72
III BOB. O‘LCHASH ASBOBLARI
3.1.O‘lchash asboblarining aniqlik klasslari
Odatda o‘lchash asbobi olinadigan natijaga kirituvchi xatoligini oldindan
belgilash uchun xatolikning me’yorlangan qiymatidan foydalaniladi. Xatolikning
me’yorlangan qiymati deganda berilgan o‘lchash vositasiga tegishli bo‘lgan
xatolikni tushunamiz. Alohida olingan o‘lchash
vositasining xatoligi har xil,
muntazam va tasodifiy xatoliklarining ulushi esa turlicha bo‘lishi mumkin. Ammo,
yaxlit olib qaralganda o‘lchash vositasining umumiy xatoligi me’yorlangan
qiymatdan ortib ketmasligi kerak. Har bir o‘lchash asbobining xatoliklarini
chegarasi va ta’sir etuvchi koeffisiyentlar haqidagi ma’lumotlar asbobning
pasportida keltirilgan bo‘ladi.
O‘lchash vositalarning aniqlik klassi tushunchasiga O`z DSt 8.010.2:2003
“O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi.
Metrologiya. Atamalar va ta’riflar. 2-qism. O‘lchash vositalari va ularning
parametrlari” standartida quyidagicha izoh berilgan:
O‘lchash vositalarning aniqlik klassi
– mazkur xil o‘lchash vositalarining
umumlashtirilgan tavsifi bo‘lib, ularning odatda, asosiy va qo‘shimcha joiz
xatoliklarning chegaralari, shuningdek aniqlikka ta’sir
etuvchi boshqa tavsiflar
bilan ifodalanadigan aniqlik darajasini aks ettiradi.
Aniqlik klassi bir xil o‘lchash vositasining xatoligi qaysi chegarada
joylashganligini bilishga imkon beradi, lekin bu vositalarning har biri
bilan
bajariladigan o‘lchashlarning aniqligini bevosita ko‘rsata olmaydi.
Bu holat
o‘lchash vositalarini o‘lchashlarning belgilangan aniqligiga qarab tanlashda
muhim.
O‘lchash vositasining aniqlik klassi texnik talablar standartlarida yoki
belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqa texnik hujjatda ko‘rsatiladi.
O‘lchash asboblari ko‘pincha yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoligi
bo‘yicha klasslarga bo‘linadi. Masalan, elektromexanik turidagi ko‘rsatuvchi
asboblarda standart bo‘yicha quyidagi aniqliklar ishlatiladi:
а.k
0,02; 0,05; 0,1; 0,2; 0,5; 1; 1,5; 2,5; 4
73
Odatda, asboblarning aniqlik klasslari asbobning shkalasida
beriladi va ularning
keltirilgan xatoligini bildirib, quyidagicha bog‘langan bo‘ladi:
а.k
=
k mах
k
;
а.k
k mах
k
q
/А
х max
Agar o‘lchash asbobining shkalasidagi aniqlik klassi aylana bilan
chegaralangan bo‘lsa, masalan
, u holda bu asbobning xatoligi shkala oxirida
1,5 % ga tengligini bildiradi.Masalan, shkalasida
belgi bo‘lgan o‘lchash asbobi
bilan o‘tkazilgan o‘lchashlar natijasida o‘lchanayotgan kattalikning qiymati 200 ga
tengligi aniqlandi. Bunda absolyut xatolikning qiymati 200∙0,015 = 3 dan
oshmaydi va o‘lchanayotgan kattalikning chegaraviy qiymatlari 200±3
ga teng
bo‘ladi.
Agar o‘lchash asbobining aniqlik klassi chiziqchasiz bo‘lsa, u holda aniqlik
klassi raqami keltirilgan xatolikning qiymatini bildiradi. Lekin bir narsani
unutmaslik lozim, agar asbob, masalan ampermetr keltirilgan xatolik bo‘yicha 0,5
klass aniqligiga ega bo‘lsa, uning barcha o‘lchash diapazoni oralig‘idagi xatoliklari
±0,5% dan ortmaydi deyishlik xato bo‘ladi. Chunki, bu turdagi asboblarda
shkalaning boshlanishiga yaqinlashgan sari o‘lchash xatoligi ortib boraveradi. Shu
sababdan bunday asboblarda shkalaning boshlang‘ich bo‘laklarida o‘lchash tavsiya
etilmaydi.
Agar asbobning shkalasida aniqlik klassi yonbosh kasr chizig‘i bilan
berilgan bo‘lsa, masalan, 0,02/0,01 u holda asbobning shkalasining oxiridagi
xatoligi ±0,02% shkalaning boshida esa ±0,01 % ekanligini bildiradi.
Ko‘pgina o‘lchash asboblarining shkalasi millimetrlarda graduirovkalangan
bo‘ladi. Bunday asboblarda absolyut xatolikning qiymati ham aynan shu birlikda
ifodalanadi. Agar ushbu o‘lchash asboblarida asbobning
keltirilgan xatoligi
me’yorlangan bo‘lsa, u holda sbobning aniqlik klassi
ko‘rinishida ifodalanadi.
Bu yerda 1,0 – asbob keltirilgan xatoligining foizlardagi qiymatini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: