78
Bolalar bilan munosabatda bo'lishi uchun ijtimoiy pedagogika pedagogik nazorat va
mahorat kerak bo'ladi. Bu esa ularga bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borish me’yorini belgilab
beradi: agar me’yoridan oshib ketsa yomon ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Ijtimoiy pedagogning tashkilotchilik qobiliyati bolalarni (o'smirlarni) faqat o’zigina o’z
hayotini o’zgartira olishi va qiyin vaziyatdan chiqib keta olishini ishontirishda ko'rinadi.
Ijtimoiy pedagogning tashkilotchilk faoliyati bolalar bilan jamiyat o'rtasidagi davlatchilik
mahkamalari o'rtasidagi aloqasi, eng asosiysi esa bolaga yangi hayot talablariga moslashishiga
yordam beradi. Ijtimoiy pedagogning ishlash metodlari.
Eng keng tarqalgan va tabiiy metodlaridan biri bu kuzatish metodi. Pedagog bolaning
muomalasini
uning oiladagi, maktabdagi, dars jarayonidagi tengdoshlari bilan uning mehnat
faoliyatini, xulq-atvorini ko’zatadi. Suhbat metodi - suhbat o'tkazishga tayorlanish uchun oldin
anketa olinadi, oldindan savollar tuziladi komissiya natijalari bilan tanishadi.
Dostları ilə paylaş: