Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi


malakalariga ega  bo’lishi kerak



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

 
malakalariga ega 
bo’lishi kerak.
 
 
MA’RUZA MATERIALLARI



Ijtimoiy pedagogika nazariyasi fani mo’taxassislik fani hisoblanib, 5-semestrda oqitiladi. 
Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy 
(O’zbekiston tarixi, davlat va huquq asoslari, iqtisodiy nazariya, politologiya, madaniy 
antropologiya), matematik va tabiiy (yosh fo’ziologiyasi va gigiena), umumkasbiy (pedagogika 
nazariyasi, pedagogika tarixi, oila pedagogikasi, xalq pedagogikasi, umumiy psixologiya, yosh 
va pedagogik psixologiya), ixtisoslik (pedagogik konfliktologiya, pedagogik valeologiya) fanlari 
bilan o’zaro aloqada olib boriladi. 
Kelajakda O’zbekistonni yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas, balki 
bilimdan, ma`naviy jihatdan yyetuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil qilish lozim. Komil 
inson-yyetuk shaxsning shakllanishida Kadrlar tayyorlashning milliy modeli va dasturi hal 
qiluvchi ro’l o’ynaydi. 
Milliy model va dastur maqsad va vazifalarini amalga oshirish o’z Vataniga fidokor, 
istiqlol va demokratiya g’oyalariga sadoqatli shaxsni shakllantirishga xizmat qiladi. Ijtimoiy-
siyosiy hayotda ongli ravishda qatnashadigan, ijtimoiy jarayonlarga faol ta’sir ko’rsatadigan. O’z 
mamlakatni taqdiri uchun ma’sul bo’lgan shaxsni tarbiyalash-Kadrlarni tayyorlash milliy 
dasto’rining bosh maqsadlaridan biridir. 
Miliy istiqlol g’oyasi, o’z mohiyatiga ko’ra, xalqimizning asosiy maqsadlarini ifoda 
etadigan, uning o’tmishi bilan kelajagini bog’laydigan, uning asriy orzu- umidlariga yetishishga 
xizmat qiladigan g’oyalar tizimidir. 
Milliy istiqlol g’oyasi: 

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, milliy va umuminsoniy 
qadriyatlarga, demokratiya prinsplariga asoslanadi; 

Xalqning asrlar davomida shakllanib kelgan yuksak ma’naviyatini, uning 
ananalari va odatlarini, buyuk ajdodlarimizning umrboqiy merosini o’z ichiga oladi; 

Ezgulik, adolat va haqiqat, ozodlik va mustaqillik g’oyalarini, xalq ishonchi va 
e’iqodini ifodalaydi; 

Vatanning gullab - yashnashiga, Vatanda tinchlik ta’minlanishiga, xalq 
farovonligi oshishiga xizmat qiladi; 

Jamiyatning hamma a’zolarini, barcha aholi qatlamlarini milliy g’oya –O’z 
bekistonning buyuk kelajagi maqsadlariga erishishga safarbar qiladi; 

Millatidan, tili va dinidan qatiy nazar, har bir fuharoda milliy iftixor va qadr - 
qimmat tuyg’ularini, Vatanga muhabbatni, o’zaro hurmatni, mustaqillik g’oyasi va 
demokratiyaga sadoqatni tarbiyalashi kerak; 

Marifatparvarlik orqali jamoatchilik ongida taraqqiyyot, erk va milliy istiqlol 
g’oyalarini shakllantiradi. 
Milliy istiqlol g’oyasi har bir vatandoshimiz, uning oilasi, butun jamiyat uchun Vatan 
oldidagi burch va mas’uliyatini bajarishning ma`naviy mezonidir. Milliy istiqlol g’oyasi ana shu 
talablarga javob berganidagina quyidagi asosiy vazifalarini bajarishga qodir bo’ladi: 

Fuqaro’larning yot g’oyalardan mustaqil dunyoharashini va erkin tafakkurini, 
progressiv ijtimoiy ongni shakllantirish; 

Ijodiy, erkin fikrlaydigan, o’z bilimlari va kuchlariga ishonadigan shaxsni 
tarbiyalash; 

Odamlarning, ayniqsa yoshlarning, yuksak ozodlik va taraqqiyot ideallariga 
ishonchini mustashkamlash, chinakam gumanistik e’tiqodlar mustashkamlanishiga xizmat 
qiladigan yuksak axloqiy muhitni yaratish; 

Vatandoshlarimizning o’zligini anglashi, ayniqsa milliy iftixor va qadr - qimmat 
tuyg’ulari, tarixiy xotiraga sadoqat, vatanparvarlik, muqaddas qadriyatlarimizga avaylab 
munosabatda bo’lish tuyg’ulari o’sishiga yordam berish; 

Xalqda or -nomus va halollik, saxiylik, kamtarlik va boshqa shu kabi axloqiy 
fazilatlarini rivojlantirish; 




Ko’p millatli xalqimiz ongida "O’zbekiston - umumiy Vatanimiz'' degan 
e’tiqodini shakllantirish va rivojlantirish. 
Mamlakatimiz kelajagi uchun Oliy majlisning IX sessiyasida qabul qilingan Kadrlar 
tayyorlash bo’yicha milliy dasto’rning amalga oshirilishi juda muhim ahamiyatga ega-deydi 
1-Prezidentimiz I.A.Karimov. Bu dasturni bajarish uchun javobgar kishilar oldiga men 
quyidagi vazifalarni qo’ymoqchiman: 
Ta’im tizimida mazkur tajriba qanday o’tayotganini va uning dastlabki natijalarini chuqur 
tahlil etib, ta’im andozalari, o’quv rejalari va dasturlari mazmuniga isloqatlarning bosh 
maqsadidan kelib chiqqan holda, ya’ni yangi avlodni kamol toptirishga haratilgan zarur 
to’zatishlar kiritish darkor. 
Ana shu vazifalarni bajarish ijtimoiy munosabatlarni uygunlashuviga xizmat qiladi, 
davrning tobora oshib borayotgan talablariga javob berishga qodir bo’lgan mutlaqo yangicha 
tipdagi shaxsning shakllanishini ta’minlaydi. Milliy g’oyani ro’yobga oshirish jarayonida 
uzluksiz ta’im tizimlarini, Ko’proq xalq pedagogikasida, o’yinlarda va shu kabilarda o’z aksini 
topgan progressiv milliy, ma`naviy - axloqiy qadriyatlar va me’yorlarni qayta tiklash, 
rivojlantirish hamda hozirgi hayotga, o’quv - tarbiya ishlariga joriy etish bilan chambarchas 
bog’liqdir. 
Har bir insoning shaxsi ta’im, ijtimoiy muhit ta’sirida shakllanadi. Natijada u ijtimoiy 
jihatdan ahamiyatli bo’lgan vazifalarni bajaradi, ijtimoiy ro’lni o’zlashtirib oladi, o’zining 
qiziqishi, qobiliyatini ijodiy mulohaza qilib ko’radi, jamiyatning boshqa a’zolari bilan mustaqil 
munosabatga kirishadi va shu tariqa shaxsning ijtimoiylashuvi yuz beradi. Ijtimoiy pedagogika 
ma`naviy – ma’rifiy faoliyatning alohida sohasi sifatida uning ommaviyligi, barcha aholi 
o’rtasida milliy istiqlol g’oyalarini targ’ibot - tashviqotini keng olib borish imkoniyatini beradi. 
Ijtimoiy pedagogika predmeti sa’natdan shaxsga ta’sir etadigan g’oyaviy - emostional 
vositalar kompleksidan keng foydalanish bilan farq qilib turadi. Ijtimoiy pedagogika 
O’zbekistonda ham, dunyodagi boshqa mamlakatlarda ham o’zoq va chuqur an’analarga ega. 
Shunga qaramay sovet davrida ijtimoiy pedagogika yutuqlari e’tiborga olinmadi. Bunday 
muammolarni shaxsga, hamkorlik an’analariga, rahm-shavkatga, milliy an’analarga befarq 
bo’lish holatlari bilan izoxlash mumkin. Bu ijtimoiy tarbiya sohasi mutaxassislari oldida turgan 
vazifalarni murakkalashtirib yuboradi. Shuning uchun ham ijtimoiy pedagogikani rivojlantirish 
va mazkur yonalishda mo’taxassislar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Mana shuning 
uchun ham ijtimoiy pedagogika yangi soha sifatida faqat ijtimoiy- pedagogik mo’taxassislar 
davlat va jamoat organlari boshharmalarinigina emas, balki mo’taxassislar tayyorlaydigan 
tizimni, shuningdek, ijtimoiy- pedagogik faoliyatining ilmiy-tadqiqot bazasinni ham o’z ichiga 
oladi. Ijtimoiy pedagogika yaqin kelajakda oqituvchi yoki tibbiy xodim singari ommaviy kasbga 
aylanadi, chunki ayrim olamning ijtimoiy kasalligini oldini olish va ma`naviy -axloqiy og’ishini 
davolash «ijtimoiy epidemiya»ga qarshi ko’rashga nisbatan ancha osondir. 
Ijtimoiy pedagogikani fan sifatidagi xususiyatlarini anglash uchun uning tadqiqot obekti 
xususiyatlarini o’rganmoq lozim. Shu sabab fanda tadqiqot obekti va predmeti tushunchasi 
mavjud. Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot obekti va predmetini tahlil qilishdan avval ijtimoiy 
pedagogika terminining o’ziga ahamiyat bermoq kerak. Bu termin ijtimoy va pedagogika 
so’zlaridan tashkil topib ularni ma’nosini o’zida jamlayadi. Bu birlik fanda differentsatsiya va 
integratsiya xodisalari bilan birgalikda namoyon bo’ladi.Yangi bilimlarni o’sishi ilmiy fikrlarni 
real hayotga tatbiq etilishi, yangi mualimmlarni yuzaga kelishi jamiyatni ilmga yoshtiyojini 
yo’zaga keltirish darajasi fanning differentsnatsiyasi va maxsuslashtirish tendentsiyasi 
ko’zatiladi.Asosiy fan mustaqil rivojlanuvchi xususiy tarmoqlarga ajratiladi. Shuningdek, bir 
qator muammolarni hal qilishda to’plam nuqtai nazardan bir obektni o’rganuvchi mustaqil fan 
birligini o’zida namoyon qiluvchi integratsiya hodisa ko’zatiladi. 
Masalan: pedagogikani boshqa fanlar bilan aloqasida tadqiqotning mustaqil obektlari 
alohida ko’zatiladi: falsafa bilan birgalikda talim falsafa psixologiya bilan o’zaro munosabatda 
psixolo- pedagogika, siyosatshunoslik bilan birlikda. Bunday misollarni ko’plab keltirish 
mumkin. Pedagogikada keyingi vaqtda differentsiya xodisasi yetarli darajada kuchaydi. 



Pedagogikaning mustaqil fan sifatidagi tarmoqlari maktabgacha pedagogika, maxsus 
pedagogika, pro`lessional pedagogika rivojlanib, takomillashib bormoqda. Ijtimoiy pedagogika 
shular jumlasidandir. 
Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot obyekti pedagogika o’rganadigan jarayon va voqelik 
bo’lib, u masalani muayyan, o’ziga xos aspektda ko’radi. Uning o’ziga xosligi esa «ijtimoiy» 
degan so’zda ifodalangan. Ijtimoiy pedagogikaning obyekti insonning ijtimoiylashuv jarayonidir. 
Xalqning boy merosi, pedagogikasidan, fan, madaniyat, jamiyat yutuqlaridan foydalanib, 
ijtimoiy pedagogika o’z nazariyasini, metodi va texnologiyasini ishlab chiqadi.
Ijtimoiy pedagogiki davlat va jamiyat institutlarining ma`naviy ma’riy markazlari 
faoliyati sohasidir, bu yyerda yangi qadriyatlar san’ati shakllantiruvchi va birlashtirib turuvchi 
faoliyat jamlanadi. «Ijtimoiy» tushunchasida odamlarning birga yashashi bilan bog’liq jarayonlar 
ifodalangan, ammo ularning muloqati va o’zaro aloqalari turli shakllarda bo’ladi.
Demak, pedagogika o’sib kelayotgan avlod tarbiyasi va talimi to’grisidagi fan bo’lib, 
ijtimoiy pedagogika esa jamiyat a’zosini tarbiyalash va unga talim berish to’g’risidagi fandir. 
Ijtimoiy pedagogika jarayon va xodisalarni malum spetsifik aspektda o’rganadi. Pedagogik 
bilimlarning bu yangi tarmog’i spetsifikasi «ijtimoiy» so’zida namoyon bo’ladi. «umuminsoniy 
tushuncha insonlar hayotiy faoliyati, ularning o’zaro muloqat» formalari bo’lgan narsa-
hodisalarni o’zida jamlaydi. Shunday qilib, pedagogika yosh sib kelayotgan avlodni 
tarbiyalovchi va talim beruvchi fan asoslari ijtimoiy pedagogika ta’lim-tarbiya jarayonida 
bolaning jamiyat hayotiga kiritishni taminlaydigan aspektni tadqiq etadi. 
Insonni atrofidagi muhit bilan o’zaro aloqasiga ta’siri asosida rivojlanishini uning 
ijtimonylashish jarayoni deb ta’kidlash mumkin. 
Ijtimoiy me’yor -madaniyat qadr-qimmatlar egallashi lozim shuningdek, bu jamiyatda insonni 
o’z qobiliyatlarini realo’zatsiya qilinish, nazorat qilish ijtimoiy ijtimoiy tajribani egallash 
(bilimlar qadr-qimmat xulq-atvor qoidalari jarayoni ijtimoiy hodisa deb nomlanadi. Bolani 
ijtimoiylashtirish murakkab va davomli hodisadir. Bir tomondan har qanday jamiyat o’zining 
rivojlanish yetapida malum ijtimoiy, ma`naviy qadr- qimmat, o’zini tutishi, axloqiy qonun-
qoidalar, me’yorlar ishlab chiqadi. 
Jamiyat bir avlod shu jamiyatdagi qonun-qoidalarni egallab uning teng huquqli a’zosi sifatida 
yashab, faoliyat ko’rsatishni ko’zda tutadi. Buning uchum jamiyat ta’im-tarbiya me’yorsi orqali 
shaxsga ta’sir kursatadi Ikkinchi tomondan, atrofdagi olamda sodir etilayotgan turli hodisalar 
uning shakllanishga ta’so’rini ko’rsatmay qolmaydi. Jamiyat o’zaro munosabatda bo’lgan o’zaro 
harakatlanadigan xilma-xil ijtimoiyi institutlarni o’zida namoyon qiladi. Shular orqali bola 
tomonidan ijtimoiy me’yorlarni egallash jarayoni amalga oshadi. Bulardan bazilari bolani 
rivojlanishi va ijtimoiy shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi, boshqalari esa uning shaxsiy sifatlarini 
shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday ijtimoiy institutlar qatoriga oila,ta’im, madaniyat 
va din kiradi. 
O’z qobiliyatini inson tomonidan jamiyatda ko’plab quydagi jarayonlarda amalga oshadi; 
A)
Insonlarni insonni jamiyat bilan stixiyali o’zaro munosabatda va uning hayotiy jabhalariga 
stixiyali ta’lim jarayonida. 
B)
u yoki bu kategoriyasiga davlat tomonidan pedagogika nimani o’rgatadiq Ijtimoiy 
pedagogika insonlarning butun egalayotganayotgan davom etayotgan amalga oshiradigan 
ijtimoiy tarbiyani tadqiq ta’ sir ko’rsatish jarayonida. 
V) Inson rivojlanishi, uni tarbiyalash uchun qulay hart—haroitlar yaratish. 
G) Inson o’zini tarbiyalashi va rivojlantirish jarayonida. 
Shunday qilib, rivojlanish insonni shakllanish jarayoni, ijtimoiylashtirish- konkret ijtimoiy 
haroitlar asosida rivojlantirishdir. 
Inson tarbiyasi asosan oilada amalga oshiriladi. Bu holatda biz oilaviy pedagogika ob’ekti 
bo’lgan oilaviy xususiy tarbiyalarida muloho’za yuritamiz. 
Tarbiyalash diniy idoralar orqali amalga oshadi. Bunda konfessional tarbiyaga duch kelamiz. 
Tarbiyalash davlat va jamiyat tomonidan shu maqsadida tashkilotlar orqali yo’zaga keladi. Bu 
ijtimoiy pedagogika tadqiqot obekti bo’lgan ijtimoiy tarbiyalash jarayoni shususida fikrlaymiz.



Ijtimoiy tarbiyalash siyosatshunoslik, ijtimoiy: jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ijtimoiy 
pedagogika matnda uni ijtimoiylashtirish bilan borish oldida o’rganadi ya’ni, planeta, mamlakat 
maktablardagi inson tarbiyasiga ijtimoiy omillar tasir etish ishlab chiharish tarbiyasida oila, 
ommaviy axborot vositalar, atro`lda odamlar bilan muloqot o’rnini ko’rib chiqadi. 
Ijtimoiy pedagogikani nima uchun o’rganish lozim: Ijtimoiy pedagogika - fanning 
shunday tarkibiki uning vositasida: Birinchidan inson shayotda ma’um sabablar asos ichida 
yo’zaga kelgan xodislar o’rganiladi. 
Ikkinchidan insonning rivojlanishi uchun qulay haroitlar yaratishni ko’zda tutadi. 
Uchinchidan ta’sir etuvchi hodisalarni oldini oladi. 
Ijtimoiy pedagogika o’quv predmeti sifatida ijtimoiy pedagogik faoliyat tasvo’rini 
harakterlaydigan vazifasini amalga oshiradi. Bu vazifani amalga oshirish ijtimoiy pedagogikani 
o’rganish jarayonida talabalar tomonidan bir qator maqsadlarni amalga oshirshni ko’zda tutadi: 
ma’um doiradagi nazariy bilimlarni egallash va bularni amalda qo’llash muammoni oldindan 
ko’rish va yechishga sub’ekt va ijtimoiy jarayonga ko’ra ijtimoiy gumanitik munosabatlarni 
shakllantirish. 
Demak, ijtimoiy pedagogika - ijtimoiy tarbiya va bilim berish ishchanglikning o’ziga xos 
alohida usullarga ega bo’lgan pedagogikaning bir qismi hisoblanadi. 
Ijtimoiy pedagogika usullari shaxsga uning o’z-o’zini shakllantirishga, tarbiyalashga, 
tashkil qilish va mustaxkamlashga haratilgan bo'ladi. Ijtimoiy pedagogika nimani o’rgatadi ? 
Ijtimoiy muhit, birinchidan keng ijtimoiy haqiqatlik, jamiyat davlat, ikkinchidan, 
bolaning shakllanishiga batafsil ta’sir ko’rsatadigan uni qurshagan atro`l-muxit bo’ladi. 
Ijtimoiy tarbiya- bu ko’p ma’noga ega tushunchalardir. Bu jamiyatning kelajak avlod hayolidagi 
g’amho’rligi, jamiyat, jamoa va boshqa odamlar tomonidan uni qo’llash, oila va hayot 
munosabatlarida shakllangan axloqiylik munosabatlarini o’zlashtirish va qobul qilishda, 
huquqiy, iqtisodiy, fuqoralik va hayotiy munosabatlarni qabul qilishda insonga yordamlashish 
bo’ladi. 
Haqiqiy tarbiya bolaning ruxiyatini, bilim, tajriba va qiziqishini terang tushunishni talab 
qiladi. Muayyan yutuqqa erishishi uchun bolani o’rgatish, nazorat qilish harakterlariga tanqidiy 
ko’z bilan harash,uning yahayotgan haroitini bilish atro`l-muxitning unga ta’so’rini bilish zarur 
bo’ladi. 
Ijtimoiy tarbiya insonga, uni shakllantirishda muayyan turmush haroitlarida yutuqqa erishishda, 
ijtimoiy munosabatlardagi yo’nalishlarini ko'cha-ko’yda klub va maktabdan tashhari maktabdan 
tashhari muassasalarida amalga oshiriladi. 
Ijtimoiy ish termini insonga, guruhga, ularning ijtimoiy haroitlarini yaxshilashga yordam 
beradigan kasbiy ishchanglikni anglatadi. 
Ijtimoiy pedagogika ishchanlik- bola (o’spirimga) o’zining psixik holatini tashkil qilishni, 
oilada, maktabda, jamiyatda yaxshi munosabatlarni joriy etishga yordamlashishga yo’naltirilgan. 
Hozirgi davrda bolani (o’spo’rinni) ijtimoiylashtirish amalga oshirilmoqda. Uni 
jamiyatda azob berishga, shuquq buzishga, yo’lg'onchilikka alkogolchilikga, narkomaniyaga, 
ota-onaning qattiq qo’lliliga qarshi turishiga yordam berish kerak. Shuningdek, jamiyatda o’zini 
yaxshi tomonidan ko’rsatishga, o’z-o’zini tarbiyalashga, axloqiy munosabat odobini bilishga 
o’rgatish kerak. 
Shunday qilib, ijtimoiy pedagogika asosida shaxsni tarbiyalash (jamiyatda va jamiyat 
uchun) bo’lar ekan, ijtimoiy pedagogikaning vazifasi erkin, ijodkor, insonlar bilan yaxshi 
munosabatda bo’lishga moyil, o’z sog'ligi va vaqti uchun javobgarchilik xissini sezadigan 
fuqorani shakllantirishdan iboratdir. 
Ijtimoiy pedagogikaning obekti davlat, ijtimoiy va shaxsiy ta’lim muassasalaridagi talim 
va tarbiyadir. 
Hozirgi haroitda bu ijtimoiy pedagogikaning nazariy va amaliy munosabatlari: bolalarni 
ijtimoiy tomonidan muxofaza qilish har xil tarbiya va talim muassasalari, oila, pedagogik 
jamoalarning bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy ishchangligining nazariy va metodik 
masalalari hisoblanadi. 



Ijtimoiy pedagogika tarbiya jarayonida oila tarbiyasining xususiyatini, milliy, dini va 
jamoa tarbiyasining o’ziga xosligini hisobga oladi. Ijtimoiy pedagogikaning faoliyati 
(funksiyasi): 
1.
Bolaning (o’spo’rinning) axvolini, oiladagi, maktabdagi, mahalladagi, jamoadagi 
munosabatini ziddiyatli haroitlarini o’rganishdan iborat. 
2.
Og’ir haroitga tushgan bolaga yordam berish. Inqiro’zdan chiqish yo’lini, variantlarini 
topish, og’ir haroitlarida uni qo’llab-quvatlash. 
3.
Bolani qurshagan muxit va unga ta’sir ko’rsatuvchi omillarning va ijtimoiy 
tarbiyaning ahvolini bilish, talqin qilish. 
4.
Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy tarbiyani talqin qilish umumiylashtirish va tashviqot 
qilishni amalga oshiradi. 
5.
Ijtimoiy pedagog bolaning muammolari bilan mashshur bo’lgan mo’taxassislar 
tashkilotlarning harakatlarini yo’naltiradi. 
6.
Ijtimoiy pedagogika har xil ijtimoiy tarbiya muammolarini tadqiqot qilishni va har xil 
pedagogik markazlarining ishlarini talqin qiladi va tashkillashtiriladi. 
Shunday qilib, ijtimoiy pedagogika funksiyalari (faoliyati) quyidagilardan iborat: 
-tarbiyaviy.-ijtimoiy huquqiy,-ijtimoiy- davolovchi. Tarbiyaviy faoliyat bolani kurshagan atro`l-
muxitga kiritish uni ijtimoiylashtirish jarayonidandir. Uning tarbiya va ta’lim jarayonida 
moslashishidan iborat bo’ladi. 
Ijtimoiy-huquqiy davlatning bolalarga g’amxo’rligini, ularni huquqiy himoya qilishni 
anglatadi. Ijtimoiy davolovchi faoliyat- majrux bolalar, jismoniy yoki psixik jihatdan kamchiligi 
bor bolalar bilan o’tkaziladigan ta’lim- tarbiyaviy ishlar bo’lib, bunda pedagog asosiy ijtimoiy 
faoliyatini bajaradi.
Ijtimoiy pedagogikaning amaliy masalalari shundan kelib chiqadi: 
1.
Bola ongida olijanoblik, adolatlilik yaqinlariga barcha tirik jonzodga hurmat qilish 
tushunchalarini tarbiyalash. 
2.
Inqiro’zdan chiqish (mustaqil ravishda), hayotning maqsadi va mazmunini 
aniqlash. 
3.
Qurshagan atro`l (muxitni odamlarning jismoniy va dini o’zgachaligini, 
jamiyatdagi huquq va vazifani xis qilishni rivojlantirish). 
4.
O’zining obro’sini erkinligini ishonchini rivojlantirish. 
5.
Bolaga insonlar bilan o’z tengqurlari bilan qanday munosatda bo’lish 
ko’nikmasini singdirish. 
6.
Insonlar orasidagi harama-qarshilikni shaxs va jamiyatdagi ziddiyatlarini 
yechishda axloqiy va huquqiy me’yorlarga asoslanish kerakligini tushunishga o’rgatish. 
Ushbu amaliy vazifaning mazmuni shuki har bir narsaga shurmat bilan harash, o’z 
hayotini tashkil qilishga o’rgatish, bilish qiziqishlarini rivojlantirish, o’zining shaxsiy 
imkoniyatlaridan foydalanishga o’rgatishga iboratdir. 
Ijtimoiy pedagogika predmeti va ob’ekti-
 
Ijtimoiy pedagogika fan sifatida pedagogikadan 
ajralib chiqdi. Uni o‘rganilish jarayoni va ko‘rinishi pedagogika fani tomonidan o‘rganadigan, 
biroq o‘ziga xosligi aniq bir sohani o‘rganish jihatdan tadqiq qilinadi. Pedagogika fani bu yangi 
tarmog‘ining o‘ziga xosligi “ijtimoiy” so‘zida namoyon bo‘ladi.
 
“Ijtimoiy” tushunchasi (lotincha socialis – umumiy, jamoatchilik) insonlarning birgalikdagi 
hayoti bilan bog‘liq bo‘lib, ularning muomala va bir-biriga ta’sirining turli xil shakllari 
birlashtiradi.
Pedagogika – bu fan sifatida o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi va ta’limi haqidagi fan 
bo‘lsa, ijtimoiy pedagogika ‘sa tarbiya va ta’limning bolalar hayotining jamiyatdagi o‘rnini 
belgilab beradi. Bu jarayon bolaning jamiyatga “kirishi”, ularning ma’lum bir ijtimoiy tajribaga 
‘ga bo‘lishi (bilim, boylik, o‘zini tutish qoidalari, yo‘naltirish) sotsiyalizatsiya (ijtimoiylashuv) 
deb yuritiladi. 


10 
Bolaning ijtimoiylashuvi – juda uzoq va murakkab jarayon hisoblanadi. Har qanday jamiyat 
shunga intiladiki, har bir bola ma’lum ijtimoiy va ahloqiy qadriyatlar tizimiga, shu jamiyat 
me’yor va qoidalariga ‘ga bo‘lishi, shu jamiyatda yashash uchun, teng huquqli a’zosi bo‘lishga 
intiladi. 
Jamiyat o‘zining qurilishiga ko‘ra turli xildagi o‘zaro bog‘langan va o‘zaro ta’sir ‘tuvchi 
ijtimoiy institutlarga ‘ga. Ijtimoiy institut – insonlar jamiyatdagi hayotining tarixan murakkab 
shaklda tashkil ‘tilganligi va tartibga solinganligini o‘rganadi. Xuddi ana shular orqali bola 
jamiyat me’yorlari va ahloq qoidalarini o‘zlashtiradi. SHunday ijtimoiy institutlarni 
ijtimoiylashgan institut deb nomlash mumkin va bularga oila, ta’lim, madaniyat va din kabilar 
kiradi. 
Oila – ijtimoiylashishning etakchi instituti, bu orqali bola asosiy ijtimoiy bilimni ‘gallaydi, 
ahloqiy mohirlik va ko‘nikmani oladi, ma’lum baho va ‘ng yuksak maqsad qilishni o‘zlashtiradi, 
hayotida nima kerak bo‘lsa shu jamiyatdan oladi. 
Ta’lim – talim orqali bola bu jamiyatga hukmronlik qilayotganlarni baholay oladi. Ta’limda 
bilim olish jarayonida, u nafaqat rivojlanadi, balki jamiyatdagi hayotga moslashadi. 
Madaniyat – bu shunday ijtimoiy institutki, insoniyat o‘zi uchun yaratilgan moddiy va 
ma’naviy boyliklarni tanlaydigan maskan. Bolaga uning shakllanish jarayonida adabiyot, 
musiqa, rasm, ommaviy axborot vositalari va boshqalarning ta’siri tegadi. 
Din – ijtimoiy institut sifatida murakkab ijtimoiy ko‘rinishga ‘ga. Bir butunicha tizimda 
alohida tasavvur, sezgi, ibodat harakatlari, tashkilotlar va sig‘inuvchilarning turli xil 
birlashmalari mavjud. Doimiy axloqiy qadriyatlar, islom, xristian (yaqinlarga sevgi va 
g‘amxo‘rlik, halollik, chidamlilik, yaxshilik, mehr-muruvvatlilik va b), diniy bayram va 
an’analar, diniy musiqa va boshqalar bolaning jamiyatdagi ahloqiy me’yorlari ta’sir ‘tishi 
mumkin. 

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin