Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

sharqona odob, andisha
bor. Lekin agressiv xulqning intihosi shundayki, 
uzoq vaqt ichida saqlangan agressiya bir kun kutilmagan tarzda namoyish etilishi mumkin. 
Ya’ni, bizda doimo ham bu urush, ochiq betga aytishlar tarzida emas, namoyishkorona ishning 
teskarisini qilish (ayniqsa, o’smirlarda, oilada ko’proq kuzatiladi), yoki boshqa vaziyatda boshqa 
insondan o’ch olish orqali kompensatsiya qilinadi (xotini bolasidan, rahbar xodimlaridan va 
hokazo). O’smirlik davrida hadeb bolaning o’zini biror narsa tufayli o’zini namoyishkorona 
ko’rsatishga intilishini ham aslida agressiv xulqqa moyillik, konfliktga asos bor, deb hisoblash 
mumkin. Demak, bu o’sha nizoli vaziyatni inson o’zidagi “ichki, ruhiy fil’trdan” qanday 
o’tkazilganiga bog’liq bo’ladi. Umumiy fikr shuki, biror narsaga agressiv munosabatning 
shakllanishi bir yoki alohida olingan motiv tufayli emas, balki sabablar yoki motivlar tizimi 
orqali sodir bo’lishini nazarda tutish va tarbiyaviy ishlarda bunga e’tibor berish kerak. 
Ijtimoiy psixologiya bu hodisalarga insoniy munosabatlarning o’ziga xos ko’rinishi sifatida 
qaraydi. 
 Agressiya va egressiya: sabab va oqibat-
agressiya yoki kishilar o’rtasidagi kelishmovchilik 
oqibatida kelib chiqadigan vajohat holati – bu shunday yo’nalishki, unga oid xulosalar nafaqat 
psixologlarni, balki sotsiologlar, huquqshunoslar, pedagoglar, faylasuflar, ijtimoiy soha 
xodimlar, turli bo’g’in rahbarlarining barchasini qiziqtiradi. Zero, inson tabiati va uning boshqa 
insonlarga bog’liq jihatlarini o’rganish uchun xulqning aynan shu tomonini ham o’rganish, bilish 
va boshqara olish kerak.
 
Amerikalik olimlar 
Robert Beron
va 
Debora Richardson
larning 2000 yilda Sankt-
Piterburgda rus tilida nashr etilgan “Agressiya” nomli kitoblarida ham agressiv xulqqa nisbatan 
yangicha yondashuv bayon etilgan. Xususan, kitobda agressiv xulqqa taalluqli bo’lgan asosiy 
nazariyalardagi (psixoanaliz, kognitiv nazariya, evolyutsion, frustratsion yondashuv va 
boshqalar) fikrlar keltirilganki, mualliflar ularni xulosalab, bunday xulqning aynan biologikdan 
ham ko’ra, ijtimoiy tabiati borligini tahkidlaganlar. 
Freyd
ning instinktlar to’g’risidagi 
nazariyasida ta’kidlangan agressiyaning tug’ma, biologik tabiatga egaligi to’g’risidagi fikridan 
farqli o’laroq, oxirgi yillarda o’tkazilayotgan tadqiqotlar uning aynan bir insonning boshqa 
insonga munosabatidan, uning o’ziga nisbatan qarashlarining ongida aks ettirishi va o’zini turli 
xavf-xatardan asrashning vositasi ekanligi fikrini isbotlamoqda. Aynan ijtimoiy ko’nikmalar 
paydo bo’lish jarayoni doirasida qaralgan agressiyani boshqarish imkoniyati borligi amerikalik 
olimlar xulosalari asosida yotadi. 
Shu narsa alohida diqqatga molikki, agressiv xulq-atvorning kelib chiqishi va namoyon 
bo’lishida oila va oilaviy o’zaro munosabatlar, tenqurlar guruhi hamda ommaviy axborot 
vositarining roli katta ekanligi, ayniqsa, birinchi omil ta’sirchan ekanligi fikri yangi tadqiqotlarda 
alohida o’rin tutadi. Odatda bolalar oilada ko’rgan-kechirganlari, ota-onasining o’rinli-noo’rin 
tanbehlari, ba’zan ularning agressiv munosabatlarining “qurbonlari” sifatida vajohatli bo’lib 
borishadi. Ya’ni, oilaviy hamjihatlik, to’g’ri tashkil etilgan o’zaro muomala, tarbiya uslublari va 
boshqaruv usullari agressiv harakatlarning oldini oluvchi, bartaraf etuvchi muhim shartlardir. 
O’tkazilgan tadqiqotlardan ma’lum bo’ldiki, ota-ona o’rtasida tez-tez nizolar, kelishmovchiliklar 
chiqib turadigan, oiladagi bolalar o’rtasidagi (aka-uka, opa-singil va hokazo) nizolar odatiy 


90 
bo’lgan oilada tarbiyalangan bolada agressiyaga moyillik darajasi yuqori bo’ladi. Chunki, 
ayniqsa kichik yoshli bola o’zgalar o’rtasida sodir bo’layotgan nizolar va janjallarga o’ta sezgir 
va kuzatuvchan bo’ladi. Shuning uchun ham oiladagi muomala madaniyati, bola ongiga ilk 
yoshlikdan singdiriladigan muloqatga oid qadriyatlar uning kelajakda o’zgalar bilan bo’ladigan 
munosabatlarini ijobiylashtiradi. 
Psixologiyada oxirgi yillarda yana bir tushuncha paydo bo’ldi, bu 

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin