B. N. Oripov tasviriy san’at va uni 0 ‘qitish metodikasi



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/108
tarix21.10.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#158555
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   108
Oripov B.N. Tasviriy san`at va uni o`qitish metodikasi

1 N.Rostovsev. 
Maktabda tasviriy san’atni o ‘qitish metodikasi. М.,
1 980-у., 1 2 -bet.
134


M ashg‘ulotlarda o ‘quvchilarga shaklni k o ‘rish, natura va 
obyektni kuzatishda zaruriy elem entlam i tanlash, ularni tas- 
virlash, narsa va buyum lam ing ranglarini tahlil qilib, ularni ifo- 
dalash y o lla ri o ‘rgatiladi. Narsaning o ‘ziga qarab rasm chizishda 
o ‘quvchi tasvirlashning eng asosiy elementi — ko'rinib turgan 
narsaning rasmini chizishga o ‘rganadi. Shu jarayonda naturadan 
olingan tasaw ur asosida uning rasmi qog'ozga tushiriladi. Bunda 
o ‘quvchi, eng aw alo, shakl birligini, so‘ngra rangini, yorug‘- 
soyalarni tasvirlaydi.
Narsaning o ‘ziga qarab rasm chizish boshqa barcha o ‘quv 
mashg‘ulot turlarining asosi b o ‘lib, ularga ilmiy va amaliy zamin 
yaratadi. Bu rasm chizishning ,,alifbosi“ va realistik rasm chizish­
ning asosi deyiladi. Tematik rasm chizishda o‘quvchi narsa, voqea, 
obysktlami erkin, ijodiy ruhda tasvirlaydi. Bunda ko‘proq um u- 
miylikka erishiladi. N arsa va voqeani o ‘zgartirib, o ‘zining bilimi, 
tasaw uri va tushunchalari asosida rasm ishlaydi. Bu mashg‘ulot 
o ‘quvchilarni grafik bilim va m alakalarini m ustahkam laydi, 
takomillashtiradi, badiiy ijod qilishda realistik rasm chizishning 
nazariy va amaliy asoslarini o ‘rgatadi.
Badiiy bezash mashg‘ulotlarida o ‘quvchilar, asosan, chiroyli 
rasm chizishga, narsalarni bezatishga, shuningdek, ritm, simmet- 
riya va badiiylik asosida rasm chizishga o ‘rganadilar.
H aykaltaroshlik m ashg‘ulotlarida tasvir yaratish hajm aso­
sida am alga oshiriladi. Y a’ni bu m ashg‘ulotlarda o ‘quvchilar 
narsalar, qush, hayvonlar va odam rasm ini loy, plastilinda 
tasvirlaydilar.
San’at asarlarini tahlil qilishni o ‘rgatish
San’at asarlarini o ‘rganish va tahlil qilish maktabda tasviriy 
san’atni o ‘qitishning bosh vazifalaridan biri hisoblanadi. Tasviriy 
san’at predm eti san’at asarini ko‘rish, uni tushunish, tahlil qilishni 
0
‘rgatadi. Tasviriy san’at asarlarida mavzu, sujet, g‘oya, badiiy 
uslub, obrazlar, personajlar b o ‘lib, asardagi voqeaning davri, 
voqeasi o ‘z ifodasini topgan b o ‘ladi. Maktabdagi barcha o'quv 
fanlarida tasviriy san’at asarlaridan foydalaniladi. Aksariyat fan
135


o ‘qituvchilari san’at asarining yaratilishi, undagi mavzu, sujet, 
g‘oya, badiiylik haqida m a’lum ot bera olmaydi. Shu boisdan bu 
rasmlarni nechta darsda o ‘tilishidan q at’iy nazar, bu asarlam i 
tasviriy san’at o ‘qituvchisining o ‘zi qaytadan tahlil qilib boradi.
Q ‘rta maktablardagi tasviriy san’at darslarida o ‘qituvchi san’at 
janrlarining tahlili davrida asosiy e ’tiborni asarning g‘oyasiga, 
rassomning badiiy uslubiga qaratadi. Ammo san’at asarlarini tahlil 
qilishda albatta m a’lum sistema va tartib b o ‘lishi kerak. Shunga 
ko‘ra san’at asarlarini tahlil etishda:
1. Asarning muallifi haqida m a’lum ot beriladi.
2. Asarning mavzusi bo ‘yicha suhbat (asar mavzusi, uning 
sujeti va g'oyasiga javob bera oladimi, yo‘qmi) olib boriladi.
3. Asarning g‘oyasi — asarda rassom o ‘zi tasvirlagan sujet 
asosida qanday masalani, m uam m oni ko‘tarib chiqqanligi.
4. Asarning sujeti — bu asarda tasaw ur etilgan obyekt, voqea 
undagi narsalar, m anzara, odam lar va hayvonot dunyosi yoki 
boshqalar haqida to ‘g‘ri, ilmiy m a’lum ot beriladi.
5. Asarning yaratilishidagi badiiylik, badiiy uslub, ijodkoming 
san’at sohasidagi ilmi va iste’dodi, malakasi haqida tushuncha 
beriladi.
6. Asarning yaratilishida rassomning tadqiqot ishlari, material 
to 'p la sh i, um um lashtirishi, qoralam a, etud, eskizlar haqida 
m a’lum ot beriladi.
7. Asar taqdiri, ya’ni asarning bugungi kundagi ahvoli, saqla- 
nayotgan о ‘m i, uning qaysi ko‘rgazmalarda namoyish etilgani 
haqida suhbat olib boriladi.
San’at asarini bunday tahlil qilish uchun maktab o ‘qituvchisi 
rasm ishlay olishi, asam i to ‘g‘ri talqin etishi va uni boshqalarga 
tushuntira olishi zarur. Bizning maktablarimizda malakali rassom- 
pedagoglaming yetishmasligi sababli san’at asarlari um um an yoki 
to la q o n li tahlil etilmaydi.
Xullas, san’at asarining yaxshi o ‘rgatilmasligi san’atning xalq 
orasiga kirib kelishida qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. 0 ‘zbek xona- 
donlarida san’at asarlariga qiziqish juda kam ko‘rinadi. Buning 
asosiy sababi bizning maktablarimizda san’at asarlarining yaxshi 
o ‘rgatilmasligidir.
136


Shu bois maktabdagi tasviriy san’at kabinetiga san’at asarlari 
reproduksiyalari q o ‘yilib. ulardan ko‘rgazmalar tashkil etilsa, 
maqsadga muvofiq ish bo'lar edi.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin