81
Insoniyat to’plagan ijtimoiy tajribalariga, u tug’ilib o’sayotgan mamalakat madaniyatiga,
uning mahnaviy-axloq qoidalariga, xalq an’analariga bolani o’rgatish – ota-onalarning majburiy
vazifasidir.
Tarbiyaviy vazifasi
-
boshlang’ich ijtimoiylashish jarayonida bolani oilada tarbiyalash
muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Ota-onalar bolaning birinchi tarbiyachilari bo’lganlar va
shunday bo’lib qoladilar. Bolani oilada tarbiyalash murakkab ijtimoiy-pedagogik jarayondir.
Bahzan bolaning oilada olgan tajribasi bolaning atrof dunyoga,
odamlarga nisbatan yagona
o’lchov belgisi bo’lib qoladi. To’g’ri ba’zi oilalarda ota-onalari bemor bo’lganida, buzuq axloqli
hayot kechirganlarida, pedagogik madaniyatga ega bo’lmaganlarida va shu kabilarda tarbiya
buzilishi mumkin. Albatta, bola shaxsi tarbiyasiga shunchaki o’zining borligi bilan ta’sir
ko’rsatmaydi, balki qulay mahnaviy-psixologik muhiti, uning a’zolari o’rtasidagi sog’lom
munosabatlar bilan ta’sir ko’rsatadi.
Rekeatsion (qayta tiklash)
va psixoterapevtik vazifalari,buning mazmuni oila inson
o’zini to’la himoyalangan deb xis etadigan, to’la qabul qilingan, uning mavqei, tashqi ko’rinishi,
hayotdagi muvaffaqiyatlaridan moddiy ahvolidan qat’iy nazar, oila uni qabul qiladigan boshpana
bo’lishidan iboratdir.“Mening uyim – mening qasrim” iborasi sog’lom, tinch oila – dunyodagi
hamma notinchliklardan vaqtinchalik bo’lsa ham yashirinishga, dam olib o’z kuchlarini to’plab
olishga eng ishonchli va eng yaxshi boshpana degan ma’noni yaxshi ifoda etib beradi.Rafiqasi
o’z uyida o’zining hokimining hamma kamsitishlari va jahllariga indamay chidab kelgan
an’anaviy modeli endi o’tmishda qolib ketmoqda. Ko’pchilik ayollar ham endi ishga boradilar va
uyga charchab, toliqib qaytadilar.
Oilaviy sharoitda, yaqinlari bilan munosabatlarda, bolalari
bilan bo’lganida kuchlari ancha yaxshi tiklanadi.
Oilaning ijtimoiy mavqei va uning turlari-oila yaxlit sistemali tashkilotdir. Hozirgi
zamonda oila oldida turgan muammolardan biri – bu oilaning jamiyatda moslashishidir (lotincha
ada’to - moslashtiraman), ya’ni oilaning zamonaviy muhitda (jamiyatda)
hayot sharoitlariga
moslashishi hisoblanadi.
Moslashish jarayonining asosiy xarakteristikasi bo’lib, ijtimoiy mavqei ishtirok etadi,
ya’ni oilaning jamiyatda moslashish jarayonidagi holati.
Dostları ilə paylaş: