisobdan chiqarilishini 177-
“Deponent to’lovlari bo’yicha hisob-kitoblar” schyotining debeti va 262-“Budjet
tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha daromadlar”
schyotininng krediti bo’yicha amalga oshirilgan operatsiyalarga asos bo’luvchi
birlamchi xujjatlar manba sifatida qabul qilinadi. Mazkur
operatsiya natijasida
tashkilotning majburiyatlari kamaydi.
Budjet tashkilotlarining xarajatlari bu aktivning sof qiymatini (moliyaviy
natijani) kamayishiga sabab bo’luvchi tashkilot aktivlarining kamayishi yoki uning
majburiyatlarini oshishidir.
Masalan, budjet tashkilotining asosiy vositalariga
eskirish hisoblash natijasida tashkilotning nomoliyaviy aktivlari (asosiy
vositalari)ning qoldiq qiymati kamayadi. Mazkur turdagi operatsiyalarni
tekshirishda xaqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271
schyotlarga asos bo’luvchi birlamchi xujjatlar manba sifatida qabul qilinadi (asosiy
vositani sotib olinish manbasidan kelib chiqqan holda). Hioblangan eskirish
summasini tekshirish 020-029 schyotlarning tegishli subschyotlarida aks ettirishga
asos bo’lgan birlamchi xujjatlar va eskirish hisoblash reestrlari yordamida amalga
oshiriladi. Mazkur operatsiya natijasida tashkilotning nomoliyaviy aktivlari (asosiy
vositalarini qoldiq qiymati) kamaydi.
Moliya yiliga qo’shimcha vaqt
mobaynida amalga oshiriladigan
operatsiyalar
Subschyotlarni yopish va moliyaviy
natijalarni shakllantirish
Dostları ilə paylaş: