Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

Oilaning tipologiyasi-
oilaning ko’plab tipologiyalari mavjud bo’ladi: psixologik, 
pedagogik, sotsiologik. Ijtimoiy pedagogning faoliyati vazifalariga kompleks tipologiyasi javob 
beradi, u jamiyatda ijtimoiy moslashuvi darajasi bo’yicha farq qiladigan 
oilaning to’rt 
kategoriyadagi tiplarini
ajratishni ko’zda tutadi.
 
1.
Yuqori darajasi - mustahkam oilalar. 
2.
O’rtacha – xavfi bor oilalar guruhi. 
3.
Past darajali – notinch (baxtsiz) oila. 
4.
Juda past – assotsional oilalar. 
Tinch, baxtli oilalar o’z vazifalarini bajara oladilar. Ijtimoiy pedagog va apsixologlar 
yordamiga deyarli muhtoj emaslar. Bunday oilalar moslashish qobiliyatlari hisobiga, ya’ni 
moddiy, psixologik va boshqa ichki imkoniyatlariga asoslangan qobiliyati hisobiga o’z 
bolasining talab-ehtiyojlariga tezlikda moslashib oladi va uni tarbiyalash va rivojlantirish 
masalarini muvaffaqiyatli hal etadi. Muammolar paydo bo’lgan hollarda ularga ijtimoiy 
pedagogning bir martalik yordami (maslahati) yetarli bo’ladi. 
Notinch oilalar,
bu hayot faoliyati biror-bir sohasida yoki bir vaqtda bir nechtasidan past 
ijtimoiy mavqega ega bo’lgan oilalar. 
Masalan, oila daromadi past darajada, yomon 
psixologik muhit, oilada madaniyat darajasi past. Bunday oilalar ularga yuklatilgan 
vazifalarni bajara olmaydilar, ularning moslashish qobiliyatlari past, bolani oilaviy 
tarbiyalash jarayoni qayta qiyinchiliklar bilan o’tadi, natijasi kam bo’ladi. Bunday turdagi 
oila uchun ijtimoiy pedagog tomonidan faol va davomiyli yordam kerak bo’ladi. 
Asotsional oilalar – bu ota-onalari xulqi buzuq, qonunga xilof ravishda hayot 
kechirayotgan oilalar va bu oilalarda yashash – turmush sharoitlari eng oddiy sanitar-
gigienik talablarga javob bermaydi.
Bunday oilalarda odatda bolalar tarbiyasi bilan hech kim 
shug’ullanmaydi, bolalar qarovsiz qoladilar, yarim och, yarim yalang’och bo’lib rivojlanishdan 
ortda qoladilar. Ota-onalari tomonidan boshqalar tomonidan am jabrlanadilar, ijtimoiy 
pedagogning bunday oilalar bilan ishlari huquqni himoya qilish organlari bilan birgalikda, 
hamda vasiylik qilish organlari bilan hamkorlikda olib borilishi kerak. 
Oilaga ijtimoiy-pedagogik yordam shakllari; chet el amaliyotida muhtojlarga uzoq vaqtli 
va qisqa vaqtli ishlar shakllaridan foydalanib ijtimoiy-pedagogik yordam ko’rsatish boy 
tajribalari to’plangan. 
Oz vaqtli shakllari orasida olimlar inqiroz intervent va muammoli-yo’naltirilgan modelni 
o’zaro aloqlarini ko’rsatadilar. 
Inqiroz intervent modelli oila bilan ishlashda bevosita inqirozli vaziyatlarda yordam 
ko’rsatishni ko’zda tutadi. Bunday vaziyatlar oilaning kundalik hayoti davomida yuzaga kelishi 
mumkin yoki tasodifiy zarar yetkazuvchi holat bo’lishi mumkin. Bunday noqulay davrlar 
bolaning yoshi inqirozi bilan bog’liq, bunda oilada psixologik-pedagogik muammolar kuchayadi. 


83 

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin