Ijtimoiy rejalashtirish davri
(1917-1991). Ijtimoiy ta'minot tizimining
isloh qilinishi. Xususiy va umumiy xayriya shakllarini o‗z ichiga oladi. Ijtimoiy
ta'minot vazirligi pensiya ta'minoti, nogironlar, yolg‗iz va ko‗p bolali oilalar, ota-
onasiz bolalarni qo‗llab-quvvatlashni amalga oshiradi. Bu davrda mamlakatda na
tekinxo‗r, na tilanchilar bo‗lmagan.
Ijtimoiy ish institutining shakllanish davri
( 1990- yy dan.). Ijtimoiy-
iqtisodiy aloqalarning o‗zgarishi, narxlarning erkinlashtirilishi, ishsizlik ijtimoiy
muammolarga olib keldi. Qisqa muddatli dasturlar paydo bo‗ldi: kam ta'minlarga
pul, ijtimoiy yordam ko‗rsatish bo‗yicha. Muhtojlarga yordam berish tizimi
shakllanyapti. Shuning uchun bu muammo bizda va xorijda qanday hal
qilinayotganini o‗rganish muhimdir.
Ijtimoiy ishning kasb sifatida rivojlanishini uch bosqichga bo‗lish mumkin.
Birinchi bosqich ijtimoiy ishning kasb sifatida paydo bo‗lishi bilan xarakterlanadi.
Ikkinchisi 20-asrda shimoliy Amerika va yevropada ijtimoiy ishning ijtimoiy
institut sifatida o‗zgarishidir. Uchinchi bosqich ijtimoiy ishning butun dunyoda
qo‗llanilish bilan bog‗liq.
21
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1.
Ijtimoiy ishning maqsadi va vazifalari.
2.
Ijtimoiy yordam ob'ekti va sub'ekti.
3.
Xayriya va g‗amxo‗rlik qilish.
2-Mavzu. Muhtojlarga yordam berish va diniy e'tiqodlar
1.
Dastlabki sivilizatsiyalarda xayriya g‗oyalarining paydo bo‗lishi
2.
Xristian xayriya amaliyoti
3.
Islom dinida xayriya burchlari
4.
Pravoslav xristianlik va uning xayriyaning rivojlanishidagi ahamiyati.
5.
Iudaizm va xayriya faoliyati
1
.
Qadimgi misrliklarda muhtojlarga ko‗mak berish va beg‗araz shakldagi
saxovat to‗g‗risida tushunchalar mavjud bo‗lgan. Qadimgi Misr bo‗yicha yozma
manbalar bizgacha Piopinaxt so‗zlarida yetib kelgan bo‗lib unda shunday deyiladi:
«Men qorni ochga non berdim, kiyimsizni kiyintirdim», «Ptaxotep o‗gitlarida»
shunday deydi: «O‗z yaqinlaring bilan munosabatlarda ochko‗z bo‗lma, iltijo qilish
buyuk kuchdir». Qadimgi Misrliklarda saxovat - o‗zaro yordam va beg‗arazlik
to‗g‗risida tasavvurlar mavjud edi.
Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasida yaqinlarni sevish, o‗zaro hurmat va qo‗llab-
quvvatlash muhim axloqiy vazifalardan biri sanalgan. Bu qadimgi xitoyliklarning
insonparvarlik, adolatlilik va burch tushunchalariga kirgan. Ular Konfutsiy
tomonidan ishlab chiqilgan xitoy axloq tizimining ―besh doimiysi‖ bo‗lib, yaqinlar
bilan munosabatlarni anglatgan: «otaga hurmat, o‗g‗ilga izzat, katta akaning
kichigiga do‗stona munosabati, kichik ukaning akasiga hurmat bilan munosabatda
bo‗lishi, er-xotin o‗rtasidagi kelishuv».
Konfutsiy fikricha, adolatli tartibni saqlab turishning vositasi qonun emas,
balki ideal axloq namunasi mustahkamlangan an'ana va axloqiy asoslarga rioya
qilish, bir-biriga yon berish va o‗zaro voz kechishga shaxsni majbur qiluvchi
22
tadbirlarga amal qilishdir. Insonparvarlik va saxovat tuyg‗ulari Konfutsiy
tomonidan ishlab chiqilgan «syao» – o‗g‗ilga xos hurmat to‗g‗risidagi asarida o‗z
isbotini topgan. Odobli o‗g‗il butun hayoti davomida o‗z ota-onasi to‗g‗risida
g‗amxo‗rlik qilishi, har qanday holatda ularga xizmat qilishi va ularning ko‗ngligi
yo‗l topishi kerak. «Agar rahm-shafqat bo‗lmasa qanday qilib olijanob erkak
bo‗lish mumkin.?!Oliyjanob erkak hattoki ovqatlanish vaqtida ham rahmdillik
to‗g‗risida unutmaydi».
Rahmdillik an'analari, yaqinlarga insoniy munosabat qadimgi Hindiston
axloqiy madaniyatida o‗ziga xos bo‗lgan. «Rigveda» madhiyasida shunday so‗zlar
bo‗lgan: «Beruvchining boyligi kamaymaydi... Kimda ovqat bo‗lsa kuchsizlar
uchun bersin, kim faqat o‗zi uchun harakat qilsa bu inson yordam beruvchi
bo‗lmaydi. Yaxshi fazilat-bu xudoning qonunlariga itoat etish, shu jumladan
odamlarni sevishdir. Qadimgi hind diniy kitoblarida shunday jumlalarni uchratish
mumkin: «Barcha tirik narsalarga xayrixoxlik bilan munosabatda bo‗l, himmat
shaklida xursand bo‗l, nochorlarga rahmdil bo‗l va achin».
Ijtimoiy o‗zaro faoliyatni tartibga soluvchi keyinchalik paydo bo‗lgan
huquqiy hujjatlar Manu qonunlari, deb atalgan. Unda nikoh shakllari, farzandlikka
olish mexanizmi, mulkni meros qilib qoldirish xususiyatlari tasvirlangan
Xayriya g‗oyalari, o‗zaro ko‗mak, saxovat faoliyati antik dunyo axloqiy
madaniyatida o‗z rivojiga ega bo‗ldi. Qadimgi Gretsiyada kambag‗allarni qo‗llab-
quvvatlash burch sanalib, chunki bu muhtojlar qarindoshlik holatida bo‗lishgan va
qabilaning mijozlari deb atalgan. Aynan qadimgi shahar polislarda xayriya va
ta'minotni davlat tomonidan tartibga solish asoslari paydo bo‗lgan.
Chet ellik yoki tilanchilar Zevs xudosining qaramog‗ida deb hisoblangan.
Bundan tashqari o‗z xudolari inson ko‗rinishida yerda kezib yuradi deb
hisoblashgan. Shuning uchun kelgan mehmon xursandchilik bilan kutib olinib, qo‗l
va oyoqlarini yuvishi uchun suv quyilgan, keyinchalik undan kimligi, qayerdanligi
va nima uchun kelganligi so‗ralgan. Ketayotgan vaqtda unga yaxshi sovg‗alar
berilgan. Gadoylarga ham achinish bilan munosabatda bo‗linib. Sadaqa, ba'zan
oyoq kiyim va ust-boshlar berilgan, tantanalarga qatnashishga takliq etilgan.
23
Nochorlarga yordam berish grek shahar polislarida muhim g‗amxo‗rliklardan biri
sanalgan. Tez-tez mulksizlarga jihozlar va pul berilgan.
Qadimgi Gretsiyada kasallarni parvarishlash alohida ehtiborga jihat
bo‗lgan.Shu davrda harbiy nogironlar oilasi bilan davlat hisobidan ta'minlash
tadbirlari qabul qilingan. .
Demokratik
tuzilmalar kambag‗allarga vasiylik asosidagi xayriya
faoiyatining yangi, zaruriy, majburiy tizimini talab qildi. Shahar davlatlar
murakkablashib, xayriya faoliyati va bu faoliyatning ob'ektini o‗zgartirdi.
Ijtimoiy yordamni tashkil etish muammosi qadimgi Rim davlat rahbarlari
oldida turgan. Filantropik yo‗l bilan davlatda tartibni ta'minlashda Davlatda
filantropik yo‗l bilan tartibni saqlashga uringan Avgust ijtimoiy lavozimdagi
xodimlarni tashkil qilish, ularning vazifasi xalq o‗rtasida nonni taqsimlashda
umumiy ishlarni tashkil qilish uchun javob berish edi. ; Klavdiy davrida
yetimlarga vasiylik uchun javob beruvchi xodimlar paydo bo‗ldi. Shunday qilib,
davlat filantropiyasi boshqarish, bo‗ysunish va nazorat qilish tizimi bilan dastlabki
ijtimoiy tashkiliy xususiyatga ega bo‗ldi. O‗zaro yordam shakllari davlat
ishtirokisiz paydo bo‗ldi. Masalan dafn qiluvchi o‗rtoqlar deb nomlangan
jamiyatda, uning asosiy maqsadi o‗z a'zolarini tartibli dafn qilishdir.
Siyosiy arbob va yozuvchi Sitseron fikricha xariyaga nisbatan inson
tabiatidagi boshqa yaxshi narsa yo‗qdir. Shunday qilib insonlar ongida fuqarolar va
davlatga yo‗naltirilgan umumiy javobgarlik paydo bo‗ldi.
Qadimgi Rimda xayriya yordam, yetim va tashlab ketilgan bolalarga
qarashga katta e'tibor berilgan. Bu yordam davlat darajasida amalga oshirilgan.
Nerv va Trayan imperatorligi davrida yer ijarasi evaziga ssuda berish mavjud
bo‗lgan. Olingan foyda bolalar, ayniqsa yetimlar tarbiyasiga yo‗naltirilgan.
Davlat xayriyasi bilan bir vaqtda munitsipal xayriya ham mavjud bo‗lgan.
Mulkiy tengsizlikning o‗sishi, ozod hunarmand va yer eagalarining paydo bo‗lishi
bilan faqatgina kambag‗al fuqarolar g‗azna hisobidan yashashiga olib keldi. Tit
Liviya shundan dalolat beradiki, Rimning kambag‗al fuqarolari g‗azna hisobidan
24
yashashlari mumkin bo‗lgan. Rimlik harbiy nogirolarga yer maydonlari berilgan va
ishlab chiqarilgan mahsulot ularning foydasi deb belgilangan.
Eramizgacha bo‗lgan 2-asrdan milodning 2-asrigacha bo‗lgan davrda rim
xuquqi deb nomlangan qadimgi Rimning xuquqiy tizimi shakllandi. Bunda bir
qator moddalar mavjud bo‗lib, bevosita va bilvosita ta'minot muammosiga tegishli
edi:
Farzandlikka olish-ikki shaklda –: o‗z bolasi bo‗lmaganda merosxo‗r
olish uchun va oilaga qo‗shicha ish kuchi olish uchun farzandlikka olish.
Vasiylik va vasiylik qilish –vasiylikka olinuvchi shaxs to‗g‗risida
g‗amxo‗rlik qilishni aks ettirib, rim huquqi bo‗yicha ular hyech qanday mulkka va
ularni mustaqil taqsimlash bo‗yicha imkoniyatga ega bo‗lmaganlar.
Vasiylik va homiylik shakllari vasiylik ob'ektiga bog‗liq holda ajratilgan
:
- voyaga yetmaganlar to‗g‗risida vasiylik qilish;
- ayollarga vasiylik qilish;
- aqli zaiflarga vasiylik qilish;
- isrofgarlarga vasiylik qilish.
Shunday qilib qadimgi Gretsiya va Rimda filantropik faoliyatning
rivojlanishi ham davlat, ham xususiy shaxslar tomonidan amalga oshirilib, har
qanday xayrli ishlarning boshlanishini anglatgan, bunda pul va non berish,
shuningdek bayram va tomoshalar o‗tkazish mumkin edi.
2
.
Xayriya faoliyatiga bag‗ishlangan ko‗pgina ishlarda xristianlik bilan
xayriyaning paydo bo‗lishi o‗rtasidagi aloqalar o‗rganilgan.
Pastki qatlamga rahmdillik qilish va ularni qiynaydiganlarni muhokama
qilish ma'lum darajada cherkovlarning ijtimoiy olimlari tomonidan amalga
oshirilgan. Bu munosabatlardagi cherkov dasturi kambag‗allar foydasiga xayriya
qilish talablaridan iborat edi. Nochorlikni yo‗qotish usullari to‗g‗risida o‗ylab
ko‗rilmagan. Bu vaqtda kambag‗allarga boylar tomonidan ularni hayotini
yengillashtirish zaruriyati ko‗rib chiqilgan. Shu tarzd sadaqa berishning ma'lum
qoidalari shakllangan.:
25
1) ahamiyat faqatgina qo‗ldan qo‗lga o‗tadigan bevosita xayriya;
2) saxovat sir saqlanishi kerak;
3) tilanchilik sababi va holatisiz xayriya muhimdir;
4) tilanchi unga yordam bergan shaxsning ismini bilishi va cherkovda uning
uchun ibodat qilishi kerak bo‗lib, unga yordam qaytarishi majburiy emas.
Yomon ovqatlanish va tibbiy holatning achinarli ahvoldaligi, epidemiyalar
jismoniy holatning buzilishi va aholining o‗lim darajasi yuqori bo‗lishiga sabab
bo‗ladi. O‗rtacha hayot davri juda past va o‗ttiz yildan oshmaydi.
Moxov kasalligining tarqalishi natijasida kasallar uchun maxsus ajartilgan
joylar, katolik cherkovi tomonidan yaratilgan joylar paydo bo‗ldi. 14-asr
o‗rtalarida yevropaga yanada xavfli yuqumli kasalliklar kirib kelib, g‗arb dunyosi
hayotini tahlikaga soldi. O‗lat epidemiyasi sanitar qonunchilik va shahar
sanitariyasi paydo bo‗lishiga olib keldi.
Katolik xayriya amaliyoti mos diniy asoslarni tuzib, o‗z ichiga umumiy
xristianlik tamoyillari, katolik postulatlarni oladi. U qutqarish konsepsiyasi bilan
bog‗liq bo‗lib, kambag‗al, mulksizlar foydasiga turli ixtiyoriy yordamlarni
takomillashtirishni ko‗zda tutadi. Katolik adabiyotlarda odatda ikki yo‗nalishdagi
moddiy va axloqiy xususiyatdagi xayriya faoliyati ajratiladi.
Tana uchun xayriya ishlari deb nomlangan an'anaviy ro‗yxat quyidagilarni
o‗z ichiga oladi: ochlarni to‗ydirish, chanqaganlarga suv berish, kiyimsizlarni
kiyintirish, begonalarni o‗z uyiga qabul qilish, kasallarni ko‗rish. Bu ro‗yxat ruh
uchun xayriya ishlarining yettitasi bilan to‗ldiriladi: gunohkorlarga e'tibor berish,
marifatsizlarni o‗qitish, shubhalanganlarga maslahat berish, qiynalganlarni
yupatish, qiyinchiliklarga chidash, chin yurakdan kechirim so‗rash, tirklar va
o‗lganlar uchun duo qilish. Katolizmda xayriya nochorlarga rahmdillik va
achinish, muhtojlarga moddiy va ma'naviy ko‗mak berishda namoyon bo‗ladi.
Xristianlik eng avvalo yetimlarga g‗amxo‗rlikni tavsiflaydi. Bu davrda
yetimlar, nochorlar to‗g‗risida qayg‗urish katolik monastirlarida paydo bo‗ldi. Kim
yordamga muhtoj bo‗lsa va uni so‗rab kelsa yordam ko‗rsatilgan. Ko‗pgina
joylarda kambag‗al va bechoralar uchun kasalxonalar qurilgan.
26
Protestantizm va xayriya.Protestantlikning paydo bo‗lishi bilan xayriya
tushunchasi va xayriya faoliyati ma'lum ma'noda o‗zgardi. Xayriya va sadaqa
berishga yondashuv katoliklardan farqlanadi.
Qutqarish to‗g‗risida katolik olimlari birinchi navbatda xudoga ishonishni
aytib o‗tishgan. Protestantlar nochorlikning katolik g‗oyasiga qarshi chiqishgan.
Bu ayniqsa kalvinizmda namoyon bo‗lib, olimlar fikricha har bir odam dunyo
yaralgunga qadar qutqurilgan.
Masalan, M.Veber nochorlik va'dasi to‗g‗risida masala bo‗yicha gersog
Kristofa Vyurteleberg fikrini keltiradi : «kim muhtojlikda bo‗lsa bu o‗z xulqidan
kelib chiqqan, boshqa hyech narsa emas. Amma agar u muhtojlikda doimiy qolish
to‗g‗risida aytgan bo‗lsa, doimiy kasal yoki doimo axmoqona fikrlardan
foydalanadi»
7
.
Muhtoj insonga sadaqa berish asosiy maqsad emas, balki uning ruhini
qutqarish, uni axloqiy yangilash, nomaqbul holatlarni bartaraf etishda ichki kuchni
uyg‗otish bosh masaladir.
Protestantlik diniy shaklda dastlab ijtimoiy-sog‗lomlashtirish muammosi va
xayriya va ijtimoiy xizmat qilishning psixoterapevtik vazifasini qo‗ydi.
Protestantlik xayriya faoliyatining institutsionallashuvining boshlanishi
bo‗lib, u o‗z yo‗nalishini yangi me'yoriy tuzilmalarga qaratib, ijtimoiy ish shakli
vujudga keldi.
G‗arbda hozirda ham ko‗pgina xayriya tashkilotlari o‗z faoliyatini
muhtojlarga tuzoq taklif qilish tamoyili asosida quradilar. Agar inson och bo‗lsa
unga baliq berish juda oddiy, tuzoq berish va undan foydalanishga o‗rgatish o‗zini
kelajakda ta'minlash imkonini beradi.
3. Islom, boshqa xalqaro dinlar kabi yuqori darajadagi axloqiy shaxsni
shakllantirishga katta e'tibor beradi. Kuron va sunnatlarda insonning tug‗ilganidan
vafot etgunga qadar bo‗lgan hayotini qamrab oluvchi turli axloqiy me'yorlar
keltirilgan.
7
Вебер М. Протестант этикаси ва капитализм руҳи.//Танланган асарлар. – М., 1990. – С. 257.
27
Doimiy axloqiy takomillashuv har bir insonning majburiyatidir. Olloxga
ishonish kabi bag‗rikeng va saxovatli bo‗lish har bir musulmondan shanuday
sifatlarni talab qiladi. Bu haqda Quronda gap faqat murakkab vaziyatlarda
qayg‗urish haqida emas, balki uni qo‗llab-quvvatlash va beg‗araz yordam berish
haqida boradi. Payg‗ambar hikmatlarida musulmonning insoniy munosabatlardagi
majburiti to‗g‗risida to‗xtalib o‗tilib, qiyin holatda bo‗lgan insonga yordam berish
vazifasi qo‗yiladi.
Islom ta'limotlarida yetimlar to‗g‗risida qayg‗urilib, zakot uchun
mo‗ljallangan mablag‗lardan ularga sarflash ko‗rsatiladi. (yordamga muhtoj
musulmon foydasiga majburiy sadaqa yoki soliq). yetimning mulki dahlsiz bo‗ladi.
Ularning mulkini olganlar Quron bo‗yicha do‗zax olovida kuyadilar. Bundan
tashqari Quron bu vaqtgacha amalda bo‗lgan ortiqcha bolalarni o‗ldirishni
ta'qiqlaydi.. «Bolalaringizni kambag‗allshishdan qo‗rqib o‗ldirmanglar.Biz siz va
ular uchun harakat qilamai. Ularni o‗ldirish katta gunoh».
Barcha katta yoshli mehnatga qobiliyatli musulmonlar Quronga ko‗ra zakot
to‗lashlari shart bo‗lib, dastlab bu xayriya, keyinchalik muhtoj musulmonlar
foydasiga soliqqa o‗zgardi. Bu boyliklardan isrof bilan foydalanishni oldini oladi.
Zakot ma'lum minimumdan o‗tgan mulkdan to‗lanib, yerdan olingan
mahsulotlardan 2.5%, oltin, kumush, qimmatbaho toshlar qazib olishdan 10%,
dengiz mahsulotlaridan 20% to‗lanadi. Mazkur jamg‗armadan yordam olish
huquqiga kambag‗allar, to‗lay olmaydigan qarzdorlar, urush
Zakot – har yillik o‗z mulkining ma'lum qismini muhtojlar foydasiga
ixtiyoriy-majburiy berishdir. Qurbon hayiti kunida mulk yoki mablag‗ga ega har
bir erkin musulmon qurbonlik keltirishi kerak (bir kishi uchun –bir qo‗y, 17 kishi
uchun bir tuya yoki bitta yirik shoxli qoramol. Qurbonlik qilingan hayvonning
barcha go‗shtlari muhtojlarga tarqatiladi.
Murakkab amaliyot shu yerda: go‗shtning uchdan bir qismi oila va
mehmonlar uchun bayramga sarflanadi, qolganlari darhol muhtojlarga tarqatiladi.
Teridan foydalanishda islomda shunday yozilgan: yoki uy xo‗jaligida foydalanish
mumkin, kimgadir bepul berish mumkin, agar hyech kim olmasa sotib pulini
28
sadaqa qilish kerak. Agar qurbonlik qilishi shart bo‗lgan inson qandaydir sabab
bilan uni bajarmasa u hayvon qiymatidagi pulni sadaqa qilish kerak.
Muhammad ta'limotlari muhtojlikni bartaraf etishga qaratilgan. U shunday
deydi, agar muhtoj inson ish o‗rganishi zarur va hayotida o‗zi daromad qilib,
muhtoj bo‗lmaydi. Sadaqa so‗rash gunoh hisoblanib, uni faqat olov bilan yuvish
mumkin.
Islom arkonlaridan tashqari sadaqani yuqorida ko‗rsatilganlardan tashqari
qarz so‗raganlarga berish, aybsizlarni ozod qilish, kasal va vafot etayotgan
shaxslarni ko‗rish, dafn marosimida yordam berish, mehmonlarga mehmondo‗stlik
ko‗rsatish, musofirlarga yo‗lni ko‗rsatish ham zarurdir. Bularning barchasi axloqiy
ehtiyojni takomillashtirib, xech qanday hisob-kitobsiz xayriyani rag‗batlantiradi.
Xayriyani tarqatish uch shaklda bo‗ladi:
a)xayriyaning yagonaviylik akti ;
b) aybni yuvadigan harakat ko‗rsatmalarni o‗ngli buzganligi uchun jarima,;
v) o‗z daromadlarining ma'lum qismini mulksizlarga berish.
Sadaqani qabul qilish uni berishga imkoniyati bo‗lmagan shaxs tomonidan
amalga oshiriladi.
4. Yordamning cherkov shakli xristianlikning dastlabki yillaridan Rusi
davlatchiligi paydo bo‗lgunga qadar ikkita asosiy yo‗nalishda rivojlandi:
monastirlar orqali yordam berish- yordamning monastrlik tizimi, qavm orqali
yordam-yordamning daromad tizimi.
Monastrlar xayriya faoliyatining markaziy o‗rnini egallaganlar. Monastrlar
qandaydir bir yordam shakliga ixtisoslashmagan. Ular asosan to‗rtta vazifani
bajargan: davolash; moddiy mahsulotlarni bir marta berish orqali mulksizlarga
yordam ko‗rsatish, muhtojlarni hunarmandchilikka o‗qitish, nazorat qilish.
Boshqa yordam tizimi qavmlarda kuzatilgan. Monastr yordamidan farqi u
yanada ochiqroq bo‗lgan. Unda butun jamoa, fuqarolar va cherkov hayoti aks
etgan. Mazkur faoliyat faqatgina muhtojlarga yordam berish bilan cheklanib
qolmasdan, ular turli xildagi ko‗mak moddiy yordamdan tarbiyalash va qayta
tarbiyalashgacha bo‗lgan. Qavm shuningdek hududiy. Ma'muriy va soliq
29
birliklariga ega bo‗lgan. Deyarli har bir qavmda kambag‗allar uylari bo‗lgan.
Qavmga xos xayriyaning muhim shakllariga cherkov g‗aznasidan ssuda, pul, non,
urug‗ berishni keltirish mumkin. Qavmga xos xayriya monastirlik va fuqaroviy
yordam tizimlari oralig‗idagi bo‗g‗in sanalgan. Monastrlardan farqli tarzda
qavmlar ochiq tashkiliy tizimga ega edi. Xizmatchilar mustaqil tanlangan. Bundan
tashqari jamoada oqsoqol saylanib, u iqtisodiydan ijtimoiygacha bo‗lgan
vazifalarni bajargan..
8
5. Bag‗rikenglik, insonparvarlik g‗oyalari va xayriya amaliyoti qadimgi
yahudiylarda ham mavjud bo‗lib, ularning diniy va tarixiy-madaniy yodgorligi
bo‗lgan Vetha vasiyatlarida o‗z aksini topgan.
Qadimgi yahudiylarda yaqinlarga manaviy va moddiy yordam ko‗rsatish
zaruriyati to‗g‗risidagi axloqiy me'yorlar mavjud bo‗lgan. Qisqacha yahudiy
ensiklopediyasi mualliflarining tasdiqlashicha xayriya iudaizmning asosiy
ko‗rsatmalaridan biri bo‗lgan. Vetxa vasiyatlari kambag‗allar foydasiga soliqqa
tortishni nazarda tutuvchi bir qancha qonunlardan iborat.
Talmudda xayriya sdaka so‗zi bilan tushuntiriladi (so‗zma-so‗z tarjima
qilinganda to‗g‗rilik yoki adolatlilik) . Kambag‗al yordam olish huquqiga, o‗ziga
to‗q odam esa berish huquqiga ega bo‗lgan. Xayriya majburiyatidan hyech kim
ozod qilinmagan: na eng boy, na eng qashshoq. Talmudda hattoki sadaqa olgan
nochor ham sadaqa berishi kerak deb qayd etilgan. Bunda xayriya qoidalari batafsil
keltirilgan : u bilan kim va qanday shaklda shug‗ullanishi kerak, kim undan
foydalanish huquqiga ega, xayriya maqsadlaridagi yordamning qanday o‗lchovlari
bor ko‗rsatilgan. Xayriyadan foydalanishda ayollar erkaklarga nisbatan ustunlikka
ega. Qashshoq yaqinlarga begonalardan oldin yordam ko‗rsatilishi kerak. O‗z
shahridagi kambag‗allarga boshqa shaharlardagidan oldini yordam berish kerak.
Iudaizm davomchilari maxsus xayriya kassasini tuzishgan. Kambag‗al
holatlar mazkur kassada hisobga olingan. Kassa asirlarni chiqarish va nochor yosh
oilalarni ta'minlash uchun xizmat qilgan. Shuningdek kambag‗allar uchun maxsus
oshxonalar yaratilgan. Iudaizmda ijtimoiy yordamning quyidagi ko‗rinishlari
8
Костина Е.Ю. Ижтимоий хизматлар тарихи. – Владивосток: Узоқ Шарқ университети наш, 2003.
30
tasdiqlangan: pul chiqarish xayriya kassasi orqali amalga oshirilgan; oziq-ovqat
mahsulotlari, kiyimlar berilgan, dafn qilishda ko‗maklashilgan.
Xayriya maqsadlaridagi mablag‗lar turli manbalardan kelib tushgan: jamoa
a'zolarining soliqlari, qurbonlik qilish, meros qoldirish, xayriya maqsadlarida
berish, jarimalar, jamoa mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‗lovlari.
Qadimgi yahudiylarda xayriyaning namoyon bo‗lish shakllaridan biri qarz
majburiyatlarini bekor qilish amaliyotidir. Bu har buyuk yubiley yillarida
takrorlangan (50 yilda bir marta). Yahudiy hukumatlari xalq o‗rtasida sadaqalarni
to‗plash va taqsimlash uchun maxsus tadbirlarni qabul qilganlar.
Tadqiqotchilar insonning xayriya faoliyatini takomillashtiradigan asosiy
motivlarni
ajratadilar.
Ijtimoiy
faoliyatning
axloqiy
tomonini
izlashga
yo‗naltirilgan ilmiy ishlar xayriyaning diniy, vatanparvarlik va madaniy-estetik
sabablarini ko‗rsatadi. Ular axloqlilik diniy e'tiqodda bo‗lishi mumkin deb
hisoblaydilar. Mashhur rus faylasufi Bulgakov S.N. yozadi: «…axloqlilik dinga
asoslanadi.
Insondagi
ichki
kuch
yaxshilik
va
yomonlikni
ajratishni
takomillashtiradi.».
Nimaga inson o‗z vaqti, o‗z mablag‗ini qurbon qilishi, o‗z hayotini
boshqalar xursandchiligiga sarflashi kerak.? Boshqalarga yordam berish asosida
rahmdillik va altruzm turadi.
Altruizm – bu boshqa shaxslarga beg‗araz xizmat qilish, ular uchun shaxsiy
manfaatlarini qurbon qilishga tayyorlik, axloqiy tamoyil, xudbinlikning aksidir.
Altruizm –o‗ziga nisbatan boshqalarning farovonligidan manfaatdorlikdir.
Altruizm – (fr. altruisme ot lat. alter — boshqa) — beharaz harakatni
tavsiflaydigan axloqiy tamoyildir.
9
.
Altruzm atamasi O.Kont tomonidan kiritilgan (fr. «vivre pour autrui» –
«boshqalar uchun yashamoq»), jamiyat ijobiy ta'siri ostida insonparvar qadriyatlar
rivojlanadi. Bu axloqiy tamoyil o‗z farovonligiga nisbatan boshqalar farovonligi
uchun xizmat qilishni anglatadi. Altruzm tamoyili beg‗araz yordamning universal
9
Фалсафа: Энциклопедик луғат. – М.: Гардарики. А.А. Ивин таҳрири остида. 2004.
31
shaklidir. Altruist hyech narsa evaziga ixtiryoy yordam beradi va uning uchun
hyech nima kutmaydi.
O.Kont individ va urug‗ni birlashtiruvchi hayvonlarga xos instint altruizmini
ajratib ko‗rsatadi. Haqiqatdan ham ma'lum altrustik axloqning namoyon bo‗lishini
hayvonlarda ham kuzatishimiz mumkin. Kalamushda o‗tkazilgan tajriba shuni
ko‗rsatdiki, ehtiyojlarni qondirish uchun ulardan bittasi yoki navbat bilan
birlashtirish mumkin.
Ikkinchidan Kant barcha insonlarni birlashtiruvchi, yakunda spontan
xususiyatga o‗zgaruvchi alturizmni ajratadi. Alturizm muammosiga biologik
yondashuv G.Spenser asarlarida o‗z aksini topib, alturizm tabiiy evolyusiya
jarayonida paydo bo‗luvchi adaptiv xususiyat sifatida alturizm ko‗rib chiqiladi.;
Z.Freydning psixotahliliy konsepsiyasida altruistik xoxish qarama-qarshi
yo‗nalgan birlamchi egoizm asabiy tovoni bo‗ladi deb hisoblangan.;
F.G.Dobrjansk genetikasida altrustik hissiyot individda genetik dasturlashtirilgan
bo‗lib, borliq uchun kurash shakllarida aks etadi.;
Dostları ilə paylaş: |