69
Asbob
vazifasi
turlicha
ikki
blok:
elektr-mexanik
o‘zgartkich
(magnitoelektrik mexanizm va richaglar tizim majmuasi)
va pnevmatik kuchay-
tirgichdan tuzilgan.
Elektr kirish signali (I
=0-5mA) elektromagnit 5 ning g‘altaklari
6
ga
beriladi. Bunda magnit o‘tkazgichida yakor
4
ning siljishiga olib keladigan magnit
oqimi paydo bo‘ladi. Yakordagi kuch tok miqdoriga to‘g‘ri mutanosib. Shu kuch
ta’sirida richag
2
ning siljishi soplo
1
aloqasida bosim o‘zgarishiga olib keladi. Bu
bosim pnevmatik kuchaytirgich 7 bilan kuchaytiriladi va pnevmoaloqalar bo‘ylab
o‘zgartkich chiqishiga va teskari aloqa silfoni 3 ga beriladi.
Chiqish bosimi
ta’sirida silfonda paydo bo‘ladigan kuch yakorda kirish signalidan hosil bo‘lgan
kuch bilan kuch richagi orqali muvo-zanatlashtiriladi. Aniqlik sinfi 0,5; 1,0.
Pnevmo-elektr o‘zgartkich 20-100 kPa qiymatdagi uzluksiz pnevmatik
signalni 0-5 mA o‘zgarmas tokning bir xillashtirilgan elektr signaliga o‘zgartirish
uchun mo‘ljallangan.
Uzluksiz kirish va chiqish signallari uchun pnevmo-elektr o‘zgartkichlar
ham, to‘g‘ri ta’sir etuvchi o‘zgartkich ham qo‘shimcha
energiya manbayidan
foydalanadigan kompensatsion turdagi o‘zgartkich tarzida chiqarilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: