mustaqil fikrning yo’qligi tufayli, ular
nochorligi hamda irodasizligi uchun jazolanaverishadi. Natijada, ular ishonchsiz, ehtiqodsiz,
bora-bora asabiylashadigan, janjalkash bo’lib qolishadi. Shuning uchun ham 1-yurtboshimiz
I.A.Karimov yoshlarga sog’lom va teran dunyoqarashni shaklantirish, ularni mustaqil fikrlashga
o’rgatishni oldimizda turgan eng dolzarb vazifa sifatida ilgari surdilar. Zero,
mustaqil fikrlash –
kundalik hayotda ro’y berayotgan voqea-hodisalarning mohiyatini, ularning sirlarini aniqlash,
tahlil qilish va ajrata olishga hozirlikning mavjudligidir. Bu o’rinda
Uolter Lippman ning fikri
ham o’rinli: “Hamma bir xil fikr yuritgan yerda, hech kim ko’p o’ylamaydi”.
Agressiya yoki kishilar o’rtasida paydo bo’lgan kelishmovchiliklar oqibatida kelib
chiqadigan vajohat holati bugungi kunda, nafaqat, psixologlarni, balki sotsiologlar,
huquqshunoslar, pedagoglar, faylasuflar, ijtimoiy soha xodimlari hamda turli bo’g’in rahbarlarini
ham baravar qiziqtirayotgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Bundan tashqari egressiv xulqni shakllanishiga turtki berayotgan motivatsiyalar, ya’ni
kishilar o’rtasidagi nizo, bir-biriga nisbatan zo’ravonlik kabi hissiyotlarni keltirib chiqaruvchi
sabablar masalasini ham o’rganish amaliy ahamiyatga molik jarayonlardandir.
Oilada olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat. Harakatlar strategiyasida ijtimoiy sohani rivojlantirish.(qizil rang-hayot va aholining
munosib turmush tarzini ta’minlash ramzidir. Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan
xalqning ijtimoiy rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlar belgilab berildi.Maishiy xizmat,
aholining yashashi uchun yangi zamonaviy turar joylar barpo etildi.Oilalarning ravnaqi yo’lida
amalga oshirilayotgan barcha ishlar xalqimiz manfaatiga xizmat qilmoqda.Ijtimoiy reabilitatsiya
maskanlari,madaniyat saroylari,madaniy hordiq, dam olish uylari va boshqalar shular
jumlasidandir.
Xalq pedagogikasida komil inson tarbiyasi faqat ota-onaning vazifasi emas, balki butun
jamiyatning vazifasi sifatida talqin qilinadi. Ayni payt tarbiyada ota-ona, oilaning ahamiyati
inkor qilinmaydi. “Qush uyasida ko’rganini qiladi”, “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” singari
maqollar shundan darak beradi. Etnopedagogikada ham tarbiya ijtimoiy vazifa deb qaraladi.
Buyuk ajdodlarimiz, pedagog-olimlarimiz o’z asarlarida xalq badiiy ijodi namunalariga
tayanib ish ko’rganlar. Donishmand xalq olg’a surgan tarbiyaning xalqchilligi va tabiatga
uyg’unligiga doir g’oyalarni ijodiy rivojlantirganlar. Xalq tafakkuri rivoji uchar gilamlar va otlar,
oynai jahonlar yaratishni orzu qilishda ifodalangan bo’lsa, hozirgi zamonda ular haqiqatga
aylandi. Shu jarayonda xalqning tarbiya haqidagi tushunchalari ham o’sib bordi.