80
Tayanch so’z va iboralar.
Ijtimoiy,
reabilitatsiya,vasiylik, patranaj, qaramog’iga olish,
davlat muhofazasi,
farzandlikka olish, reabilitatsiya turlari.
Jamiyatda oilaning roli o’zining kuchi bo’yicha boshqa hech bir institutlar bilan
tenglashtirib bo’lmaydi. Aynan oilada insonning shaxsi shakllanadi va rivojlanadi. Bola
jamiyatda qiyinchiliklarsiz moslashib ketishi uchun u ijtimoiy vazifalarini egallaydi. Oila
birinchi tarbiyaviy institut sifatida ishtirok etadi, u bilan bog’liqlikni inson o’zining butun hayoti
davomida xis etadi. Oilada insonning mahnaviyligiga asos solinadi
xulqi qoidalari yuzaga
keltiriladi shaxsning ichki dunyosi va individual sifatlari ochib beriladi.
Statistik ma’lumptlarning ko’rsatishicha, xo’jalik yuritish bozor siyosatiga o’tish ijtimoiy
institut sifatida oila holatiga ancha yomon og’ir ta’sir ko’rsatdi. Demograflar tug’ilish
kamayganini qayd etadilar sotsiologlar assotsial oilalar sonini o’sib borishini qayd etadilar va
turmush darajasining pasayishini taxmin qiladilar. Hozirgi paytda
ota-onalarga mutaxassis
psixologlar ijtimoiy ishlar xodimlari ijtimoiy pedagoglar va bolalarni tarbiyalash bo’yicha
boshqa mutaxassislarning yordamlari zarur.Ana shu mutaxassislarning yordamiga faqatgina
notinch, yomon
oilalar emas, bugungi kunda tinch yaxshi oilalar ham muxtojlar.
Oila haqida bir necha xil tushunchalar mavjud: birinchidan, oila – bu nikoh va (yoki)
qon-qarindoshchilikka asoslangan kichik ijtimoyi gurux, uning a’zolari birgalikda yashaydilar va
uy ishlarini bajaradilar, bir-biriga nisbatan o’zaro majburiyatlar bilan birlashganlar. Ikkinchidan,
oila – bu ijtimoiy institut bo’lib, unda odamlar o’rtasida o’zaro
munosabatlar barqaror
mustahkam shaklda bo’ladi. Ana shu o’zaro munosabatlar doirasida odamlarning kundalik hayoti
asosiy qismi amalga oshiriladi: jinsiy munosabatlari, farzand ko’rish, bolalaning boshlang’ich
ijtimoiylashishi, tarbiyalash, ta’lim berish, tibbiy xizmat ko’rsatish va boshqalar.
Olimlar oilaning turli vazifalarini ko’rsatadilar. Biz birinchi navbatda, bolani tarbiyalash
va rivojlantirishga taalluqlisiga to’xtalib o’tamiz.
Dostları ilə paylaş: