Budjet nazorati


Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lar bo’yicha



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/132
tarix21.10.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#158278
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   132
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lar bo’yicha 
joriy yilga moliyaviy natijalarni tekshirish.
Ta’lim muassasalarida to’lov-
kontrakt mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalari bu tashkilotning 
mazkur mablag’lari bo’yicha moliya yili mobaynida, ya’ni hisobot yilining 1-
yanvaridan 31 dekabriga qadar bo’lgan davr mobaynida hisoblangan to’lov-
kontrakt shakli mablag’lari va ushbu vaqt mobaynida amalga oshirilgan xaqiqiy 
xarajatlarini solishtirish natijasida olingan ko’rsatkichlardir.
Ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha joriy yilga 
moliyaviy natijalarini teshirishda 25 “Ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt 
mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” schyoti hisobda subsyotlarni 
ochilish darajasi, ularning aylanishlari va asos bo’lgan birlamchi hujjatlar 
tekshiriladi. Ushbu schet bo’yicha quyidagi subschyotlar ochilishi kerak: 
250 “Ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha joriy yilga 
moliyaviy natijalar”; 
251 “Ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar 
hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar”; 
252 “Ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha daromadlar”; 
251 “Ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar 
hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotida o’qitishning to’lov-
kontrakt shaklidan ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy 
xarajatlarni sintetik hisobi tekshiriladi. 
Ushbu mablag’lar bo’yicha amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar yil davomida 
251 “Ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan 
amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotining debetida aks ettirilib boriladi, 
bunda hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar 
kreditlanadi. Tekshirish jarayonida ushbu subschyotlar bo’yicha amalga oshirilgan 
yozuvlarning asoslanganligi nazoartga olinishi kerak. 
Tekshirish jarayonida foydalanilgan soliq va boshqa majburiy to’lovlar 
bo’yicha imtiyozlar summasiga to’g’ri keluvchi haqiqiy harajatlarni 
asoslanganligiga e’tibor qaratiladi. Ushbu mablag’lar hisobidan sotib olingan 
moddiy aktivlarning sariflanishi yoki moddiy aktivlarni sotib olish bilan bog’liq 
bo’lmagan holda tashkilotning moddiy –tehnika bazasini mustahkamlash 
maqsadlariga ishlatilishi munosabati bilan amalga oshirilgan haqiqiy harajatlar 285 
“Budjetga va budjetdan tashqari jamg’armalarga hisoblangan soliq va boshqa 
majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar” schyotining aylanishlarini tahlil qilish 
orqali tekshiriladi. Qolgan barcha haqiqiy xarajatlar 250 “Ta’lim muassasalarida 
to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotiga 
o’tkazilganlig sababli shu subschyotning debetidagi yozuvlar tekshirilishi kerak.
Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan 
tushimlar talabalarning kurslari, fakultetlar, guruhlar shuningdek talabalar 
familiyasi, ismi, sharifi bo’yicha tekshiriladi. 



Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin