Reabilitatsiyaning quyidagi turlari belgilangan: tibbiy, psixologik, pedagogik, ijtimoiy-
iqtisodiy, kasbiy, maishiy.
1.
Tibbiy reabilitatsiya bola organizmida o’z funktsiyasini yo’qotgan u yoki bu
joyning to’la yoki qisman qayta tiklanishi yoki boladagi rivojlanayotgan kasallikni
sekinlashtirish imkoniyatini yaratishga yo’naltirilgan.
2.
Psixologik reabilitatsiya o’smir ruhiyatig, ongiga deviant xulq-atvorning
kerakmasligi, uni shaxs sifatida hech Kim hurmat qilmasligini singdirishni maqsad qilgan.
3.
Kasbiy reabilitatsiya o’smirni o’qitish yoki unga to’g’ri keladigan mehnat turiga
qayta o’qitib tayyorlash, yengallashtirilgan va ish kuni qisqartirilgan mehnat sharoitlari bo’lgan
ish joyi bilan ta’minlash.
4.
Maishiy reabilitatsiya o’smirning hayoti uchun mehyordagidek sharoitning
yaratilishini ko’zda tutadi.
5.
Ijtimoiy reabilitatsiya – bu ijtimoiy muhitda bolaning hayot faoliyatini qayta
tiklash jarayonidir. Shuningdek, qandaydir sabablar bilan shaxs hayot faoliyatining buzilishi,
ijtimoiy muhitdagi cheklashlarga yo’l qo’ymaslikdir.
6.
Ijtimoiy-iqtisodiy reabilitatsiya – bu o’smirning qonuniy, xuquqiy manfaatlarini
himoya qilishga mo’ljallangan mablag’larni tahminlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir.
7.
Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya – bu bola hayot faoliyati uchun ahamiyatli
bo’lgan shaxsiy xususiyatlarini shakllantirishga yo’naltirilgan xarakterdagi tarbiyaviy chora-
tadbirlar tizimi bo’lib, bolani jamiyatga muvofiqlashtiruvchi faol hayotiy holatga tortuvchi, o’z-
o’ziga xizmat qilishda zarur bo’lgan ko’nikma va malakalarni egallashi, jamiyatda xulq-atvori
bilan ijobiy ijtimoiy rollarni bajarish, zarur tahlimni olish kabilarni o’z tarkibiga oladi.
O’smirlarni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilishda bu ishlarni reabilitatsion markaz deb
ataluvchi ijtimoiylashtirilgan muassasalarda amalga oshiriladi. Bu muassasalarning vazifalariga:
o
qarovsiz qolgan, daydi, jamiyatga moslasha olmaydigan bolalar va o’smirlarda profilaktik
oldini olish choralarini ko’rish.
o
Ota-oanlarining ayblari bilan yoki kutilmagan vaziyatlar sababli (shuningdek, jismoniy,
psixologik zo’ravonlik, xavfli yashash joylari va boshqalar) og’ir hayotiy vaziyatlarga tushgan
bolalarga tibbiy-psixologik yordam ko’rsatish
o
Ijobiy ijtimoiy xulq-atvor tajribalarini, atrofdagi insonlar bilan muloqot ko’nikmalarini
shakllantirish
o
Ota-ona qaramog’i yoki vositalar, yashash joyidan ajrab qolganlarni o’z qaramog’iga
olish funktsiyasining bajarilishi
o
favqulodda vaziyatlarda psixik va pedagogik qo’llab-qo’vvatlash
o
oilaga qaytishga hamkorlik qilish
o
tahlim olish, mehyordagidek o’sishga imkoniyat bilan tahminlash.
o
Kelgusi kasbiy va maishiy faoliyatga g’amxo’rlik qilish.
Bunday muassasalar asosiy faoliyat maqsadlari – yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy
himoya qilish va qo’llab-qo’vvatlash, ularni reabilitatsiya orqali hayotlarini to’g’ri yo’lga
qo’yishda yordam berish.