4.4. MAKTAB TASVIRIY SAN’ATINING
DASTUR VA DARSLIKLARI
Tasviriy san’at dasturlari
Dastur —
m a’lum bir fanning o ‘quv materiallarini o ‘z ichiga
olgan, uni sistemali o ‘qitishda yordam beradigan metodik va nazariy
mavzular va ulam ing m azm uni yoritilgan ilmiy qo‘llanmadir.
Dasturlar maktablarning boshqaruvchilari va o ‘quv fanining
o'qituvchilari uchun m o ‘ljallanadi. D astur Davlat o ‘quv rejasidagi
o ‘quv soatlari asosida o ‘qitiladigan fanning to ‘la m azm unini
,,sistemalilik“ asosida o ‘qitish imkoniyatini bera oladigan davlat
hujjati hisoblanadi.
D astur o ‘qitiladigan fan sohasidagi tajribali uslubchi olimlar
va mutaxassislar tom oniaan tuziladi.
Respublikamizda mustaqillikka qadar fanlar Rossiya maktablari
uchun tayyorlangan dasturlar asosida o ‘qitilar edi. Hozirgi kunda
mahalliy va milliy m ateriallar asosida yangi dasturlar tuzildi,
ular asosida o‘qitila boshlandi.
1990- yillarda R.Hasanov, B.Oripov, H.Egamov, N.Abdul-
layev, S.Bulatovlar tom onidan bir necha variantdagi dasturlar
tuzilgan edi. Lekin bu dasturlar bugungi kun talabiga javob bera
olmay qoldi. H ar bir dasturga o'qituvchi ijodiy yondashishi,
ya’ni mutaxassis-о ‘qituvchi materialni o ‘z sharoitiga moslashtirib,
shunga mos ish rejasini tuzib olishi mumkin.
Tasviriy san’at darsliklari
M a’lumki, 70- yillargacha o ‘zbek maktablari uchun tasviriy
san’at darsliklari b o ‘lmagan. 0 ‘zbekistonga R SFSR maktablari
uchun tayyorlangan ayrim tasviriy san’at o'quv qo ‘llanmalarigina
kelib turardi. R S F S R m aktablari u ch u n ham tasviriy san ’at
darsliklari 60- yillardan boshlab yaratila boshlandi.
137
0 ‘zbekistonda darslik yaratishga ancha kech kirishildi. 1970-
yildan boshlab, Q.‘zbekistonda tasviriy san’at bo ‘yicha dastlabki
,,sinov“ darslildari yaratila boshlandi. R.Hasanov va AJilsovalar
to m o n id an 1970- yili 1- sinflar u ch u n , 1974- yili 2- sinflar
uchun, 1976- yili 3- sinflar uchun „Tasviriy san’a t“ darsliklari
chop etildi. 1977- yilda R.Hasanov, B.Oripov, A.lsoxo‘jayevlar
tom onidan 4- sinf uchun „Tasviriy san’a t“ darsligi yaratildi. Bu
darsliklar bir necha bor qayta chop etildi. Darsliklar tasviriy
san’at darslari samaradorligini oshirishda yaxshi natijalar beradi.
M azkur darsliklar qoraqalpoq tilida ham nashr etildi. Darslik
dastur asosida sistemali bilim berishni o ‘z oldiga vazifa qilib
qo‘ygan. Bu darsliklardan o ‘quvchining o‘zi ham mustaqil foy-
dalana olishi mumkin.
D arslik yozishning im koniyati bo'lm agan hollarda uning
o ‘rniga o'quv qo'llanm alar ham yaratiladi.
Bulardan tashqari, 0 ‘zbekiston maktablari uchun R.Hasanov
va H.Egamovlaming 1 - 4 - sinflar uchun bir qator o ‘quv qo‘l-
lanmalari ham chop etildi.
M etodik q o ‘llanmalarda tasviriy san’atning o ‘qitilishidagi eng
m uhim m uam m olar va masalalar turli nuqtayi nazardan tahlil
etib beriladi. 0 ‘quvchilar bilimini baholash, tasviriy san’atning
45 m inutli dars m ashg‘ulotlarini tashkil etish, o'tkazish, ularni
sistemali takomillashtirib borish asosida dars va m ashg‘ulotlarni
o ‘tkazish, ularda o'quvchilarga berilayotgan bilim va malakalari-
ning sam aradorligiga erishishning eng zam onaviy uslublari,
mohiyati va m azm uni ish tajribalari ilmiy tadqiqotlar asosida
izohlab beriladi.
B undan tashqari, m etodik q o ‘llanm alarda tasviriy san ’at
darslari uch u n o ‘quv-didaktik sharoitning yaratilishi, tasviriy
san ’at ta ’lim ining pedagogik holati, o ‘quvchilar diqqatining
psixologik asosi, o ‘quvchilar bilimini aniqlashning baho mezon-
lari, mahalliy va chet ellar tasviriy san’at m ateriallaridan foyda-
lanish mezoni, tarbiyaviy ishlaming mohiyati, mazm uni, mak-
tabda tasviriy san’atdan beriladigan bilim va malakalaming didaktik
talablari kabi o ‘quv-tarbiya tizimining eng dolzarb m uammolari
ilmiy jihatdan tahlil qilib beriladi.
138
Xullas, bugungi kunda maktabda tasviriy san’atning o ‘qi-
tilishi, m ashg‘ulotlarning takom illashtirib borilishi va darslar
samaradorligiga erishishning qator metodik asoslari ishlab chiqilgan
bo‘lib, ular asosida maktab tasviriy san’at o'qituvchilari o ‘zlarining
tasviriy san’at darslari samaradorligini oshirish imkoniyatlariga
egadirlar.
Dostları ilə paylaş: |