Transparency International xalqaro huquqni himoya qilish
tashkiloti tomonidan har yili tuziladigan
Korrupsiyani his etish
indeksida O‘zbekiston 2016 yilda 156, 2017 yilda 157, 2018 yilda esa
158 o‘rinni egallagan. 2018 yilda reytingning birinchi beshtalikka
Daniya, Yangi Zelandiya, Finlyandiya, Singapur va Shvetsiya kiradi.
Ushbu reytingda Qozog‘iston - 124, Qirg‘iziston-132, Rossiya-138,
Tojikiston-152 va Turkmaniston 161-o‘rinni egalladi. Sobiq SSSR
tarkibiga kirgan mamlakatlar ichida Estoniya birinchi yigirmatalikka
kirgan. Korrupsiya darajasining pasayib borayotganligiga Estoniyada
“elektron hukumat”ning faol joriy qilinayotganligi sabab bo‘lmoqda.
AQShda Transparency International
ekspertlarining baholashicha,
2018 yilda korrupsiya holati yomonlashdi. Mamlakatda korrupsiya
bo‘yicha ball 71 ballgacha pasaydi va 2011 yildan beri birinchi marta
top 20-talikdan chiqib ketdi. Bunga sabab qilib AQShda
hokimiyatning yuqori pog‘onalarida etik normalarning yomonlashuvi
degan vaj ko‘rsatilgan. Korrupsiya bo‘yicha global reytingda Janubiy
Sudan, Suriya va Somali oxirgi o‘rinlarni egallagan
66
.
Global korrupsion chaqriqlar reytingini The Risk Advisory Group
(Risk xavflari to‘g‘risida maslahat gruhi) xalqaro tashkilot ham tuzadi.
Bu tashkilot “Korrupsion chaqiriqlar-2019” hisobotini e’lon qilgan.
Hisobot Korrupsion chaqiriqlar darajasi” («Uroven korrupsionnыx
vыzovov»), -“Korrupsiya tahdidi” («Ugroza korrupsii»), - “Korrupsiya
to‘g‘risidagi ma’lumotlarga erisha olmaslik” («Nedostupnost
informatsii o korrupsii») bo‘limlardan iborat.
“Korrupsion chaqiriqlar darajasi”
indeksi Risk Advisoryning
yettida mintaqaviy bo‘limlarining ekspertlari tomonidan tuzilgan.
Ular har bir mamlakatni 1) xorijiy investorlarning davlat kontraktlari,
litsenziyalari yoki ruxsatnomalarini olish jaryonlarida uchragan
korrupsion holatlari, 2) mahalliy biznes sub’ektlarining
kundalik
faoliyati davomida kichik masshtabdagi rasmiy korrupsiya
holatlariga duchor bo‘lishlari nuqtai nazardan baholashgan.
“Korrupsion chaqiriqlar darajasi” indeksining uch bo‘limi
bo‘yicha Yangi Zelandiya, Avstraliya, Singapur, Birlashgan Qirollik,
66
Transparency: в Узбекистане ситуация с коррупцией ухудшается из года в
год//https://kun.uz/ru/news/2019/01/29/transparency-v-uzbekistane-situatsiya-s-
korrupsiyey-uxudshayetsya-iz-goda-v-god
Irlandiya, Fransiya, Germaniya kabi mamlakatlar korrupsiya darajasi
eng past bo‘lgan mamlakatlar tarkibiga kiritildi (qarang:5.3.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: