ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si
114
ota-bobomizdan bizgacha yetib kelgan musiqiy madaniyatimizni asragan , an’anaviy
qo’shiqchilik va milliy musiqa boyligimizdan foydalangan holda bugungi zamon ruhiga mos
musiqalar yaratish, jahon klassik musiqa san’atidan unumli foydalanish, milliy estrada ruhida
qo’shiqlar yaratish bugungi kunning dolzarb vazifasi bo’lib qolmoqda. Bundan tashqari,
maqom san’ati, cholg’u ijrochiligiga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Orkestr va ansambl
jamoalari sonining kundan-kunga ortib borishi ham cholg’u ijrochiligiga qaratilayotgan
e’tiborning yaqqol dalilidir. Bugungi kunda talaygina orkestr va ansambl jamoalari o’z
faoliyatlarini olib bormoqda.
O’zbekiston musiqa madaniyatida damli va zarbli cholg’ular ijrochiligi o’ziga xos o’rin tutadi.
Ushbu yo’nalish boshqa ijrochilik turlariga qaraganda nisbatan kechroq rivojlanish bosqichini
boshidan o’tkazgan bo’lsa ham, kelgusida ular bilan tenglashib hozirgi vaqtda o’z professional
mavqeyiga ega bo’lgan va zamon talablariga har tomonlama javob beradigan darajaga erishdi.
Biroq cholg’ularga doir ilmiy ishlar, darslik va manbalarning kamligi hali ham muammoligicha
qolmoqda.
Musiqa (yun. mousiche —muzalar sanʼati) — inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur
doirasini musiqiy tovush (ton, nagʻma)lar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi
san’at turi . Uning mazmuni oʻzgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi muayyan musiqiy-
badiiy obrazlardan iborat. Musiqa insonning turli kayfiyatlari (masalan, koʻtarinkilik, shodlik,
zavqlanish,
mushohadalik,
gʻamginlik,
xavf-qoʻrquv
va
boshqalar)ni
oʻzida
mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, musiqa shaxsning irodaviy sifatlari (qatʼiyatlik,
intiluvchanlik, oʻychanlik, vazminlik va boshqalar)ni, uning tabiati (mijozi)ni ham yorqin aks
ettiradi.
Musiqaning mazmuni — shaxsiy, milliy va umumbashariy badiiy qiymatlarning birligidan
iborat boʻlib, bunda maʼlum xalq, jamiyat va tarixiy davrga xos ruhiy tarovat, surʼat, ijtimoiy
fikr va kechinmalar umumlashgan holda ifodalanadi. Musiqa shakllari har bir davrning
maʼnaviy-maʼrifiy talablariga javob bergan holda, ayni vaqtda inson faoliyatining koʻpgina
jabhalari (muayyan jamoaviy tadbirlar, odamlarning oʻzaro etik va estetik taʼsir etish, muloqot
qilish jarayonlari) bilan mushtarakdir. Musiqaning ayniqsa, insonning axloqiy va estetik didini
shakllantirish, hissiy tuygʻularini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini ragʻbatlantirish vositasi
sifatida roli juda muhimdir.
Oʻquvchi yoshlarni musiqiy taʻlimda cholgʻu ijrochiligiga qiziqtirish toʻgʻrisida fikr yuritishdan
avval, musiqa cholgʻulari haqida toʻxtalib oʻtsak. Musiqiy cholgʻular -musiqiy ton yoki oʻziga
xos jarangdor tovushlar hamda maʼlum ritmik tuzilmalarni hosil etishga moʻljallangan cholgʻu
asboblar; musiqani yakkanavoz yoki jamoa (turli ansambl, orkestr va boshqalar) tarzda ijro
etishda ishlatiladi. Har bir musiqa cholgʻularning sadosi oʻziga xos tembr, maʼlum diapazon,
tovushqator va ifodaviy imkoniyatlarga ega. Musiqa cholgʻular sadosining sifati koʻpincha
muayyan cholgʻuning shakli, umumiy tuzilishi, qurilmasi va uni tayyorlashda ishlatiladigan
homashyosiga bogʻliq.
Musiqa cholgʻulari qadimda qamish, bambuk, yogʻoch, tosh, suyak, metall, teri, ipak, kokos
yongʻogʻi, qovoq va boshqa homashyolardan tayyorlangan. Sadolanish xususiyatini
qoʻshimcha vositalar, ijrochilik uslublari (masalan, torli sozlarni tirnab-chertib chalish, flajolet
va boshqalar), baʼzi musiqa bezaklari yordamida oʻzgartirish mumkin. Uning paydo boʻlishi
insoniyat tarixining ilk davrlariga toʻgʻri keladi, rivojlanish jarayoni esa musiqa sanʼati va
ijrochilikning rivojlanishi hamda musiqa cholgʻularini ishlab chiqarish texnika taraqqiyoti