Bolalar va o'sm irlar oromgohlarda, asosan, ochiq havoda b o ii-
shadi. jism oniy tarbiya va sport bilan ko'proq shug'ullanishadi.
serharakat o'yinlarda qatnashishadi va hokazo.
Bu energiya sarfini
taxminan 10 % ga oshiradi. Demak, ovqat kaloriyasini ham oshirish
kerak b o ia d i. Dam olayotgan 7-14 yoshli bolalar uchun kunlik
ovqatda taxminan 100 g oqsil, 100 g yog1, 400 g uglevod bo'lishi,
ovqatning umumiy kaioriyasi 3000 k/kaini tashkil etishi zarur.
Yozda shaharda qoladigan bolalar uchun maktablarda yoki
bog'larda sog'lom lashtirish oromgohlari tashldl etiladi. Bu yerda
kuniga ikki mahal
issiq ovqat beriladi, bu ovqat kunlik kaloriyaning
60 % ni tashkil etadi (nonushta 25 % va tushlik taxminan 35 %).
M e'da-ichak kasalliklarining oldini olish maqsadida ichish yoki
ovqat tayyorlashga ishlatiladigan suv sanitariya-epidemologiya xo-
dimlari tom onidan tekshirilgan buloqlar yoki vopiq quduqlardan
olinadi.
Sog'liqni saqlash tarm og'i ovqatning sifatini, biologik qiymatini
har kuni nazorat qilib turadi. Joriy sanitariya nazoratining asosiy
vazifasi ovqatning bola organizmi xususiyatlariga to 'g 'ri kelishini
kuzatib borish, ovqatdan zaharlanish,
yuqumli kasalliklar hamda
gijja tarqalishining oldini olishdir.
Ovqatning sifatli bo'lishi uchun bolalar muassasalari tibbiy xo-
dimlari maxsus jadvallardan foydalanib, taomlarning kaloriyasini
hisoblab chiqarishlari kerak.
Tayyor ovqatni vaqti-vaqti bilan laboratoriyalarda tekshirib
ko'rib,
kaloriyaning miqdorini, jum ladan, oqsillar, yo g ‘lar, ug
levodlar va vitamin С miqdorini aniqlash, ovqatlanislmi nazorat
qilib turish zarur. T o 'g'ri ovqatlanish
deb asosiy oziq moddalar-
ning organizmda hazmlanishi bilan ularning organizmda sarfla-
nishi o'rtasidagi muvozanat qaror topadigan tarzda organizmning
fiziologik ehtiyojiga yarasha ovqatlanishga aytiladi.
M asalliqlarni saqlashda, ulardan ovqat pishirishda sanitariya-
gigiyena qoidalariga qat'i amal qilish bolalar muassasalarida ovqat-
lanishni tashkil etishning asosiy shartidir.
M aktabda ovqatlanishni tashkil
etishni muassasa rahbari, tibbiy
xodim, oshxona xodimi, ota-onalar qo'm itasining vakillaridan ibo-
www.ziyouz.com kutubxonasi
rat ovqatlanishni tashkil etish hay'ati bilan birgalikda. vaqti-vaq-
ti bilan tuman sanitariya-epidemologiya xizmati xodimlari ham
nazorat qilib turishlari lozim.
Dostları ilə paylaş: