36
Ijtimoiy ishning kasb sifatida boshlanishi xayriya tashkilotlari o‗z vasiylari
bilan tizimli ishlash modelini izlay boshlagan vaqtda sodir bo‗ldi.
Emigrantlar, uchun uylar, xayriya tashkilotlari,
pansionatlar ijtimoiy
o‗zgarishlarni ta'minlovchi shaxslarni tayyorlash maktabi bo‗lib. So‗nggi o‗n yilda
ijtimoiy islohotlar va ijtimoiy ish sohasidagi birinchi navbatdagi vazifa bo‗ldi.
O‗zining nomiga qaramasdan xayriya tashkilotlari katta ko‗lamda yordam
ko‗rsatish foydadan ko‗ra zarar olib keladi deb hisoblaganlar. Shuning uchun ular
nochrlikning sababini bartaraf etish uchun vosita topishga harakat qilganlar. Ular
ilmiy uslublar jamiyatdagi nochorlik kabi kasallikni davolaydi deb hisoblashgan.
Xayriya jamiyati a'zolarining dalil va nazariyalar bo‗yicha bilimlarining katta
qismi ishchi uchun og‗ir va qiyin bo‗lmagan hayotni ta'minlashda adolatga erishish
bo‗yicha kuchli istakning borligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, ular
insonning
yashashi va qadr-qimmati, dam olish va qariganda ijtimoiy ta'minot
huquqlarini ko‗rsatib o‗tadilar. Bu ilmiy xayriya yoki ilmiy filantropiya deb
nomlanuvchi g‗oyalar xayriya yetakchilarining o‗z konsepsiyalari hisoblanadi.
Ilmiy xayriya AQSh mustaqillik deklaratsiyasida shakllangan liberalizm
siyosiy falsafasidan kelib chiqqan. Ko‗pgina olimlar fikricha ―ilmiy‖ tushunchasi
so‗nggi standartlar bo‗yicha tahlil qilinganda ancha oddiy darajada. Saxovat
faoliyati yetakchilari qayd etadilarki ko‗rsatilayotgan
yordam aniq vaziyatga mos
bo‗lishi va yordam aniq maqsad va kutilayotgan natija bilan muvofiq kelishi kerak.
Kasbiy ijtimoiy xizmat- tadqiqotchilar fikricha 19-asr oxirida ilmiy xayriya
va ilmiy filantropiya targ‗ibotchilari harakatidan boshlandi. Xayriya faoliyatining
yetakchilari turli tashkilot va dasturlar siyosatini, shuningdek ularni boshqarish
tizimi, mahalliy
jamoat va xususiy agentliklar, shtatlar tashkilotlarini tanqidiy
tahlil qilishdi. Ilmiy filantropiya konsepsiyasining ko‗pgina himoyachilari
ma'lumotga ega va halol mutaxassislar bo‗lib, saxovat tushunchasining mohiyati va
natijalari ham shunga monanad bo‗ldi.
19-asrdagi ijtimoiy o‗zgarishlar va xayriya faoliyatining ustunligi
professional ta'lim
tizimini tashkil qilish, shifokor, o‗qituvchi, ruhoniy tayyorlash
kabi mazkur soha xodimlarini tayyorlashning boshlanishiga olib keldi. Ixtiyoriy
37
faoliyat sifatidagi yordam berish g‗oyasi muhtojlarga
yordam berish tizimi
sifatidagi ijtimoiy ish g‗oyasiga o‗zgardi.
Asr boshiga kelib bu yangi xizmatning mohiyati ixtiyoriy ko‗mak berishdan
ilmiy filantropiyaga almashdi, kafolatlangan ish haqi va mos tayyorgarlik olish
uchun ko‗ngilli xodim bo‗lishga kurash boshlandi. yevropada professional sohada
yangi rivojlanayotgan faoliyat ijtimoiy tibbiyot sifatida tushuntirildi. Shimoliy
Amerikada asr boshida ijtimoiy xizmat atamasi mavjud edi.
3
Dostları ilə paylaş: