2-bosqich
da esa, mazkur aniqlangan moliyaviy natija budjet tashkilotining
o’tgan yillar mobaynidagi moliyaviy natijasiga qo’shiladi. Buning natijasida budjet
tashkilotining joriy davrga yakuniy moliyaviy natijasi aniqlanadi.
Joriy yilga moliyaviy natijalarni ijobiy ko’rsatkich bilan yakunlanishi, ya’ni
budjet tashkilotining joriy yilga daromadlarini uning xaqiqiy xarajatlaridan ortiq
bo’lishi, ikki holatni anglatishi mumkin. Jumladan:
-
debitorlik qarzlar vujudga kelgan bo’lishi mumkin;
-
tashkilotning nomoliyaviy va moliyaviy aktivlarining qoldiq qiymati oshgan
bo’lishi mumkin.
Huddi shuningdek, joriy yilga moliyaviy natijalarni salbiy ko’rsatkich bilan
yakunlanishi, ya’ni budjet tashkilotining joriy yilga daromadlarini uning xaqiqiy
xarajatlaridan kam bo’lishi ham, ikki holatni anglatishi mumkin. Jumladan:
-
kreditorlik qarzlar vujudga kelgan bo’lishi mumkin;
-
tashkilotning nomoliyaviy va moliyaviy aktivlarining qoldiq qiymati
kamaygan bo’lishi mumkin.
Har ikkala holatni keltirib chiqaruvchi sabablar tekshirish rejasiga kiritilishi,
tahlil qilinishi va xulosa chiqarilishi lozim.Nazorat tahlilini amalga oshirish
quyidagi misolda ko’rsatilgan:
Dostları ilə paylaş: