86
qilib olgan oila umuman olganda bolaning yangi yuridik va haqiqiy oilasi hisoblanadi, bu yerda
u o’z bolasi huquqiga ega bo’ladi.
Bola uni oilasiga olgan ota-onalarining familiyasini olishi mumkin, hatto yangi ism ham.
Farzand qilib olingan bolaning hamma huquq va majburiyatlari haqiqiy o’z bolalari huquq va
majburiyatlariga tenglashtiriladi.Asrab oluvchi oilaning yana bir turi - vaqtinchalik asrab olish
oilasi. Vaqtinchalik asrab oladigan oila bolalikni himoya qilish usuli sifatida bir qator
rivojlangan mamlakatlarda juda ham keng tarqalgan hisoblanadi.
O’zbekistonda asrab oladigan oilalar hozircha keng tadbiq
etish va tarqalishga ega
emas.Vaqtinchalik asrab olish oilasini vasiylik oilasi yoki bola qilib oluvchi oiladan farqi
birinchi navbatda bu professional mutaxassislar oilasi bo’ladi. Agarda chet el tajribalariga
murojaat etsak unda vaqtinchalik asrab oluvchi oilaning bir necha belgilarini ko’rsatish
mumkin:-ota-onalarda ma’lum professional malakalari bo’lishi kerak; -oila kerakli professional-
pedagogik tayyorgarlikka ega bo’lishi kerak; bunday oilaning xizmatlariga xizmat haqqi
to’lanadi. Bolaning oilada bo’lishlari asrab olgan ota-onalarning ish staji sifatida hisobga
olinadi.Asrab olgan ota-onalarning ish vaqtlari o’z shaxsiy uylarida o’tadi.Vaqtinchalik asrab
olish oilasining faoliyati bolaning keyingi taqdiri hal etilgunga qadar bolaning oilada bo’lishini
ko’zda tutadi: o’z oilasiga qaytishi; bolalar uyiga jo’natilishi, muassasalarga yuborilishi.
Asrab olgan oila bilan ijtmoiy-pedagogik faoliyat.
Ijtimoiy-pedagogik
faoliyat
bosqichlari
Ijtimoiy
pedagogning
faoliyat vazifalari
Ijtimoiy-pedagogik
faoliyati
metodlari
1.
Asrab oladigan oilani
izlash
Axborot-ma’lumotlar
Anketa tuzish, suhbat, intervg’yu,
ma’lumotlarni o’rganish
2.
Bo’lajak
asrab
oladigan
ota-onalarni
o’rganish
Diagnostik
(boshlang’ich
diagnostika)
Anketa tuzish, suhbat
3.
Bola
joylashtirilgan
muassasalar
va
oialalarni
borib ko’rish (inqiroz oila,
bolalar uyi va boshqalar)
Vositachilik
Kuzatish, suhbat
4.
Bo’lajak oilani va
uning yaqinlarini o’rganish
Diagnostik
(chuqur
diagnostika)
Anketa
tuzish,
test
sinovlari,
suhbat,
ishontirish,
hujjatlarni
o’rganib chiqish
5.
Kiritish
o’qitishi,
ma’ruza,
hikoya,
suhbat,
videofil’mlar
O’qitish (boshlang’ich,
dastlabki o’qitish)
Lektsiya,
suhbat,
kuzatish,
ishonish, mashq qilish
6. Bolani asrab oluvchi
oilaga joylashtirish, asrab
oluvchi
ota-onalarni chuqur
o’qitish kursi
Patronaj qiluvchi.
18
Davlat vasiylik tashkilotlarida ijtimoiy-pedagogik faoliyat-agarda bola asrab olinmasa va
bola qilib oladigan oilaga tushmasa unda bu bolaning tarbiyasi, tahlim va rivojlanishi bilan
davlat tashkiloti shug’ullanadi. Hozirgi kunda O’zbekistonda bolalar uylari (malyutka) invalidlar
uchun maktab-internatlari reabilitatsion markazlari va 28 ta mehribonlik uylari (bolalar uylari)
mavjud. Mehribonlik uylarida 3400 ga yaqin bolalar yashaydilar. Ota-onalari qarovisiz qolgan
bolalar tarbiyalanadigan davlat tashkilotlari faoliyatlarining asosiy maqsadlari: bu
18
Patronaj (lot.patronatus - µmumiylik ³ )ota-onalarsiz qolgan bolalarni davlat organlari va patranaj
qiluvchchi bolani qabul qilib oluvchi shaxslar ³ o’rtasidagi shartnoma bo’yicha bolani tarbiyalashga
berish.
87
tashkilotlardagi bolalarni
ijtimoiy himoya qilish; reabilitatsion, tibbiy va ijtimoiy xususiyatdagi
tadbirlarni amalga oshirish; bolalar umumiy tahlim olishlarini tashkil etish.
Bolalar mehribonlik uylarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:1.Bolaning
rivojlanishiga yordam beruvchi uy vaziyatiga yaqinlashtirilgan qulay, maishiy sharoitlarni
yaratish.2.Bolalar sog’lig’ini saqlashni tahminlash.3.Bolalaning ijtimoiy himoyasini, uning
tibbiy-pedagogik va ijtimoiy moslashishini tahminlash.
4.Tarbiyalanuvchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish.
5.Bolalar tahlim dasturlarini olishlari, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarida munosib
tahlim olishlari.
6.Trabiyalanuvchilar umumiy madaniyatini, ularning hayotga moslashishlarini
shakllantirish.
7.Tarbiyalanuvchilarda o’zini rivojlantirishga va o’zini anglashga talablarini yuzaga
keltirish.
8.Kasb-hunar tahlim dasturlarini tushunib ongli ravishda
tanlashi va keyinchalik
o’zlashtirishi uchun sharoitlar yaratish.
Ijtimoiy pedagogning bolalar mehribonlik uyidagi ijtimoiy-pedagogik faoliyatini
chuqurroq ko’rib chiqamiz. Ijtimoiy-pedagogik faoliyatning maqsadi – bolalar uyi
tarbiyalanuvchilarini ijtimoiylashtirish (bolaning jamiyatga “kirish” jarayoni). Bu maqsad turli
masalalarni bajarish bilan amalga oshirilishi mumkin. Jadvalga qarang, unda ijtimoiy pedagogik
faoliyat masalalari, vazifalari, faoliyatini tashkil etish metodlari va shakllari ko’rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: