245
normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi
kelishuvdir.
Xodim va ish beruvchi mehnat shartnomasining taraflari bo‘lib
hisoblanadilar. Mehnat shartnomasini tuzish
haqidagi kelishuvdan oldin
qo‘shimcha holatlar (tanlovdan o‘tish, lavozimga saylanish va boshqalar) bo‘lishi
mumkin.
Mehnat shartnomasining mazmuni taraflar kelishuvi bo‘yicha, shuningdek
mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi bilan quyidagilar belgilanadi:
ish joyi (korxona yoki uning bo‘linmasi);
xodimning mehnat vazifasi — mutaxassisligi,
malakasi, u ishlaydigan
lavozim;
ishning boshlanish kuni;
mehnat shartnomasi muayyan muddatga tuzilganda uning amal qilish
muddati;
mehnat haqi miqdori va mehnatning boshqa shartlari.
Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo‘lgan kamida ikki nusxada tuziladi
va har bir tarafga saqlash uchun topshiriladi.
Mehnat shartnomalari:
nomuayyan muddatga;
besh yildan ortiq bo‘lmagan muayyan muddatga;
muayyan ishni bajarish vaqtiga mo‘ljallab tuzilishi mumkin.
Agar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati ko‘rsatilmagan
bo‘lsa, mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi.
Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi
xodimning roziligisiz
muayyan muddatga, shuningdek muayyan ishni bajarish vaqtiga mo‘ljallab qayta
tuzilishi mumkin emas.
Ishga qabul qilishga o‘n olti yoshdan yo‘l qo‘yiladi. Yoshlarni mehnatga
tayyorlash uchun umumta’lim
maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv
246
yurtlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol
topishiga ziyon etkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan engil ishni
o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun — ular o‘n besh yoshga to‘lganidan keyin
ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi
shaxslardan birining
yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.
Ishga qabul qilishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Quyidagilar ishga qabul qilishni
Dostları ilə paylaş: