O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/105
tarix24.10.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#160595
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   105
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta\'lim vazirligi m

 
O‘zini tekshirish uchun savollar 
1.
Ijtimoiy ish institutsiyalashishining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy 
sharoitlari. 
2.
Ijtimoiy ish xodimlarini o‗qitish. 
3.
Ijtimoiy xodimlarning dastlabki kasbiy tashkilotlari. 
4.
Yangi sifatdagi ijtimoiy siyosatni topishda ijtimoiy ish. 
5.
Xorijda ijtimoiy xodimlar amaliy faoliyat sohasi. 
4-Mavzu. Ijtimoiy xodim kasbi: zamonaviy talablar 
 
1.Xorijda ijtimoiy xodimlarni o‗qitish tizimi
2. Ijtimoiy xodimlarning faoliyat sohasi va bandligi. 
3. Ijtimoiy hizmatlar mijozlari. 
4.Ijtimoiy xodim kasb muomalasiga etik standartlar.
5.Ijtimoiy ishda axloqiy tamoyillar va dilemmalar. 
6.Ijtimoiy hizmat inson huquqini amalga oshirish shakli sifatida . 
 
1.
Jahonda professionala ijtimoiy xodimlarni tayyorlaydigan minglab ijtimoiy 
xizmat oliy maktablari va universitetlarning ixtisoslashtirilgan fakultetlari tashkil 
etilgan. Faqatgina yevropaning o‗zida ijtimoiy ish sohasida ta'lim beruvchi 500 dan 


43 
ortiq ta'lim muassasalari mavjud. Ko‗pgina mamlakatlarda bunday ta'lim davlat 
tomonidan moliyalashtiriladi, amma Italiya, Fransiyada anchagina xususiy ta'lim 
muassasalari ham mavjud. Bir qator mamlakatlarda xususiy maktablar ma'lum 
diniy konfessiyaga tegishliligiga asoslangan.
Eng ko‗p o‗quv muassasalari ijtimoiy ish jadal rivojlangan 60-yillarda 
ochilgan. Bu vaqtda ko‗pgina ijtimoiy xodimlarning milliy va xalqaro 
assotsiatsiyalari yaratilib, kasbiy jurnallar, ixtisoslashgan nashrlar chiqarish 
boshlandi, ijtimoiy xodimning xalqaro axloq kodeksi ishlab chiqildi.
Ko‗pchilik olimlar fikricha, ijtimoiy xizmat mustaqil kasb va akademik fan 
sifatida aynan o‗tgan asrning 60-70-yillarida tasdiqlandi. Ijtimoiy xodimlarni 
o‗qitish ta'limning milliy tizimi xususiyatini aks ettiradi. Biror mamlakat doirasida 
yagona namuna yo‗q. Jahondagi turli modellar bir-birini to‗ldiradi. 
Yaponiyada dasturning yetarlicha keng tanlovi mavjud: mahalliy kollejda 
ikki yil, kollej yoki universitetda 4 yil (eng keng tarqalgan variant), magistr 
darajasi olingandan so‗ng ikki yil aspirantura. Ikkita universitetda doktarantura 
taklif qilinadi. Ijtimoiy xizmat maktablari oliy ta'lim doirasida mavjud va qabulga 
shunday talablar qo‗yilgan bo‗lsada, ularni tenglashtirish mumkin emas. O‗qitish 
davomiyligi 3-4 yilni tashkil qilib, tor texnik ixtisoslashgan tayyorgarlik sifatida 
qaraladi.
Buyuk Britaniyada ijtimoiy ishni o‗qitish universitet, politexnikum, 
kollejlarda amalga oshiriladi. Dasturlar turlicha: bakalavr darajasiga 4 yil ta'lim, 
aspiranturada 1 yil, boshqa fakultetni tamomlagan bitiruvchilar uchun 2 yil, 
universitetni tugatmaganlar uchun ikki yoki uch yil. Bitiruvchilar malaka darajasi, 
diplom va sertifikatlar oladilar.
AQSh da kasbiy attestatsiya uch darajada amalga oshadi. Bakalavr darajasi 
birinchi kasbiy bosqichdir. U to‗rt yillik o‗qitish yakunida beriladi. Magistratura 
ixtisoslashgan ijtimoiy xizmat maktablarida yana ikki yil davom etadi, ammo 
ijtimoiy xizmat sohasida bakalavr darajasiga ega talabalar uchun qisqa o‗qish 
kurslari ham mavjud. Doktorlik darajasiga magistraturadan so‗ng yana ikki yil 
tayyorgarlik talab qilinadi. Bunda turli mutaxassisliklar bo‗yicha kurslar mavjud va 


44 
magistr darajasiga ega shaxslar uchun dastur bo‗yicha ta'lim davom ettiriladi. 
Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga guvohnoma beriladi. Bundan 
tashqari mahalliy kollejlarda ijtimoiy xizmat sohasida texnik (yordamchi)
xodimlarni tayyorlashning 2 yillik dasturi mavjud.
AQSh da 5 ta o‗quv dasturlari bo‗yicha kasbiy tayyorlash tizimi 
mavjud:inson xulqi va ijtimoiy muhit, ijtimoiy ta'minot siyosati va ijtimoiy yordam 
xizmatlari, ijtimoiy xizmat amaliyoti, ilmiy-tadqiqot faoliyati va amaliy faoliyat. 
Turli mamlakatlar ijtimoiy xodimlar ta'limi sohasida o‗tgan asrning 20-
yillarida tashkil etilgan Ijtimoiy xizmat maktablari xalqaro assotsiatsiyasi muhim 
o‗rin egallaydi. (IASSW). Uning vazifadaridan biri ijtimoiy ishni o‗qitishning 
milliy dasturini ekspert baholashdir. Ijtimoiy xizmat maktablari xalqaro 
assotsiatsiyasi qoshida tashkil etilgan va BMT hamda Xalqaro mehnat tashkiloti 
(XMT) bilan samarali hamkorlik qiluvchi ijtimoiy xodimlarni o‗qitishga tegishli 
barcha hujjatlarni saqlovchi Jeneva axborot-ma'lumot markazi mavjud. 
2.
Ijtimoiy ishning xorij tajribasiga bag‗ishlangan adabiyotlarda u umumiy 
va ixtisoslashgan xizmatlarga bo‗lingan. 
Umumiy ijtimoiy ish uch sohada ko‗zda tutiladi: 
1.atrof muhitga individning ijtimoiy moslashuvi va uni sog‗lomlashtirish 
maqsadida individual va oila darajasida ijtimoiy davolash ; 
2. yosh (bolalar, yoshlar, keksalar), jins, manfaatlar yoki o‗xshash 
muammolar bo‗yicha ( ichkilikboz, giyohvand guruhlar) tasniflanuvchi guruhli 
ijtimoiy ish.; 
3. yashash o‗rni bo‗yicha jamiyatdagi ijtimoiy ish, xizmatlar tarmog‗ini 
kengaytirish, jamiyat aloqalarini mustahkamlash, odamlar istiqomat qiluvchi 
joylarda qulay psixologik muhitni yaratish, shuningdek lokal g‗oyalarni amalga 
oshirish, o‗zaro yordamni tashkil etish va boshqalar. 
Ixtisoslashtirilgan 
ijtimoiy 
ish 
rivojlangan 
barcha 
mamlakatlarda 
mutaxassislar mehnat va bandlik sohasida, sog‗liqni saqlash, tibbiy-
sog‗lomlashtirish xizmati, ta'lim muassasalarida, qariyalar uylari, penitensiar 
muassasalar, qurolli kuchlarda faoliyat yuritishadi. 


45 
Ijtimoiy siyosat ijtimoiy ish foliyatining ustuvor sohalarini belgilaydi. Bu 
muhim yo‗nalishlar u yoki bu mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning 
ma'lum sharoitiga ko‗ra o‗zgaradi. 1957-yilda AQSh da ijtimoiy ish sohasidagi 
ta'lim bo‗yicha kengash mutaxassislar faoliyatining quyidagi sohalarini belgilab 
berdi: davlat ijtimoiy xizmatlari; oila bilan ishlar; bolalarni ijtimoiy himoya qilish; 
tuzatish ishlari; psixiatrik ijtimoiy yordam ; ijtimoiy tibbiy xizmat, shu jumladan 
sog‗liqni saqlash; maktablar, guruhli muammolar bilan shug‗ullanuvchi 
muassasalardagi ijtimoiy xizmat; ijtimoiy rejalashtirish sohasidagi xizmatlar. 
Iqtisodiy inqirozdan keyin 80-yillarda ustuvor yo‗nalishlar oila farovonligi, 
jamiyatdagi xizmatlar, sog‗liqni saqlash, huquqni muhofaza qilish organlari tizimi 
(sud penitensiar muassasalar) bo‗ldi. Ustuvorliklarning o‗zgarishi boshqa sohalarni 
bekor qilmadi, ammo ularning konseptual tuzilish o‗zgardi. Masalan mehnat va 
bandlik sohasida deviant xulqli insonlar bilan ishlash ham kiritildi. Tibbiy-ijtimoiy 
xizmat o‗zida jismoniy va ruhiy kasallar, nogironlar, shuningdek muammoga ega 
bolalarni ta'lim tizimi bilan ishlashni o‗z ichiga oladi. 
Bugungi kunda AQSh da ijtimoiy xodimlar orasida klinitsist atamasi paydo 
bo‗ldi. U bir qator ma'nolarda qo‗llaniladi. Klinitsistlar amaliy xodimlar sanalib, 
individ, oila, guruh bilan bevosita ish olib boradi. Shuning uchun ularni tahliliy 
izlanish, ma'muriy faoliyat yoki tadqiqot bilan shug‗ullanuvchi shaxslardan 
farqlash lozim. Tor ma'noda klinitsistlar psixoterapiya bilan shug‗ullanuvchi 
kishilar sanaladi. Nihoyat u xususiy amaliyot bilan shug‗ullanuvchi shaxslar 
munosabatlarida qo‗llaniladi. 
Amerikalik mualliflar qayd etishlaricha ijtimoiy xodimlarning katta miqdori 
xususiy amaliyotga o‗tgan. Bu ijtimoiy ishning tez o‗suvchi sohasi sanaladi. 
(23%). U bilan ishlash amaliyotchilar fikricha kasbiy qanoatlanishga olib keladi va 
moliyaviy holatni yaxshilash uchun imkoniyat taqdim qiladi. Shu bilan birga 
ko‗pchilik ijtimoiy xodimlar xususiy amaliyotga salbiy munosabatda bo‗lib, u 
nochor va xizmatlar uchun pul to‗lay olmaydigan shaxslar bilan munosabatlarda 
kamchilik sifatida ko‗radilar. Ularning fikricha xususiy amaliyotga borganlarda 
ijtimoiy adolatdan ko‗ra shaxsiy maqsadlar birinchi o‗rinda turadi. 


46 
Ijtimoiy xodim ko‗pgina kasbiy xatarlarga duch kelib, tez-tez stress 
holatlariga tushadi. Ijtimoiy ishdagi stress omillari ruhiy zo‗riqish, oldindan aytib 
bo‗lmaydigan holatlarda harakat qilish zarurligi, o‗z qaoliyatining yakuniy 
natijasiga ishonchsizlik, mijoz muammosini hal qilish imkoni yo‗qligidan ruhiy 
tushkunlik tuyg‗usi.
Bunday ob'ektiv omillarga o‗zi va boshqalar uchun javobgarlik tuyg‗usini 
his qilish, juda kuchli qayg‗urish kabi sub'ektiv omillarni ham qo‗shish mumkin. 
Stress holati uzoq vaqt davom etishi hamda mutaxassis xulqi va uning sog‗ligiga 
namoyon bo‗luvchi buzilishlarga olib kelishi mumkin. Bunday holatdagi 
mutaxassis ishga qiyinchilik bilan boradi, tez charchaydi, odatiy ishlardan 
chetlashadi, vasiylik ishlariga ahamiyatsiz bo‗ladi.
Xorijiy mamlakatlar tajribasi ko‗rsatishicha bunday turdagi muamolarni hal 
qilish uchun muhim mutaxassis- supervizor kerak bo‗ladi. So‗zma-so‗z tarjima 
qilinganda bu so‗z ―nazorat‖ ―rahbar‖ degan ma'nolarni bildiradi. Ijtimoiy ishda 
supervizorlik zaruriyati bir qator ob'ektiv va sub'ektiv omillar bilan asoslanadi. 
Ma'lumki ijtimoiy xizmat yuqori darajadagi ruhiy yuklamaga ega faoliyatning 
maxsus shakllaridan biri sanaladi.
Xorij amaliyotida supervizorlik ijtimoiy xodim kasbining jamoaviy yoki 
birgalikdagi o‗zgarmas qismi, kasb va ish samaradorligining vositasi sanaladi.
Xorijda supervizorning asosiy lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi: 
ijtimoiy xodim malakasini oshirishga yo‗naltirilgan ta'lim, ijtimoiy xodimni 
qo‗llab-quvvatlash, ishdagi tanglikni yumshatish, ma'muriy xususiyatga ega 
nazorat.
Xorijda supervizorlik instituti rivojlangan hamda ijtimoiy ish sohasidagi oliy 
va o‗rta maxsus ta'limga ega. Ma'lumki mutaxassislar tayyorlashning katta qismi 
amaliy ishlarda bo‗lib, amaliy bilim va ko‗nikmalarni o‗zlashtirishga qaratilgan 
bo‗ladi. 
Amaliyotchi o‗qituvchilar supervizor sifatida kasb o‗qituvchisi vazifalarini 
bajaradilar. Albatta ularning asosiy vazifasi pedagogika, ammo ular amaliy 
ijtimoiy ishda professionallar sanalishadi. Ularning faoliyati talabalar bilan 


47 
hamkorlikka qaratilgan bo‗lib, ularda kasbga muhabbat, jamoad ishlash ehtiyojini 
shakllantirishdan iboratdir. 
3.
Ijtimoiy ishda muhim tushunchalardan biri mijoz tushunchasidir. Ijtimoiy 
xodim xizmat ko‗rsatadigan mijozlar guruhi quyidagilarni o‗z ichiga oladi.: 
- oilalar, shu jumladan to‗liq bo‗lmagan, huquq buzarlik, zo‗ravonlik yoki 
boshqa sabablar bilan uydan ketish natijasidagi jiddiy nizolar mavjud oilalar.; 
- turmush o‗rtog‗i yoki bolalar bilan ota-onalarning yaxshi bo‗lmagan 
munosabatlari mavjud oila va juftliklar.; 
- jiddiy nikoh ziddiyatlari mavjud juftliklar ; 
- ishsizlik, boquvchining yo‗qligi, jismoniy layoqatsilik, ta'lim olmaganlik, 
boshqa omillar natijasida yetarli daromadga ega bo‗lmagan individ va oilalar.; 
- qonunni buzgani uchun oldin jazo olgan shaxslar va ularning oilalari; 
- turmushga chiqmagan homilador o‗smir qizlar; 
- jismoniy yoki ruhiy kasallik, nogironlik qiynaydigan individ va oilalar.; 
- muntazam ravishda alkogol mahsulotlari va narkotiklar iste'mol qiluvchi 
shaxslar va ularning oilalari; 
- ota-onasi tashlab ketgan, yoki bolalarga salbiy munosabatda bo‗lgani 
uchun ota-onalik huquqidan mahrum qilingan shaxslarning bolalari va ularning 
vasiylari; 
- immigrantlar, qochoqlar, imkoniyat va resurslari kam bo‗lgan ozchilik 
vakillari, kamsitish va irqchilik qurbonlari; 
- ishsizlar va ularning oila a'zolari; 
- rivojlanishida jismoniy va ruhiy muammosi bo‗lgan bolalar va kattalar 
hamda ularning oilalari.; 
- doimiy parvarishga muhtoj keksalar; 
- o‗z muammolarini mustaqil halq qila olmaydigan migrantlar va ko‗chib 
kelgan shaxslar; 
- maktabda muammoga ega bolalar va ularning oilalari; 


48 
- jarohat yoki hayotidagi muhim hodisa (pensiyaga chiqish, yaqinining 
o‗limi) bilan bog‗liq kuchli stressga uchragan shaxslar, uyidan qochib ketgan 
bolalar va boshqalar. 
Shuning uchun ijtimoiy ishda mijoz tushunchasini aniqlash ikkta semantik 
darajada bo‗ladi: birinchi darajasi jamiyat va uning institutlaridagi tushunchani o‗z 
ichiga olsa, ikkinchisi ijtimoiy-psixologik holatlar dinamikasini ochib beradi. 
Mijoz bir tomondan ijtimoiy xodim xizmatlariga buyurtma bergan va yordam 
ko‗rsatiladigan individ, oila, insonlar guruhi, boshqa tomondan mijoz deb ataluvchi 
shaxsga yordam ko‗rsatiluvchi ijtimoiy-ruhiy holat. 
Insonning marginal holatini aniqlovchi bunday qoida kasbiy yordam 
ko‗rsatishni belgilab, qoidagi ko‗ra murakkab vaziyatdagi bola, katta yoshli shaxs, 
oila. Guruh, jamiyatga ko‗rsatiladi. Yordam olishga insonning huquqini 
tasdiqlaydigan bunday holat ―Men‖ obrazining ambivalentligini xarakterlab, ba'zan 
ijtimoiy xodim bilan mijozning shartnomasi ham to‗xtatish mumkin, inson yordam 
va xizmalarni qabul qiluvchiga aylanib qolganda va muammoni mustaqil hal 
qilishga o‗zining layoqatsizligini muntazam ko‗rsatib kelgan holatlarda bunday 
qilinadi.
Mijoz tushunchasini aniqlashda dastlab uning paydo bo‗lishini ijtimoiy 
xususiyatini qayd etish kerak. Bir tomonda sovet jamiyatidan keyingi ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishdagi global inqiroz, ko‗pgina an'anaviy tayanchlarning 
qisqarishiga, ishsizlar, uysizlar, qochoqlarning ko‗payishiga, ruhiy va somatik 
sog‗likning buzilishiga, oila va boshqa ijtimoiy institutlar barqarorligiga ta'sir 
ko‗rsatdi. Boshqa tomondan ijtimoiy qadr-qimmatning insonparlashuvi har bir
insonning turli ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarini qondirishga yo‗naltirilgan jamiyat 
xizmatlarining rivojlanishiga olib keldi 
4. 
Ijtimoiy xodimning qanday axloqiy standartlari mavjud? Ijtimoiy xodim: 

Yolg‗on, aldov, firib bilan bog‗liq ishlarda qatnashmasligi kerak ; 

Shaxs va ijtimoiy xodim sifatida o‗zining holati va faoliyatini aniq 
belgilab olishi kerak.; 


49 

O‗z kasbiy va amaliy tajribasini takomillashtirib borishi, xizmat burchini 
doimi yuqori tutishi kerak; 

O‗z kuchini bir inson yoki insonlar guruhiga qarshi yo‗naltirilgan 
noinsoniy va kamsituvchi harakatlarning oldini olishga yo‗naltirishi kerak.; 

Kasbiy munosabatlardan o‗z shaxsiy maqsadlari yo‗lida foydalanmasligi 
kerak.

Ilmiy yoki tadqiqot ishlari bilan shug‗ullanib, insonlar uchun ularni tahlil 
qilishi va oqibatlarini nazarda tutishi kerak, ularda ixtiyoriy ishtirok etishi; 

O‗z vasiyligidagi shaxsni ko‗ngilsizlik, tajovuz, yomonlik, qandaydir 
huquqdan mahrum etilishdan himoya qilishi kerak.; 

Turli holatlarni faqatgina kasbiy maqsadi bilan o‗z amaliyotidan kelib 
chiqib muhokama qilish va insonlar bilan faqat ish yuzasidan bog‗liq bo‗lish. 
Tadqiqot ishlari jarayonida olingan axborot maxfiy saqlanishi kerak. Mijoz 
oldidagi ijtimoiy xodimning bevosita axloqiy majburiyatlari quyidagilardan iborat.: 
1.
mijoz manffati doimo birinchi o‗rinda bo‗lishi kerak; 
2.
ijtimoiy xodim mijoz bilan samimiy, to‗g‗ri, kasbiy malakasidan 
maksimal foydalangan holda ishlashi kerak; 
3.
xech qachon shaxsiy manfaatga erishish uchun mijoz bilan o‗zaro 
munosabatlardan foydalanmaslik.; 
4.
irqiy taassub asosidagi yoki yosh, jins, diniy e'tiqodi, millati, oilaviy 
holati, siyosiy qarashlari, aqliy yoki jismoniy kamchiliklari, qanadydir shaxsiy 
belgilari yoki shaxsiy xususiyatiga ko‗ra kamsitishning har qanday shaklini 
namoyon qilmaslik, unda ishtirok etmaslik.; 
5.
ijtimoiy xodim mijozni unga taqdim etilayotgan huquq, imkoniyat va 
majubriyatlarning ehtimoliy xatari to‗g‗risida xabardor qilishi kerak. Agar bu 
mijoz uchun foydali bo‗lsa jamoa, rahbarlar bilan maslahatlashishi kerak.; 
6.
ijtimoiy xodim mijoz bilan ishni faqatgina alohida hollarda, mijozga kam 
zarar yetkazgan holda to‗xtatishi mumkin; 


50 
7.
ijtimoiy xodim mijozga o‗z muammolarini hal qilishga qatnashishga 
maksimal imkoniyat berishi kerak.; 
8.
ijtimoiy xodim mijozning fuqarolik yoki yuridik huquqlarini buzishga 
olib keladigan mijoz nomidan qatnashishni amalga oshirmasligi kerak. 
1.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin