93
Buyuk mutafakkirlarimizning pedagogik qarashlari mazmuniga etnopedagogika g’oyalari
singib ketgan. Forobiyning “Fozil odamlar shahri”, Beruniyning “Qadim xalqlardan qolgan
yodgorliklar”, Ibn Sinoning “Tadbiri manozil”, “Donishnoma”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u
bilig”, va boshqa asarlarida Etnopedagogika elementlaridan unumli foydalanilgan.
Masalan, “Har bir qiyinchilikning rohati ham bor”, “Oldinga ketgan halinchak orqaga ham
qaytadi”, “Quvonch kelmasdan qayg’u ketmas”... kabi ifodalar shular jumlasidandir.Xalq bola
fe‘li va ruhiyatini go‘dakligidan kuzatish oqibatida uning axloqiy sifatlarini bilib olgan. Shuning
uchun tarbiyani ona qornidayoq boshlash lozimligini tavsiya etgan.“Bola
boshidan, meva
ko‘chatidan bilinadi”, “Bolani beshikdan tarbiyalash kerak”, “Uch yoshlining amali sakson
yoshda ham saqlanadi” kabi maqollar va hikmatli so’zlar fikrimizning dalilidir.
Ulardan biri O’rhun Enasoy yodgorliklaridir.
Dostları ilə paylaş: