Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

egressiv xulq
ning 
motivatsiyasi tushunchasi, Ya’ni kishilar o’rtasidagi nizo, bir-biriga nisbatan zo’ravonlik va 
vajohat kabi hissiyotlarni keltirib chiqaruvchi sabablar masalasi amaliy ahamiyatga molikdir. 
Shu nuqtai nazardan paydo bo’lgan tushunchalardan biri “egressiya” tushunchasidir.
Egressiya
– 
lotincha 
egredior
– 
qochish, o’zini tortish 
so’zlaridan olingan bo’lib, bu 
shaxsning o’zini mana shunday xavotirli, nizoli, murakkab vaziyatlarda olib qochishini 
anglatadi. Bunday xulqning asosiy sabablarini boltiqbo’yilik olimlar 
P.Dereshkyavichus
 va 
L.Yovaysha
lar quyidagicha izohlaydilar: 
o’zgalar tomonidan ijobiy hissiy munosabatning yo’qligi; 
o’zi to’g’risidagi bahoning o’zgalarnikidan farq qilishi; 
kuchi yetmaydigan vazifalar va talablarning muntazam qo’yilishi tufayli paydo bo’lgan 
mag’lubiyatdan qo’rqish holati; 
o’ziga ishonchmaslik, g’olib chiqishga ko’zi yetmaslik, jazodan qochish. 
Shunday qilib, bugun jahon ilmu-fani odamlar o’rtasidagi turli xil nizolarni oldini olish 
usullariga ko’proq e’tiborni qaratmoqda. Bizga kundalik hayotimizdan ma’lumki, biz ijtimoiy 
hayot normalarini buzgan, o’zgalarga tazyiq qilgan kimsalarni jazolash orqali noxushliklarning 
oldini olishga o’rganganmiz. 
Lekin ayniqsa, qonunbuzarliklar bilan jinoiy ish qilganlarning xulq-atvori o’rganilganda, 
ularni ana shunday bag’ritoshliklari yoki janjalkashliklari uchun jazolash unchalik samarali emas 
ekan. Yoki achchiqlangan odam o’z “zahrini to’ka qolsin, yengillaydi” degan sharqona 
yondashuv ham u qadar foyda bermaydi. Shuning uchun ham amaliyotchi psixologlar ana 
shunday holatlarni oldini olish yo’l-yo’riqlari bo’yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish va 
odamlarni o’rgatishga ko’proq e’tibor bermoqdalar. 
Ijtimoiy psixologiyada to’plangan ma’lumotlarga ko’ra agressiyani oldini olish yoki sodir 
bo’lganini yumshatishda bir qancha yo’llar bo’lishi mumkin: 
Tang holatlarda janjalkashlardan kimdir albatta o’zini tutishi, o’zini qo’lga olib, 
agressiv xulq bo’lishiga yo’l qo’ymaslikka hozirligi isbot qila olish, namoyish eta olishi.
Masalan, er va xotin o’zaro janjallashib qolgan vaziyatni tasavvur qilsak, bu sharoitda 
o’zaro kelishmovchilik borligini sezgan ona-qaynona o’rnak namunasi ko’rsatishi mumkin. 
Buning uchun yo u taraflarni bosiqlikka, og’irroq bo’lishga chaqiradi, yoki yaxshi maslahat 
yordam bermasa, iroda va sabot bilan taraflardan birortasini, gapiga tezroq kiradiganini, masalan, 
o’z o’g’lini o’sha yerdan boshqa yerga, boshqa xonaga olib chiqib ketishi, yoki ajralishni ahd 
qilib urishayotganlardan birini masalan, kelinni dugonasinikiga “bir o’tib kelishni”, yoki 
bozordan biror nima xarid qiish uchun yuborishi va alohida qolgan o’g’li bilan “tarbiyaviy ishni” 
davom ettirishi mumkin.
Ya’ni, janjalli vaziyatda kimnidir vaziyatda o’zini to’g’ri va bosiqlik tutishi 
qolganlarga ijobiy ta’sir ko’rsatib, qilmishlaridan andisha qilib qolishlari mumkin. 
Agressiv harakatlarning oldini olishda tabiiy verbal reaktsiyalarning, fikr-
mulohazalardagi o’rinli so’zlashlarning ham ijobiy o’rni bor. Masalan, yana oila misolida olinsa, 
tomonlardan birining baland ovozga past bilan, yomon gapga, yaxshi bilan javob berishi qarshi 
tomonning hissiyotlari yo’nalishini o’zgartiradi. 
Agressiyani pastlashining yana bir yo’li psixologik ibora bilan aytganda “kutilmagan, 
nomuvofiq ta’sirning induktsiyasi” bo’lib, unga ko’ra, tomonlardan birining yoki guvohning 
kutilmagan tarzda ish tutishi vaziyatni o’zgartiradi. Masalan, yana o’sha oilaviy nizo, yoki 
bolalar o’rtasidagi agressiv janjalni oladigan bo’lsak, bunda shunday qilinadiki, urushning 
tashabbuskori bo’lgan bolaga onasi kutilmaganda, ko’ngliga tugib yurgan biror sovg’asini, yoki 
boshqa biror “syurpriz” berishi, yoki janjallashishayotgan aka-ukalar ustidan chiqib qolgan 


91 
onadan ular qattiq ogohlantirish yoki jazoni kutganlarga samimiy hazillar ham kutilmaganda 
ikkala tomonni ham fikrlashga, o’zini bosib olishiga olib kelishi mumkin. 
Nizoli va agressiv vaziyatlardan qutulish yoki ularni oldindan bartaraf etishning 
ishonchli yo’li sifatida psixologlar odamlarda muomala madaniyati va muloqot malakalarining 
bo’lishini e’tirof etishadi.
Demak, ilk yoshlikdan bolani sog’lom muloqotga o’rgatish, sharoqona odob, iltifot, 
odamgarchilik, andisha va samimiyat, bag’rikenglik tamoyillariga bo’ysunib, o’zgalar bilan 
yashashga o’rgatish undagi agressivlikni pastlatadi, konfliktli va agressiv vaziyatlarda to’g’ri 
yo’l tutishga moslashtiradi. Buning uchun ijtimoiy psixologiyaning maxsus uslublari va 
vositalari mavjudki, ular hattoki “urushqoq shasxlarni” ham turli vaziyatlarda o’zini tuta olishga 
o’rgatadi. Masalan, ijtimoiy-psixologik treningning muloqotga bevosita o’rgatuvchi texnikasi 
aynan ana shunday uslublardan hisoblanadi. 
Nihoyat, har bir insonning o’zini o’zi hurmat qilishi, unda voqea-hodisalarga nisbatan 
mustaqil qarashlarning, mustaqil fikrning bo’lishi ham ma’lum mahnoda agressiv xaraktalar 
darajasini va miqdorini kamaytiruvchi muhim omildir. Ming afsuski, shunday holatlar bizda tez-
tez uchraydiki, yoshlarimiz faqat taqlid qilish, aytganimizdan chiqmaslikka o’rgatib qolganligi 
tufayli haddan ziyod yuvvosh, ishonchsiz, ehtiqodsiz va irodasiz, qo’rqoq bo’lib qolishadiki, har 
qanday tanglik vaziyatlari ular ruhiyatini normal maromdan chiqaradi. 
Chunki bunday yoshlar va xodimlarda 

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin