31
To‘rtinchidan, bolalar ovozini asrab tarbiyalash, qo‘shiqlarni
sodda, ravon, erkin, tabiiy va ifodali kuylashga o‘rgatish hamda unga
odatlantirish;
Beshinchidan, tarbiyalanuvchilarni musiqiy asarlardan zavq
olishlari, shu asosda ularning musiqiy did va badiiy fikr yuritishlarini
rivojlantirish;
Oltinchidan, musiqa mashg‘ulotlari jarayonida musiqiy asardagi
badiiy obrazlarni o‘yin va raqs ifoda etishga o‘rgatish;
Yettinchidan,
musiqa
mashg‘ulotlarida
bolalarni
milliy
qadriyatlarimiz bilan tanishtirish, milliy cholg‘u sozlar jo‘rligida milliy
ohang-kuy va musiqiy-ritmik harakatlarni bajarishga o‘rgatish;
Sakkizinchidan, musiqa mashg‘ulotlari mazmunini maktabgacha
ta‘lim muassasasi, Vatan, shahar, mahalla, tabiat, jamiyat hayoti bilan
bog‘lash, ta‘lim muassasalarida o‘tkaziladigan tadbirlarda o‘rganilgan
kuy va qo‘shiqlar bilan ishtirok etish. Turli ertaliklar, konsertlar tashkil
etish kabi vazifalarni amalga oshirish talab etiladi.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, maktabgacha ta‘lim muassasalari
musiqa mashg‘ulotlarida bola hayotini, tevarak-atrofni musiqiy obrazlar
orqali idrok etish uchun repertuar tanlash lozim bo‘ladi. Olib boriladigan
musiqiy tarbiya ishlarini badiiy adabiyot va tasviriy san‘at bilan uzviy
ravishda bog‘langan holda amalga oshirish, musiqiy tarbiyaning ilg‘or
tajriba va turli metodlaridan foydalanib o‘tkaziladigan har bir musiqa
mashg‘ulotini bolalarga badiiy-estetik zavq uyg‘otishini, ularning his-
tuyg‘ularini shakllantirishda, ijodiy fikrlash qobiyati va nutqini
o‘stirishda xizmat qilishni ta‘minlash lozim. Bundan tashqari musiqiy
o‘yinlar va raqslardan ham foydalanish bolalarda ritm tuyg‘usi,
chaqqonlik va harakatchanlikni shakllantirib, qomatning to‘g‘ri
o‘sishiga yordam beradi. Bu jarayon bolalarning aqliy va jismoniy
rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Anashu ishlar maktabgacha
ta‘lim muassasalarida olib boriladigan barcha musiqiy ta‘limni va
tarbiyani ishlar yosh avlodda olijanob fazilatlarni bog‘cha yoshidan
shakllantirishda nafosat tarbiyasining tarkibiy qismi bo‘lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: