Uch yosh inqirozi shaxsning asosiy individual-psixologik sifatlari shakllanishi jarayoni
bilan va ijtimoiy-mahnaviy sifatlarining rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish bilan bog’liq
bo’ladi.
7-8 yosh inqirozi maktab o’quvchisi yangi ijtimoiy mavqega moslashishi, hayotning
yangi rejimini o’zlashtirishi, o’qituvchi bilan, bolalar jamoasi bilan munosabatlar o’rnatilishi
bilan bog’liqdir.
12-17 yosh inqirozi o’zini tashkil toptirish, oila a’zolari, ota-onalari bilan, umuman
kattalar bilan munosabatlarini o’zgartirish davri.
18-21 – ijtimoiy o’zini aniqlash davri.
Oilaga inqiroz paytida faqatgina ijtimoiy pedagog emas, balki professional psixolog,
yordam ko’rsatish norasmiy guruxlari, maxsus tashkilotlar (ijtimoiy himoya, reabilitatsiya
markazi va boshqalar) yordam ko’rsatadilar.
O’zaro aloqalar muammoli- yo’naltirilgan modeli (shakli) qisqa vaqtli ishlar
strategiyasiga kiradi, uning davomiyligi 4 oydan oshmaydi. Muammoli-yo’naltirilgan modeli
oila murojaat etgan aniq amaliy masalalarni hal etishga qaratilgan bo’ladi.
Bu model diqqat markazida muammo va yordam ko’rsatuvchi mutaxassislar bo’ladilar,
oilaga yordam ko’rsatuvchilar o’z kuchlarini oila anglab yetgan va ular buning ustida ishlashga
tayyor bo’lgan muammoni hal etishga qaratishlari kerak. Bunday muammolar bolaga destruktiv
munosabatlar (lotincha destructio-buzish, barbod etish, biror narsaning normal tuzilishini
parchalash), tarbiyalash noto’g’ri usuli, oiladagi yomon, ko’ngilsiz psixologik muhit bo’lishi
mumkin. Chet el davlatlari ish tajribalarida asosan ustun bo’lgan ishlar olib borish uzoq vaqtli
shakllari mijoz bilan uzoq vaqt munosabatda bo’lishni (4 oy va undan ko’p) talab etadi va
odatda psixologik yondoshishga asoslanadi.
Oilalar ijtimoiy-pedagog va psixologik yordam so’rab murojaat etmasa (ular bunga