Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/106
tarix22.10.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#159508
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

Elektr o‘zgartkichlar.
 
Noelektr kattaliklarni elektr chiqish signaliga 
o‘zgartirish va ko‘rsatishlarni masofaga uzatish uchun kuch kompensatsiyali 
o‘zgartkichlar, siljish kompensatsiyali o‘zgartkichlar va chastotali o‘zgartkichlar 
qo‘llaniladi.
Kuch kompensatsiyali o‘zgartkichlar birlamchi asbob sezgir elementining 
kuchni 0-5 yoki 0-20 mA li o‘zgarmas tokning bir xillashtirilgan signaliga 
o‘zgartirishga mo‘ljallangan. 
Elektr-kuch o‘zgartkichlarning ishlashi kuchni kompensatsiyalash prinsipiga 
asoslangan: sezgir element tomonidan o‘lchanayotgan kattalik ta’sirida hosil 
qilingan kuch shu sezgir elementga teskari aloqa qurilmasi tomondan ta’sir 
etadigan kuch bilan muvozanatlashadi. 


58 
O‘lchash tizimi analog shoxobchasining elektr o‘zgartkichlarida elektr-kuch 
o‘zgartkichlarning ikki turidan foydalaniladi: kuch va chiqish signal orasida to‘g‘ri 
mutanosiblik (chiziqli munosabat) ni ta’minlaydigan chiziqli o‘zgartkichlar va 
chiqish signali kuch qiymatidan olingan kvadrat ildiziga mutanosib bo‘lgan 
kvadratik o‘zgartkichlar. Kvadratik o‘zgartkichlardan difmanometrlarda - sarf 
o‘lchagichlarda foydalaniladi. Ular chiqish signalini o‘lchanayotgan suyuqlik va 
gaz sarfiga to‘g‘ri mutanosib o‘zgaradigan o‘zgarmas tok ko‘rinishida olishni 
ta’minlaydi. O‘zgartkichlar alohida blok ko‘rinishida yasaladigan UP-20 turli 
kuchaytirgich bilan jamlanadi. 
Chiziqli va kvadratik o‘zgartkichlar faqat kuch mexanizmi qurilmasi bilan 
farq qiladi. 
Kuch kompensatsiyali, elektr analog o‘zgartkichining prinsipial sxemasi 24-
rasmda ko‘rsatilgan. O‘lchanayotgan parametr o‘lchash bloki 1 ning sezgir 
elementiga (masalan, manometr membranasiga) ta’sir ko‘rsatadi va F mutanosib 
kuchga aylanadi, bu signal richag 2 ga uzatiladi. Richagning surgich 3, oraliq 
richag 4 va lenta(tasma)li tortqi 5 orqali burilishi kompensatsion richag 6 ga 
uzatiladi. Kompensatsion richagda differensial transformatorli indikatorning o‘zagi 
7 va magnitoelektr kuch mexanizmining g‘altagi 8 o‘rnatilgan. Yarmo 9 
ikkilamchi chulg‘amlarining bir-biriga qarab ulanishi natijasida hosil bo‘lgan 
zanjirdagi muvozanat o‘rtacha holatdan chetga chiqadi, sanoat chastotali, 
o‘zgaruvchan tok signali paydo bo‘ladi. Bu signal elektron kuchaytirgich 10 ga 
keladi. Kuchaygan va to‘g‘rilangan signal masofaga uzatish aloqasiga va shu bilan 
birga, aloqa bilan ketma-ket bog‘langan muvozanat indikatorining g‘altagi 8 ga 
(teskari bog‘lanish) keladi. G‘altak 8 dagi tok hosil qilgan magnit maydon bilan 
doimiy magnit 11 o‘rtasidan o‘zaro ta‘sir natijasida richag 6 da kuch paydo 
bo‘ladi, bu kuch o‘lchanayotgan kirish (masalan, bosim o‘zgarishi natijasida) 
kuchini muvozanatlaydi. Asbobning nol nuqtasi prujina 12 orqali sozlanadi. 
Asbobni o‘zgartkichning berilgan o‘lchash chegarasiga sozlash uchun surgich 3 va 
lentali tortqi 5 ni siljitiladi. 


59 
24 - rasm. Kuch kompensatsiyali elektr analog o‘zgartirgichi. 

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin