74
Standartlashtirilgan o‘lchash vositalarining texnik ko‘rsatkichlari davlat
stnadarti talablariga mos kelishi zarur.
Standartlashtirilmagan o‘lchash vositalarining texnik xarakteristikalari
davlat standarti
talablariga mos kelmaydi, bunday asboblar ishlab chiqarishning
ichki ehtiyojlari uchun qo‘llanilishi mumkin.
Avtomatik o‘lchash vositalari bevosita o‘lchash hamda o‘lchash natijalarini
baholash,
qayd qilish, ma’lumotlarni uzatish va boshqaruvchi signallarni ishlab
chiqarish kabi barcha ishlarni avtomatik tarzda o‘zi bajaradigan intellektual
o‘lchash vositalari bo‘lib, ular ma’lumotlarni saqlash
xotirasiga ega hamda
o‘lchash vaqtida berilgan dastur bo‘yicha tanlashni, o‘lchash natijalariga ishlov
berishni, ularni baholashni va boshqa vazifalarni
mustaqil ravishda avtomatik
tarzda bajaradi.
O‘lchash asboblari vazifasi, funksional xususiyatlari, o‘lchash usuli,
o‘lchanuvchi
miqdorning turi, ishlatish sharoitlari, tashqi magnit va elektr
maydonlaridan
himoya qilinganligi, mexanik ta’sirlarga bo‘lgan mustahkamligi,
o‘lchash aniqligi, ishlash prinsipi va boshqa belgilarga qarab klassifikatsiyalanadi
(34-rasm).
3.3. O‘lchash asboblarida ishlatiladigan shartli belgilar
O‘lchash asboblarining shkalasida, korpuslarida
turli shartli belgilar
qo‘yilgan bo‘ladi. Bu belgilarga ko‘pchiligimiz e’tibor bermaymiz. Bu belgilar
nimani ifodalaydi va nima uchun qo‘yiladi?
O‘lchash asboblariga qo‘yilgan shartli belgilar haqida quyida ayrim
ma’lumotlarni berib o‘tamiz. Shratli belgilar har biri o‘ziga xos ma’noga ega
bo‘lib, quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
A.
Asosiy o‘lchash birliklari va ularning karrali va ulushli qiymatlarini
ifodalaydigan belgilar.
Masalan, mA, A, kA; mV,V, kV; N, kN; W, MW; Hz,kHz,
MHz va boshqalar.
B.
O‘lchash zanjiridagi tokning turi:
Dostları ilə paylaş: