Asr oshgan asarlar


Hirot yana to‘lqinlandi. Bu xabardan turli tabaqa



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   161
Navoiy romani. Oybek

Hirot yana to‘lqinlandi. Bu xabardan turli tabaqa
odamlarning rangi oqardi. Sultonmurod boshliq
mashhur olimlar, shoirlar, san’atkorlardan iborat qalin
bir guruh hayajon bilan Navoiy huzuriga kirib keldi.
Shoir bular vidolashmoq uchun kelgan bo‘lsalar
kerak, deb o ‘yladi. Hamma bilan ko‘rishib, xushnud-
lik bilan o ‘tqazdi. 0 ‘zi esa, har vaqt mehmon qabul
qilgandagi kabi, quyiroqda o'tirdi. 0 ‘rtada chuqur
sukunat hukm surardi. Hamma ko‘zlarda o ‘ksizlik
dardi jilvalanardi.
— 
D o ‘stlarim, — dedi Navoiy mayin, g‘amgin va
mehribon tovush bilan, — ko‘ngilga tarki vatan etmoq
savdosi tushdi. Bu aziz tuproqlaming dilbar gullari
bo‘lgan siz kabi do‘stlardan ayrilmoq, garchi beniho-
yat qiyin va alamangizdir, lekin g ‘urbat orzusiga itoat
etdim. Balki qarilikda muqaddas yerlarni ko‘rmoq
nasib bo‘lar... Tug‘ilib o ‘sgan diyorda yashamoqlikka
tob-toqat qolmadi. Ona vatanda ulug‘ orzulaming,
460


maqsadlarning yolg‘iz xarobasini ko‘ramen. Bu faqir-
ga oq yo‘l tilangiz, yurtni sizga topshirdim, unga har
vaqt sodiq bo‘lingiz!
Ba’zilar og‘ir xo ‘rsindi. Ba’zi ko‘zlar namlandi,
yana og‘ir sukut cho‘kdi. Chiroyli qafasdagi bir juft oq
qumrining onda-sonda «hu-g‘u»si sukunatni hazin,
ma’nodor chayqatardi.
— Mir janoblari, — Sultonmurod qaddini rostlab,
dadil so‘zladi, — biz bu yerga vidolashmoq uchun kel-
madik. Agar siz bilan vidolashmoqqa to ‘g‘ri kelsa, biz
balki butun Hirot, rub’i maskunning qaysi nuqtasini
orzu etsangiz, u yerga qadar orqangizdan kuzatib
boramiz... Davlatning butun asosoti qora quwat chan-

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin