Budjet nazorati


 Joriy yilga moliyaviy natijalar hisobining nazorati



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/132
tarix21.10.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#158278
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   132
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

2. Joriy yilga moliyaviy natijalar hisobining nazorati 
Budjet tashkilotining moliyaviy natijalarini tekshirishda uning barcha 
daromad turlari o’rganib chiqilishi kerak. Daromadlar alohida holda aniqlanadi, 
ya’ni: 

budjet mablag’lari bo’yicha; 

to’lovlarni mahsus turlariga doir hisoblashuvlar bo’yicha; 

ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha; 

budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha; 

budjet tashkilotining boshqa daromadlar bo’yicha. 
Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijani tekshirish. 
Budjet tashkilotining budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalari 
bu tashkilotning budjet mablag’lari hisobiga moliya yili mobaynida, ya’ni 
hisobot yilining 1-yanvaridan 31 dekabriga qadar bo’lgan davr mobaynida 
amalga oshirilgan kassa xarajatlari (bunda moliya yiliga qo’shimcha vaqt 
mobaynida o’tgan moliya yili uchun amalga oshirilgan kassa xarajatlari ham 
hisobga olinishi lozim) va mazkur vaqt mobaynida budjet mablag’lari hisobidan 
amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlarini solishtirish natijasida olingan 
ko’rsatkichdir.
Budjet mablag’lari bo’yicha moliyaviy natijani tekshirishda 23 “Budjet 
mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” schyoti hisobda subsyotlarni 
ochilish darajasi, ularning aylanishlari va asos bo’lgan birlamchi hujjatlar 
tekshiriladi. Ushbu schet bo’yicha quyidagi subschyotlar ochilishi kerak: 
230 “Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar”; 
231 “Budjet mablag’lari bo’yicha xaqiqiy xarajatlar”; 
232 “Budjetdan moliyalashtirish”. 
Tashkilotni saqlash va boshqa tadbirlar uchun budjet mablag’lari hisobidan 
amalga oshirilgan haqiqiqiy xarajatlarni tekshirishda 231 “Budjet mablag’lari 
bo’yicha xaqiqiy xarajatlar” subschyotining debitida hisobga olingan harajatlar 
hamda hisob-kitob va boshqalarni hisobga oluvchi subschyotlarning kreditidagi 
yozuvlar nazoratdan o’tkaziladi.. Yil oxirida 231 “Budjet mablag’lari bo’yicha 
xaqiqiy xarajatlar” subschyoti debetida aks ettirilgan barcha xaqiqiy xarajatlar 
budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi 230 


“Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotining 
debetiga yozib, hisobdan o’chirish yo’li bilan yopiladi va subschyot bo’yicha yil 
oxirida qoldiq qolmaydi. 
Budjetdan moliyalashtirilgan mablag’lar, shuningdek g’azna ijrosiga o’tilgan 
tashkilotlarda g’aznachilikda ochilgan shaxsiy hisobvaraqlari orqali amalga 
oshirilgan to’lovlarni tekshirishda 232 “Budjetdan moliyalashtirish” subschyotida
aks ettirilgan summalar tahlil qilinadi. Ushbu subschyotning debiti bo’yicha
yuqori tashkilotdan quyi tashkilotlarga moliyalashtirib berilgan mablag’larni ham 
tekshirish mumkin. Bunda 10 schyotning tegishli subschyotlari bo’yicha kredit 
yozuvlari tekshiriladi. Quyi tashkilotlarda esa, yuqori tashkilot tomonidan 
moliyalashtirib berilgan mablag’lar 10 schyotning tegishli subschyotlari debeti va 
232 “Budjetdan moliyalashtirish” subschyotining krediti bo’yicha tekshiriladi. 

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin