Viloyati tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tasarrufidagi


Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/59
tarix24.10.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#160449
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   59
3-Sinf

Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi. 
MMIBDO‘
: __________________ 


 
Sana:
20-mavzu:Bobolarimiz merosi. 
(Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan
)
 
I.Kirish: 
Sinf soat mashg`ulotning maqsadi: 
O`quvchilarni ajdodlarimiz an`analarini hurmat qilish,e`zozlash ruhida 
tarbiyalash.Ular qalbiga milliy va umuminsoniy qadriyatlar,ezgulik va insonparvarlik tuyg`ularini singdirish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
— media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni
saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, 
media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantira oladi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
— 
doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, 
hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda 
muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini 
egallaydi 
Kun shiori: Bizning ikki buyuk bobomiz 
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi
: rasmlar,plakat. 
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi: 
Tashkiliy qism. O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.O`quvchilar diqqatini mavzuga 
jalb qilish. 
II.Asosiy qism: 
O`qituvchi:Hammamizga ma`lumki,Navoiy bobomiz 
1441-yil 9-fevral kuni Hirot shahrida dunyoga kelganlar.Otalari 
G`iyosiddin Bahodir saroy beklaridan bo`lganlar.Shoir bolalik 
chog`laridanoq zehnlari o`tkir bo`lib,4-5 yoshlaridan boshlab o`qish 
va yozishni bilib olganlar,ko`plab g`azallarni yod bilganlar. Men 
sizlarga A.Navoiy bobomizning tug`ilishlari haqidagi rivoyatni aytib 
bermoqchiman. Saroy beklaridan G`iyosiddin Kichkina o`g`il 
ko`rmishlar,murg`ak go`dak sharafiga ziyofat bermishlar. Xona 
to`rida nuroniy keksalar anjumani,qo`lida go`dak bilan G`iyosiddin 
Kichkina kirib keladi. 
O`tirganlar: 
-Farzand muborak bo`lsin, G`iyosiddinbek. 
-Rahmat,qulluq,qulluq. 
Xondamir(go`dakni qo`liga olib): 
- G`iyosiddin Bahodir o`g`li ko`rmishlar,mavlono Lutfiy ul 
go`dakning ismini o`zlari qo`yib bersalar.(O`tirganlar ma`qullshadi) 
Lutfiy:Qutlug`chehrasidan hidoyat balqib turibdi.Agar ustozlarimiz 
Jomiy,Dehlaviy va Ganjaviylarga manzur bo`lsa,Ollohning inoyati ila 
ulug` va komil bo`lsin, degan niyatda bul go`dakka Alisherbek ismini qo`ygumizdir. 
O`tirganlar:G`oyat go`zal ism,maqbul mavlono Lutfiy. 
G`iyosiddin:Tashakkur ,mavlono,qulluq.Boshimiz osmonga yetdi. 
Xondamir(qo`lini duoga ochadi):Omin,Alisherbekning umrlari uzun,rizqlari mo`l bo`lsin.Buyuk davlat 
arbobi,ulug` shoir bo`lsin.El –yurt madadkori bo`lib yetishsin. Ollohu akbar. 
Ularning niyatlari ijobat bo`lib,u ulug` donishmand,buyuk shoir va iste`dodli olim bo`lib yetishadi.Alisher 
Navoiy butun faoliyatini va ijodini odamlarning baxt-saodatiga,ilm-fan taraqqiyotiga bag`ishladi. Suhbatimizni 
temuriylar avlodining iste`dodli vakili,atoqli shoir,buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburga 
qaratamiz.Shoir 
buyuk 
mutaffakir 
Alisher 
Navoiy 
an`analarini 
davom 
ettirib,Vatanga 
muhabbat,insonparvarlik,ma`rifatparvarlik g`oyalari bilan sug`orilgan ajoyib asarlar bitdi.U odob-axloq 
mavzusiga asosiy e`tiborini qaratdi.Xalq manfaatlarini o`yladi.Inson qadr-qimmatini yuqori tutdi.Odamlarni 
kamtarin,ko`rkam fazilatlar egasi bo`lishga da`vat etdi. 
Buyuk ishlarni amalga oshirgan,qudratli davlat barpo etgan,ajoyib asarlari bilan dunyo ahliga tanilgan 
bobolarimiz bilan qancha faxrlansak ,arziydi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin