ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
115
bilan bogʻliq. Musiqa cholgʻulari tovush manbai va tovush hosil qilishi boʻyicha guruhchalarga
boʻlinadi. Biz quyida damli va zarbli cholg’ular guruhi haqida qisqacha to’xtalsak:
tilchali cholg’ular (surnay, qoʻshnay, boʻlamon, shoxnay, klarnet, goboy va boshqalar);
tilchasiz cholg’ular (naylar, fleytalar);
mundshtukli cholg’ular (truba, valtorna, tuba, karnay va boshqalar);
pnevmatik klavishli cholg’ular (organ va uning turlari).
Anʻanaviy metodlarga koʻra, cholgʻuda ijro etishni oʻrgatishdan avval, uni koʻrsatib
tanishtirishi kerak. Oʻquvchilarni avvalo cholgʻu bilan yaqindan tanishtirish va ularda qiziqish
uygʻotish lozim.Shundan soʻng chalinadigan musiqiy asar bilan tanishtiriladi va oʻqituvchi
tomonidan bir necha marta ijro qilinib beriladi. Oʻquvchilarda tushunchalar hosil qilinadi.
Avvaliga chapak, ogʻizda tovushlarni chiqarish yordamida kuyni taktlarga boʻlib ijro qilinadi.
Asta sekin musiqiy cholgʻu asbobida taktlarga boʻlib oʻrganiladi.
Oʻquvchilar qanchalik cholgʻu haqida koʻproq maʻlumotga ega boʻlsa,
chalishni istagan yoki
tanlangan cholgʻu asbobi haqidagi qiziqarli maʻlumotlarni bilsa, cholgʻu
asbobini chalgan
insonlar hayoti va muvaffaqiyatlari haqida tushunchalarga ega boʻlsa, qiziqishi yanada ortadi
va cholgʻuni oʻrganish davomidagi qiyinchiliklarga ham chidamli boʻladi.
Bugungi kunda
oʻquchilarga anʻanaviy metodlarga qoʻshimcha zamonaviy
metodlardan ham foydalanib,
zamon talablari bilan hamnafaslikda oʻrgatilmoqda.
Zamonaviy metodlarda oʻquvchilarga asbobni nafaqat jonli
chalib balki multimedialar
yordamida ham na’munalar koʻrsatish orqali ham ifodalanmoqda.
Bundan tashqari
chalinadigan cholgʻuga zamonaviy usullar berish orqali qiziqtirilib oʻrgatilmoqda.
Shundan
soʻng musiqiy asar bilan tanishtirilib taktlarga boʻlib oʻrgatilinadi. Bolalar cholgʻu asboblarida
joʻr boʻlish eng qiziqarli mashgʻulotdir,chunki bolalar cholgʻu
asboblari jonli,
tovushli
oʻyinchoqlar sifatida har bir oʻquvchini qiziqtiradi. Bolalar cholgʻu asboblari birinchi navbatda
oʻquvchilarda ijrochilik elementlar orqali ijodkorlik,musiqiy uquv qobilyatlarini rivojlantiradi.
References:
1.
B.Salixov, B.Matyoqubov "O'zbekistonda damli va zarbli cholg'ular ijrochiligi tarixi"
(Toshkent-2007);
2.
Sаliхov B., Mаtyoqubov B. O’zbеkistondа dаmli vа zаrbli cholg’ulаr ijrochiligi tаriхi. –T.,
2007.
3.
B.Matyoqubov-"Damli va zarbli cholg'ularda chalishni o'rgatish uslubiyati" (Toshkent-
2008);
4.
R.M.Petrov, B.Matyoqubov "Cholg'ushunoslik va cholg'ulashtirish" (Toshkent-2006);
5.
Nigmаtov R. Dаmli cholg’ulаr аnsаmbllаri. –T., 2012 (qo’lyozmа).
6.
R.Nigmatov-"Damli cholg'ular ansambllari" (Toshkent-2013);