82
Oilaning ijtimoiy moslashishi birinchi tashkil etuvchisi – oilaning moddiy
axvolidir.Oilaning daromadlari darajasi, hamda turar joyi sharoitlari belgilangan normadan past
bo’lsa (tirikchilik minimum va boshqalar) buning oqibatida oila eng kerakli hisoblangan oziq-
ovqat, kiyim, turar joyi uchun haq to’lash talablarini qondira olmaydi, bunda oila kambag’al
hisoblanadi va uning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei – past hisoblanadi.
Teng huquqlilik va hamkorlik printsiplarida qurilgan munosabatlar mahqul hisoblanadi.
Oilada bir-birlarining huquqlarini hurmat qilishadi, bir-biriga bog’langanlik mavjud, emotsional
yaqinlik xis etiladi. Bularning hammasi oilaning asosiy vazifalaridan biri bo’lgan –
psixoterapevtik, ya’ni stressni va charchoqni yo’qotish, jismoniy va mahnaviy kuchlarini tiklab
olishi kabi vazifasini bajarishga har bir oila a’zosiga halaqit qiladi. Bunday holatda ijtimoiy
psixologik muhiti – past darajali bo’ladi.
Shu bilan birga yomon munosabatlari inqirozli, butunlay bir-birini tushunmaslik, bir-
biriga dushmanlik, jahl bilan kuch ishlatish (psixik, jismoniy, jinsiy), ajrashish istagi paydo
bo’lishi bilan ifodalanuvchi holatlarga aylanishi mumkin. Inqirozli munosabatlarga misollar:
ajralish, bolaning uydan qochib ketishi, qarindoshlari bilan munosabatlari, aloqalarining
to’xtalishi.
Dostları ilə paylaş: